Soliqlar va soliqqa tortish


Transport  vositalari uchun


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/29
Sana14.11.2021
Hajmi0.97 Mb.
#174595
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   29
Bog'liq
soliqlarning iqtisodiy moxiyati va guruhlanish asoslari

Transport 

vositalari uchun 

benzin, dizel yoq. 

va suyul. gaz ishl. 

uchun soliq

 

Jismoniy 

shaxslar yer 

solig’i 


Yuridik 

shaxslar yer 

solig’i 

 

Jismoniy 



shaxslar mol-

mulk solig’i 



Obodonlashtirish 

va ijtimoiy 

infratuzilmani 

rivojlantirish 

solig’i 

Yuridik 


shaxslar mol-

mulk solig’i 



Alohida turdagi 

tovarlar bilan 

chakana savdo 

qilish huquqi 

uchun yig’im 

 

MAHALLIY 

SOLIQLAR 


40 

 

Mahalliy  soliqlar  va  boshqa  majburiy  to’lovlar  to’lovchisi  bo’lib 



O’zbekiston  Respublikasi  soliq  qonunchiligi  hujjatlariga  muvofiq,  mulkchilik 

shaklidan qat’i nazar yuridik va jismoniy shaxslar hisoblanadi. 

Mol-mulk  solig’i  va  yer  solig’i  O’zbekiston  Respublikasining  qonun 

hujjatlariga binoan joriy etiladi va uning butun hududida undiriladi. 

Ushbu soliqlar stavkalarining miqdori O’zbekiston Respublikasi Prezidenti 

qarori asosida belgilanadi. 

Obodonlashtirish  va  ijtimoiy  infratuzilmani  rivojlantirish  solig’i,  transport 

vositalariga  benzin,  dizel  yoqilg’isi  va  gaz  ishlatganlik  uchun  olinadigan  soliq, 

ayrim  turdagi  tovarlar  bilan  chakana  savdo  qilish  va  ayrim  turdagi  xizmatlarni 

ko’rsatish  huquqi  uchun  yig’imlar  Qoraqalpog’iston  Respublikasi  davlat 

xokimiyati organlari, viloyatlar va Toshkent shahar xalq deputatlari kengashlari 

tomonidan  joriy  etiladi.  Ushbu  soliqlar  va  yig’imlar  stavkalarining  eng  yuqori 

miqdorlari O’zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori asosida belgilanadi. 

Mahalliy  soliqlar  va  boshqa  majburiy  to’lovlarning  stavkalari  soliq 

to’lovchilarga  Moliya  vazirligi,  Davlat soliq  qo’mitasi va uning  quyi  organlari 

tomonidan belgilangan tartibda etkaziladi.  

Mol-mulk solig’i, yer solig’i, yagona yer solig’i hamda obodonlashtirish va 

ijtimoiy  infratuzilmani  rivojlantirish  solig’i  bo’yicha  imtiyozlarni  berish 

O’zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasi  tomonidan  belgilangan  tartibda 

mahalliy davlat xokimiyati organlari tomonidan amalga oshirilishi mumkin. 

Yuridik  shaxslar  tomonidan  budjet  bilan  hisob-kitoblar  hisobi  budjetga 

to’lovlar  bo’yicha  qarzlar  hisobi  hisobvaraqlarida  mahalliy  soliqlar  va  boshqa 

majburiy to’lovlar har bir turi bo’yicha yuritiladi.  

Mahalliy  soliqlar  va  boshqa  majburiy  to’lovlarning  o’z  vaqtida  to’lanishi, 

mahalliy  soliqlar  va  boshqa  majburiy  to’lovlar  to’g’risidagi  qonun  hujjatlariga 

rioya  qilinishi  uchun  javobgarlik  soliq  va  boshqa  majburiy  to’lovlarni 

to’lovchilar zimmasiga yuklanadi. 



41 

 

Mahalliy soliq va boshqa majburiy to’lovlarni to’lanishining tasdig’i bo’lib 



amaldagi  qonun  hujjatlariga  muvofiq  bank  muassasasi  yoki  vakolatli  organ 

bergan hujjat hisoblanadi. 

Ko’rinib turibdiki, O’zbekiston Respublikasida olib borilayotgan islohotlar 

kundan  kunga  chuqurlashib  bormoqda.  Bu  xo’jalik  yurituvchi  sub’ektlar 

faoliyatini  erkinlantirishuvida  namoyon  bo’lmoqda.  Davlat  bilan  xo’jalik 

yurituvchi  sub’ektlar,  yani  yuridik  va  jismoniy  shaxslar  o’rtasidagi  munosabat 

endilikda  faqat  soliq  orqali  amalga  oshiriladigan  holatga  aylanmoqda.  Bu  esa 

ushbu jarayonni chuqur o’rganishni, tahlil qilishni taqozo etadi. 

Mahalliy  budjetlarning  iqtisodiy  tomondan  mustaqqil  faoliyat  olib 

borishlari ularning o’z daromadlar manbaining mavjudligi bilan xarakterlanadi. 

Mahalliy budjetlar o’z hududida turli yo’nalishdagi vazifalarini hal qilish uchun 

yetarli bo’lgan moliyaviy mablag’ga ega bo’lishlari kerak.  

         Respublikamizda  yer  solig’i  va  mulk  solig’i  mahalliy  soliqlar  turkumiga 

1998  yildan  boshlab  kiritildi.  Bu  esa  mahalliy  budjetlar  daromad  bazasini 

anchagina mustahkamlanishiga olib keldi, mahalliy soliqlar salmog’i 1998 yilda 

10,7 foizdan 2000 yilda 18,1 foizga yetdi. 

         Mahalliy budjetlar daromadlarining yana bir  muhim  manbasi bu jismoniy 

shaxslar  daromad  solig’ining  mahalliy  budjetlarga  uzoq  muddatga  biriktirilib 

qo’yilishidir. 

           

Mahalliy soliqlarning asosiy parametrlari (stavkalari, bazasi, yengilliklari) 

Vazirlar  Mahkamasi  tomonidan  belgilangani  holda  ularni  yig’ish  hududlarda 

amalga  oshiriladi.  Shuning  uchun  ba’zi  soliqlarni  yig’ish  juda  muammoga 

aylanmoqda,  chunki  bazasini  aniqlash  juda  qiyin  yoki  ularni  yig’ish  bilan 

bog’liq  xarajatlar  shu  soliqlarning  summalaridan  oshib  ketmoqda.  Xususan, 

bozorlardan  yig’iladigan  bir  martalik  patta  yig’imlari  ham  juda  xarajat  talab 

yig’imlardandir.  Shu  tufayli  mahalliy  byudjetlar  daromad  bazasini    real 

mustahkamlash nuqtai nazaridan ushbu soliqlar kerakli talabga javob beradigan 

manba bo’la olmaydilar.  

Ushbu  yo’nalishda  mahalliy  hokimiyat  organlarining  o’z  soliq 




42 

 

potentsiallarini  (salohiyatini)  oshirish  va  soliq  to’lovchilar  sonini  kichik 



korxonalarni  ko’paytirish  hisobiga  oshirish,  tadbirkorlik  bilan  shug’ullanuvchi 

jismoniy  shaxslarning  sonini  oshirish  va  ular  daromadlarini  nazorat  qilish 

mexanizmining  samaradorligini  ko’tarish  hisobiga  budjet  manfaatdorligini 

oshirish muhim yo’nalish hisoblanadi.  

Respublikamiz  soliq  tizimidagi  mavjud  mahalliy  soliqlar  va  yig’imlarga 

xos bo’lgan umumiy xususiyatlarning ayrimlari sifatida quyidagilarni qayd etish 

mumkin: 

 -  mahalliy  soliqlar  va  yig’imlar  mahalliy  davlat  hokimiyati  idoralari 

tasarrufida bo’lgan hududlar ehtiyojlari uchun ishlatiladi

 -  ularning  asosiy  qismi  mahalliy  davlat  hokimiyati  idoralarining  bevosita 

o’zlari  tomonidan  joriy  etiladi,  ularni  huquqiy  jihatdan  tartibga  solishda 

mahalliy  davlat  hokimiyati  idoralariga  bir  qadar  vakolatlar  berilgan  bo’lsada, 

respublika qonunchiligi bilan ham hisoblashishni talab etadi va boshqalar. 

Shuningdek,  mahalliy  soliqlar  va  yig’imlarning  muhim  xususiyatlaridan 

biri,  ularni  belgilash  usuliga  ko’ra  ikki  guruhga,  ya’ni  respublika  qonunchiligi   

bilan joriy etiladigan va mahalliy davlat hokimiyati idoralari qonunchiligi bilan 

joriy etiladigan mahalliy soliqlar va yig’imlarga bo’linishidir. 

2014  yil  1  yanvardan  boshlab,  Prezidentimizning  2099-sonli  qarorlariga 

ko’ra  mahalliy  hokimiyat  va  boshqaruv  organlarining  barcha  darajalardagi 

mahalliy  budjetlar  daromadlari  va  xarajatlarini  shakllantirishdagi  roli, 

mustaqilligi va mas’uliyatini oshirish, mahalliy budjetlarning Davlat budjetidagi 

ulushini ko’paytirish maqsadida quyidagi umumdavlat soliqlari: 

suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq; 

yuridik  va  jismoniy  shaxslarning  tadbirkorlik  faoliyati  ayrim  turlari 

bo’yicha qat’iy belgilangan soliq; 

yuridik  shaxs  bo’lmagan  tadbirkorlik  faoliyati  bilan  shug’ullanuvchi 

jismoniy shaxslardan olinadigan qat’iy belgilangan soliq; 

respublikada ishlab chiqariladigan pivo va o’simlik yog’iga aksiz solig’i; 




43 

 

davlat  bojlari,  yig’imlar  va  jarimalar  bo’yicha  tushumlari  to’liq  miqdorda 



mahalliy budjetlar daromadlariga o’tkaziladi.

20

 



Endi  mamlakatimiz  davlat  budjeti  daromadlarida  soliqlarning  salmog’ini 

quyidagi 3-jadval orqali ko’rib chiqamiz. 

 

                                                                                                      3 -jadval 




Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling