Soliqlar va sug’urta ” fakulteti “yuridik shaxslarni soliqqa tortish ” fanidan kurs ishi mavzu


Alkagol maxsulotlari uchun soliq stavkasi5


Download 144.79 Kb.
bet5/9
Sana01.03.2023
Hajmi144.79 Kb.
#1242654
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
KURS ishi Normurotov

Alkagol maxsulotlari uchun soliq stavkasi5

T/r

Alkogol mahsulotlari turlari

Soliq stavkalari(1 litr uchun)

import qilinganda

ishlab chiqariladigan

2023-yil
1-yanvardan

2023-yil
1-fevraldan

1.

Oziq-ovqat xomashyosidan rektifikatsiyalangan etil spirti, rektifikatsiyalangan va efiroaldegidli fraksiyadan texnik etil spirti va etil spirtining boshlang‘ich fraksiyasi

70%

7 450 so‘m

2.

Aroq, konyak va boshqa alkogol mahsulotlari(aksiz to‘lanadigan tovar tarkibidagi suvsiz etil spirtining 1 litri uchun, bundan 3 va 4-bandlar mustasno)

106 800 so‘m

34 500 so‘m

38 000 so‘m

3.

Vino:










tabiiy ravishda achitilgan tabiiy vinolar (etil spirti qo‘shilmagan holda)

30 000 so‘m

1 so‘m

boshqa vinolar, shu jumladan vermut

42 750 so‘m

1 980 so‘m

2 200 so‘m

4.

Pivo

50%, biroq 12 800 so‘mdan kam bo‘lmagan

1 380 so‘m

1 550 so‘m

Buyuk Britaniya rezedentlari bo’lgan soliq to’lovchilar 12570 funtsterlingacha soliq to’lashdan ozod etilgan va daromadlari 12571 dan 50270 funtsterlingacha 20% 50271dan 150000gacha 40% 150000dan yuqorisiga 45% miqdorda daromad solig’ini to’laydilar .O’zbekiston Respublikasi soliq tizimida 2018-yildan boshlab 12% proporsional soliq stavkasi amal qiladi.


Fransiyada qo’shilgan qiymat solig’i asoschisi bo’lgan mamlakat xisoblanib qo’shilgan qiymat solig’i stavkalari pasaytirilgan stavkalar-2,1; 4,0; 5,5%; standart- 18,6%; oshirilgan - 22%. stavkalar amal qiladi O’zbekiston bilan solishtirilganda soliq stavkasi ancha yuqoriligini ko’rishimiz mumkun.
O’zbekiston Respublikasida qo’shilgan qiymat solig’i 12% va export operatsiyalari uchun 0 darajali stavka amal qiladi .
Foyda solig‘i
Soliq to‘lovchilarning toifasi, soliqning stavkalari, soliqni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi saqlab qolinmoqda.
2022-yil 1-noyabrdan boshlab tovarlarni (xizmatlarni) eksportga realizatsiya qilishdan olingan foydaga, eksportdan olingan daromadning jami daromaddagi ulushidan qat’iy nazar, 0 foiz miqdoridagi soliq stavkasi bo‘yicha soliq solinishi lozim. 
Bunda 2023-yil 1-yanvardan boshlab doimiy muassasalar orqali O‘zbekistonda faoliyatni amalga oshiruvchi O‘zbekiston norezidentlariga xizmatlar ko‘rsatishdan olingan foyda bo‘yicha 0 foiz miqdoridagi soliq stavkasi qo‘llanilmaydi.
Foydali qazilmalar kavlab olinadigan konlarda tog‘ jinslarini olib tashlash ishlari istiqbolni ko‘zlab amalga oshirilishini inobatga olgan holda, ular alohida amortizatsiya aktivlari guruhiga o‘tkazildi. 
Ushbu xarajatlar mazkur amortizatsiyalanadigan aktiv bo‘yicha amortizatsiya normasini, biroq bir yilda jamg‘arilgan xarajatlar summasining 33 foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorda, qo‘llash orqali soliq to‘lovchining jami daromadidan amortizatsiya ajratmalari ko‘rinishida chegirilishi nazarda tutilgan.
2022-yildan boshlab faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshiruvchi norezident tasarrufida soliq to‘langanidan keyin qoladigan sof foyda dividendlarga tenglashtirilgan va unga 10 foiz miqdoridagi soliq stavkasi bo‘yicha soliq solinishi lozim bo‘lgan.
Faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshiruvchi norezident dividendlar ko‘rinishidagi daromadlar bo‘yicha O‘zbekistonning xalqaro shartnomasida nazarda tutilgan pasaytirilgan soliq stavkasini qo‘llashga haqli ekanini nazarda tutuvchi aniqlashtirish kiritildi. 
Dividendlar ko‘rinishidagi daromadlar bo‘yicha soliq solish masalalariga doir O‘zbekistonning xalqaro shartnomasida bir nechta pasaytirilgan soliq stavkasi nazarda tutilgan bo‘lsa, ularning eng past bo‘lgani qo‘llaniladi.
2023-yilning 1-yanvaridan boshlab norezidentning montaj qilish va (yoki) ishga tushirish-sozlash xizmatlari va boshqa shunga o‘xshash xizmatlarni ko‘rsatishini nazarda tutuvchi asbob-uskunalarni sotib olish (sotish) uchun tashqi savdo kontrakti doirasida, ko‘rsatiladigan xizmatlar qiymati alohida ko‘rsatilmasa, u holda norezidentning soliq solinadigan daromadi bunday xizmatlarning bozor qiymatidan kelib chiqib aniqlanadi (ilgari – asbob-uskunalar qiymatining 20 foizi)Soliq bo‘yicha avans to‘lovlari summasi to‘g‘risidagi ma’lumotnomani soliq organlariga taqdim etish muddatiga o‘zgartirish kiritildi. 
Xususan, 2023-yilning 1-yanvaridan boshlab soliq to‘lovchi ushbu ma’lumotnomani joriy chorakda olinishi kutilayotgan foyda summasidan kelib chiqib keyingi chorakdagi birinchi oyning 15-sanasigacha (ilgari 10-sanasigacha) taqdim etishga haqli.
Quyidagilar 337 modda birinchi qismining 12-bandida belgilangan soliq stavkasini 50 foizga pasaytirishga haqli:
2022-yil 1-sentabrdan keyin ilk marotaba soliq to‘lashga o‘tgan aylanmadan olinadigan soliq to‘lovchilar — soliq to‘lovchi soliq to‘lashga o‘tgan yildan keyingi bir soliq davri mobaynida, basharti pasaytirilgan soliq stavkasi qo‘llaniladigan soliq davrida soliq to‘lovchining jami daromadi o‘n milliard so‘mdan oshmasa;
2022-yil 1-sentabrdan keyin jami daromadi joriy soliq davri mobaynida ilk marta o‘n milliard so‘mdan oshgan soliq to‘lovchilar — joriy soliq davri va keyingi soliq davri mobaynida, basharti pasaytirilgan soliq stavkasi qo‘llaniladigan soliq davrlarida jami daromadi yuz milliard so‘mdan oshmasa.

5-jadval


Download 144.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling