Soliqlar va sug’urta ” fakulteti “yuridik shaxslarni soliqqa tortish ” fanidan kurs ishi mavzu


Download 144.79 Kb.
bet1/9
Sana01.03.2023
Hajmi144.79 Kb.
#1242654
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
KURS ishi Normurotov


O’zbekiston Respublikasi Oliy Ta’lim,Fan va Inovatsiyalar vazirligi
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI

SOLIQLAR VA SUG’URTA ” FAKULTETI


YURIDIK SHAXSLARNI SOLIQQA TORTISH ” FANIDAN
KURS ISHI
Mavzu: Soliq stavkalari turlari va ulardan amaliyotda foydalanish


Bajardi: ST-50 guruh talabasi Normurotov Behruz
Kurs ishi rahbari: Dots.N.Artikov
Toshkent-2023
Reja:
Kirish
1.Jismoniy shaxslarga nisbatan qo’llaniladigan soliq stavkalari
2.Yuridik shaxlarga nisbatan qo’llaniladigan soliq stavkalari
3.Xorijiy mamlakatlar soliq tizimida soliq stavkalarining qo’llanish tartibi
4.Soliq stavkalarini qo’lanilishi bo’yicha muammoli masala
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Kirish
Hozirgi davrda moliya sohasida olib borilayotgan islohotlarning markaziy bo’g’inida davlat byudjeti daromadlari shakllanishi va xarajatlardan yanada samarali foydalanish, iqtisodiyotda soliq yukini maqbullashtirish va soliqlarning hududlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi tutgan o’rnini oshirish masalalari turadi. Zero, O’zbekiston Respublikasida iqtisodiyotning modernizatsiyalashuvi va islohotlarning chuqurlashuvi jarayoni byudjet va soliq tizimini ham muntazam takomillashtirib borishni taqozo qiladi. Zamonaviy sharoitlarda soliq-byudjet siyosati moliya tizimi islohotlarining muhim yo’nalishi sifatida iqtisodiyotni tartibga solish hamda uning barqarorligini ta’minlash jarayonida har qachongidan ham muhimroq bo’lib bormoqda. Bu borada ularning moliyaviy resurslar bilan ta’minlanganligi muhimdir. Ayniqsa, soliq yukining to’g’ri va egri soliqlar o’rtasida taqsimlanishi yuzasidan o’zaro munosabatlarini takomillashtirish, ularning me’yoriy va huquqiy bazalarini yaratish iqtisodiyotni modernizasiyalash davrida o’ta muhim hisoblanadi. Bu esa, o’z navbatida, O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida ro’y berayotgan tub o’zgarishlar soliq-byudjet siyosati va ular ijrosini ijtimoiy-iqtisodiy yaratuvchanlik ruhida qayta ko’rib chiqishni talab etmoqda. Hozirgi vaqtda soliqlar vositasida davlat byudjeti daromadlarining asosiy qismi shakllantiriladi. Soliqlar moliyaviy resurslarni davlat ixtiyorida to‘planib borishini ta’minlaydi, bu resurslar iqtisodiy rivojlanishning umumdavlat vazifalarni hal qilish, ijtimoiy adolat tamoyillaridan kelib chiqib daromadlarni tartibga solish uchun foydalaniladi. Bu haqda Respublikamiz Prezidenti SH. Mirziyoyev to’xtalib ”Buning uchun joylarga chiqish, har bir xonadonning tadbirkorlik borasidagi imkoniyatini o‘rganish, moliyalashtirishni kengaytirish bilan bog‘liq muammolarni hal etish, tadbirkorlarni ishontirish va ularga amaliy yordam berish – butun Makroiqtisodiyot kompleksi faoliyatidagi kundalik qoidaga aylanishi kerak. Faqat shundagina natijaga erisha olamiz. Shu munosabat bilan hokimlar va ularning birinchi o‘rinbosarlari o‘z ish uslubi va dunyoqarashini tubdan o‘zgartirishi shart. Har bir tuman va shaharda, respublika ahamiyatiga molik yirik korxonalar hissasini e’tiborga olmagan holda, soliqqa tortish bazasini kengaytirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish hisobidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Toshkent viloyatining barcha tumanlarini subvensiyadan chiqarishni so‘zsiz ta’minlash kerak.” deya ta’kidlaganlar.
Kurs ishining oldiga O’zbekiston Respublikasida mavjud Davlat byudjeti daromadlarini ilmiy-amaliy jihatdan tahlil qilish, mamlakatimiz iqtisodiyotini modernizasiya qilish sharoitida egri soliqlarning byudjet daromadlarini shakllantirishdagi ahamiyatini o‘rganish, kamchiliklarini aniqlash va ularni bartaraf etish hamda zamonaviy talablar asosida takomillashtirish yuzasidan takliflar berishni maqsad qilib qo‘ygan.
Mamlakatimiz iqtisodiyoti yanada erkinlashtirilishi sharoitida egri soliqlar tizimining takomillashtirish jihatlari qator ilmiy maqola, risola va monografiya hamda bajarilgan dissyertatsiyalarda o‘rganilgan, ularda egri soliqlarning davlat daromadlarini shakllantirishdagi roli, ayrim soliq turlari batafsil yoritilgan. Mazkur kurs ishida egri soliqlar tizimining tarkibiy unsurlari o‘zaro aloqadorlikda va yaxlitlikda tahlil etildi.
Mamlakatda olib borilayotgan keng qamrovli iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda avvalambor soliq siyosatini yanada takomillashtirish, soliqlarning turlari va ularning amal qilish mexanizmini soddalashtirish muhim masalalardan hisoblanadi. Soliq stavkasi soliq elementlari ichida eng ko‘p amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan unsurdir. Chunki, soliq stavkalarini o‘zgartirish orqali davlat xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatiga sezilarli ta’sir etadi, ayrim faoliyat, sohaga ustuvorlik berilishi, kapital zarur sohalarga yo‘naltirilishi, rag‘batlantirilishi mumkin.
2023-yil uchun soliq siyosatining asosiy yo‘nalishlari belgilanib, ularda qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha soliq stavkasining pasaytirilishi, ayrim toifadagi soliq to‘lovchilar uchun foyda solig‘idan va ijtimoiy soliqdan imtiyozlar berilishi, aylanmadan olinadigan soliq bo‘yicha soliq stavkalarining unifikatsiya qilinishi, mutlaq summada belgilangan soliq stavkalarining kutilayotgan inflatsiya darajasidan kelib chiqqan holda indeksatsiya qilinishi, shuningdek budjetga to‘lanishi lozim bo‘lgan soliqlarning to‘liq yig‘ilishiga qaratilgan soliq ma’muriyatchiligiga oid choralar nazarda tutilmoqda. Bundan tashqari, foydalanilmayotgan obyektlarga, shuningdek mazkur obyektlar bilan band bo‘lgan yer uchastkalariga nisbatan mol-mulk solig‘ining va yer solig‘ining oshirilgan stavkalarini qo‘llash tartibi bekor qilinm2023-yil va keyingi yillar uchun Davlat budjetini tayyorlashda nazarda tutilgan soliq siyosati choralarini amalga oshirish uchun zarur huquqiy sharoitlar yaratilishiga xizmat qiladi1




  1. Download 144.79 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling