Soliqlar va sug’urta ” fakulteti “yuridik shaxslarni soliqqa tortish ” fanidan kurs ishi mavzu


Jismoniy shaxslarga qo’laniladigan soliq stavkalari


Download 144.79 Kb.
bet2/9
Sana01.03.2023
Hajmi144.79 Kb.
#1242654
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
KURS ishi Normurotov

Jismoniy shaxslarga qo’laniladigan soliq stavkalari

Soliq stavkasi — soliq obʼyektining muayyan birligiga nisbatan undiriladigan soliq miqdori; pul summasi hisobida undiriladi. Masalan, ish haqi yoki foydaning pulda hisoblangan miqdori, yerning ga hisobidagi sathiga nisbatan hisoblangan soliq. Soliq stavkasi qonun yoʻli bilan turli usulda belgilanadi: qatʼiy yoki proporsional belgilangan stavkalar — soliq obʼyekti miqdoriga nisbatan oʻzgarmaydigan bir xil ulushda undiriladi. Masalan, Oʻzbekistonda korxonalar molmulkidan undiriladigan soliq 4% qilib belgilangan, ushbu Soliq stavkasi obʼyekt qiymati (molmulk qiymati)ning maʼlum ulushiga teng (4%) boʻladi; progressiv soliq stavkasi — soliq obʼyekti miqdoriga qarab ortib boruvchi stavkalar.
Oʻzbekistonda soliq qonunchiligiga koʻra eng kam ish haqining 5 barobariga teng qismiga 13%, undan 10 marta oshgan qismiga 21% Soliq stavkasi belgilangan va daromad miqdorining ortib borishi bilan Soliq stavkasi ham oshib boradi. Regressiv soliq stavkasi — daromadlarning oʻsishi bilan stavkalar miqdori kamayib boradi. Jahon mamlakatlari amaliyotida kamdankam, asosan, qazib oluvchi tarmoklarda qoʻllanadi. Nolli soliq stavkasi — eksportga moʻljallangan tovarlar ragʻbatlantirishda qoʻllaniladi. Masalan, toʻlangan qoʻshilgan qiymat soligʻi summasi boshqa tovarlar tushumi boʻyicha olinadigan qoʻshilgan qiymat soligʻi summasidan chegirib kamaytiriladi. Bunday Soliq stavkasini qoʻllash iqtisodiyotning rivojlanishiga ijobiy taʼsir etadi. Mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan jadal rivojlantirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash hamda buning teng raqobat sharoitlarini yaratish maqsadida soliq yukini pasaytirish va soliq to‘g‘risidagi qonunchilikni yanada takomillashtirish bo‘yicha choralar ko‘rilmoqdaSoliq to‘lovchilarning toifasi, soliqlarning stavkalari, soliqlarni hisoblab chiqarish va to‘lash (shu jumladan, shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga 0,1 foiz o‘tkazish) tartibi saqlab qolinmoqda.
Jismoniy shaxslar o‘z daromadlarini ipoteka kreditlarini so‘ndirishga yo‘naltirganda, bir vaqtning o‘zida turar joy qiymati (bugungi kunga kelib 300 mln so‘m) bo‘yicha talabni bekor qilgan holda, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha soliq solinmaydigan daromad summasi 15 mln so‘mdan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 80 baravarigacha (yoki 73,6 mln so‘m) oshirilmoqda.
2023-yilning 1-aprelidan boshlab jismoniy shaxslarning hayotini uzoq muddatga sug‘urtalash haqini to‘lashga yo‘naltiriladigan jismoniy shaxslarning daromadlari qismida jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha imtiyozlar bekor qilinmoqda.
Qat’iy belgilangan miqdorlarda soliqni to‘lovchi jismoniy shaxslar uchun jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i stavkasi 10 foizga indeksatsiya qilinmoqda.
Keyingi yilning 15-fevralidan kechiktirmay belgilanadigan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i va ijtimoiy soliq bo‘yicha yillik soliq hisobotini taqdim etish muddatlariga o‘zgartirish kiritildi.
2022-yil yakunlariga ko‘ra yillik soliq hisobotini 2023-yilning 15-fevralidan kechiktirmay taqdim etish zarur.
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ini hisoblab chiqarish maqsadida jismoniy shaxslar uchun belgilangan ijara to‘lovining eng kam stavkalari 10 foizga indeksatsiya qilinmoqda.
2022-yilda amal qilgan soliq stavkalari Soliq kodeksining 422-moddasi birinchi qismi 1-3-bandlarida nazarda tutilgan obyektlar bo‘yicha o‘rtacha 10 foizga indeksatsiya qilinmoqda. 
2018-yilda ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organlar tomonidan belgilangan jismoniy shaxslar uchun soliq solish obyektlarining kadastr qiymati miqdori (soliq bazasi) saqlanib qolishi shuni taqozo etdi.
2023-yilda turar joy fondi obyektlariga (shu jumladan, ko‘p kvartirali uylarga uzviy bog‘liq bo‘lgan mashina turar joylariga) ega bo‘lgan jismoniy shaxslar uchun soliq summasini o‘tgan yildagiga nisbatan oshirishga cheklov qo‘llash amaliyoti saqlab qolinmoqda. 

1-jadval


Download 144.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling