Soliqlar va sug’urta ” fakulteti “yuridik shaxslarni soliqqa tortish ” fanidan kurs ishi mavzu
Soliqni qat’iy belgilangan miqdorda to’lovchi soliq to’lovchilar uchun soliq stavkasi3
Download 144.79 Kb.
|
KURS ishi Normurotov
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yuridik shaxlarga qo’laniladigan soliq stavkalari
Soliqni qat’iy belgilangan miqdorda to’lovchi soliq to’lovchilar uchun soliq stavkasi3
Yuridik shaxlarga qo’laniladigan soliq stavkalari Soliq to‘lovchilarning toifasi, soliqni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi, shuningdek soliq hisobotini taqdim etish muddatlari saqlab qolinmoqda. 2023-yilning 1-yanvaridan boshlab QQS stavkasi 15 foizdan 12 foizgacha pasaytirilmoqda. Qoplanadigan (qaytariladigan) qo‘shilgan qiymat solig‘i summasining asosliligi yuzasidan kameral soliq tekshiruvini o‘tkazish muddatlari 60 kundan 30 kungacha qisqartirilmoqda. Bekor qilingan imtiyozlar 2023-yilning 1-aprelidan boshlab quyidagilar bo‘yicha berilgan imtiyozlar bekor qilinmoqda: budjet mablag‘lari hisobidan har yillik mineral xomashyo bazasini rivojlantirish va qayta tiklash davlat dasturlari doirasida ko‘rsatiladigan geologiya xizmatlari bo‘yicha aylanma; pochta markalari, markali otkritkalar, konvertlarni realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma; budjet mablag‘lari hisobidan bajariladigan ilmiy-tadqiqot va innovatsion ishlarni realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma. 2023-yilning 1-iyulidan boshlab esa O‘zbekiston Milliy gvardiyasining qo‘riqlash bo‘linmalari xizmatlari bo‘yicha taqdim etilgan imtiyozlar ham bekor qilinadi. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari O‘zbekiston Prezidenti yoki Vazirlar Mahkamasining qaroriga asosan qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lovchilar deb e’tirof etilishi mumkin. 2023-yilning 1-yanvaridan boshlab joriy qilinadigan tartibga ko‘ra, guvohnomaning amal qilish muddati to‘xtatilganligi munosabati bilan hisobga qabul qilinmagan, haqiqatda olingan tovarlar (xizmatlar) bo‘yicha to‘langan (to‘lanishi lozim bo‘lgan) soliq summasiga, guvohnomaning amal qilish muddati tiklangan taqdirda, soliq to‘lovchida va uning xaridorlarida guvohnomaning amal qilishi to‘xtatib turilgan davr uchun tuzatishlar kiritilishi (hisobga qabul qilinishi) nazarda tutilmoqda. Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasida hisobda turadigan soliq to‘lovchilarga tovarlarni import qilish chog‘ida qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovi hisobiga budjetdan qoplanishi lozim bo‘lgan qo‘shilgan qiymat solig‘i summalarini o‘zaro hisobga olish huquqi berilmoqda. Qo‘shilgan qiymat solig‘ini o‘zaro hisobga olish soliq va bojxona organlari tomonidan avtomatik rejimda amalga oshiriladi. Soliq kodeksining 258-moddasiga asosan soliq stavkasi 12% ni tashkil qiladi. Eksport operatsiyalariga va ularga tenglashtirilgan operatsiyalarga soliq solish : Nol darajali stavka bo‘yicha soliq solish quyidagilar realizatsiya qilinganda amalga oshiriladi: 1) O‘zbekiston Respublikasi hududidan eksport bojxona tartib-taomiliga olib chiqilgan tovarlar; 2) ilgari O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududida qayta ishlash bojxona tartib-taomiliga joylashtirilgan, O‘zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqilgan tovarlar va (yoki) O‘zbekiston Respublikasi hududidan bojxona hududida qayta ishlash bojxona tartib-taomiliga joylashtirilgan tovarlarni qayta ishlash natijasida olingan (hosil bo‘lgan) tovarlar (qayta ishlash mahsulotlari, chiqindilar va (yoki) qoldiqlar); 3) O‘zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqilgan g‘amlab qo‘yilgan narsalar. 260 modda maqsadida havo kemalaridan risoladagidek foydalanilishini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan yoqilg‘i va yonilg‘i-moylash materiallari g‘amlab qo‘yilgan narsalar deb e’tirof etiladi; 4) chet eldan keltirilgan tovarlarni tashish chog‘ida bojxona tranziti bojxona tartib-taomiliga joylashtirilgan tovarlarni bevosita O‘zbekiston Respublikasi hududiga yetib kelish joyidagi bojxona organidan O‘zbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketish joyidagi bojxona organigacha tashish yoxud transportda tashish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan xizmatlar; 5) xalqaro tashishlar bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan xizmatlar. Nol darajali stavkani ayrim hollarda qo‘llashning o‘ziga xos xususiyatlari soliq Kodeksning 264-moddasida belgilangan. Nol darajali stavkani qo‘llash huquqini tasdiqlovchi hujjatlar soliq hisoboti bilan birga taqdim etiladi. Aksiz solig‘i Soliq to‘lovchilarning toifasi, shuningdek soliq hisobotini taqdim etish va soliqni to‘lash muddatlari saqlab qolinmoqda. 2023-yilning 1-fevralidan boshlab neft mahsulotlari hamda ishlab chiqariladigan alkogol va tamaki mahsulotlari bo‘yicha aksiz solig‘i stavkalari 10 foizga indeksatsiya qilinmoqda. 2023-yilning 1-yanvaridan boshlab alkogol mahsulotlarini (kuchsiz alkogolli ichimliklar bundan mustasno) ishlab chiqarishda aksiz solig‘i aksiz to‘lanadigan mahsulot tarkibidagi etil spirtining ulushidan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi. Bunda ishlab chiqariladigan alkogol mahsulotining o‘lchov birligi“litr”deb belgilandi (ilgari “dal” edi). 2022-yilda aroq, konyak va boshqa alkogol mahsulotlariga aksiz solig‘i stavkasi 1 dal uchun 138 000 so‘m (yoki 1 litr uchun 13 800 so‘m) miqdorida belgilangan edi. 2023-yilda ushbu mahsulotlarga aksiz solig‘i stavkasi aksiz to‘lanadigan tovar tarkibidagi suv qo‘shilmagan etil spirtining 1 litri uchun 34 500 so‘m miqdorida belgilanmoqda. Masalan, aroq tarkibidagi etil spirti ulushi 40 foizni tashkil etadi, 1 litr uchun aksiz solig‘i summasi 13 800 so‘mni (34 500 so‘m x 40 foiz), 2023-yilning 1-fevralidan boshlab esa indeksatsiyani hisobga olgan holda — 15 200 so‘mni (38 000 so‘m x 40 foiz) tashkil etadi. 2023-yilning 1-yanvaridan boshlab oziq-ovqat xomashyosidan rektifikatsiyalangan etil spirti, efiraldegidli fraksiyadan texnik rektifikatsiyalangan etil spirti va asosiy fraksiyadan etil spirtiga aksiz solig‘i stavkasi 5 baravarga oshiriladi va 1 litr uchun 7 450 so‘mni tashkil etadi. 2023-yilning 1-yanvaridan boshlab alkogol va tamaki mahsulotlarini import qilishda aksiz solig‘i stavkalari 5 foizga pasaytirilmoqda. 3-jadval Tamaki maxsulotlari uchun soliq stavkalari4
4-jadval Download 144.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling