Soliqlar va sug’urta ” fakulteti “yuridik shaxslarni soliqqa tortish ” fanidan kurs ishi mavzu


Jismoniy shaxslarning mol-molk soliq stavkalari2


Download 144.79 Kb.
bet3/9
Sana01.03.2023
Hajmi144.79 Kb.
#1242654
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
KURS ishi Normurotov

Jismoniy shaxslarning mol-molk soliq stavkalari2



T/r

Soliq solish obyektlari

Soliq stavkalari, foizlarda

1.

Uy-joylar va kvartiralar, dala hovli imoratlari (umumiy maydoni 200 kv.m gacha bo‘lganlarini qo‘shib hisoblaganda), ko‘p kvartirali uylarga uzviy bog‘liq bo‘lgan avtomashina turar joylari, shuningdek boshqa imoratlar, binolar va inshootlar

0,28

2.

Shaharlarda joylashgan uy-joylar va kvartiralar, umumiy maydoni:




200 kv.m dan ortiq va 500 kv.m gacha bo‘lgan

0,37

500 kv.m dan ortiq bo‘lgan

0,49

3.

Boshqa aholi punktlarida joylashgan, umumiy maydoni 200 kv.m dan ortiq bo‘lgan uy-joylar va kvartiralar, dala hovli imoratlari

0,37

Jismoniy shaxlar mol mulk solig’i stavkalari 2023-yilda oshirilganini ko’rishimiz mumkun.


Jismoniy shaxslarga berilgan, shuningdek dehqon xo‘jaligini yuritish uchun berilgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarga soliq stavkasi qishloq xo‘jaligi ekinzorlarining normativ qiymatiga nisbatan 0,95 foiz miqdorda belgilanadi. Bunda qishloq xo‘jaligi yerlarining sifati yomonlashganda yoki yaxshilanganda (ball boniteti pasayganda yoki oshganda) qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarga ega bo‘lgan dehqon ho‘jaliklariga va jismoniy shaxslarga nisbatan soliq Kodeks
429-moddasining to‘qqizinchi va o‘ninchi qismlarida nazarda tutilgan tartib tatbiq etiladi;
Soliq to‘lovchilar qat’iy belgilangan summada soliq to‘lashga o‘tish to‘g‘risida o‘zi soliq hisobida turgan joydagi soliq organini O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan belgilangan shaklda keyingi oy boshlanguniga qadar o‘n kundan kechiktirmay xabardor qiladi.
Yangi tashkil etilgan soliq to‘lovchilar davlat ro‘yxatidan o‘tish chog‘ida qat’iy belgilangan summada soliq to‘lashni tanlashga haqli.
Qat’iy belgilangan summada soliq to‘lashga soliq davri mobaynida o‘tilgan taqdirda, soliq miqdori qat’iy belgilangan summani o‘n ikkiga bo‘lish va olingan natijani joriy soliq davrining yakuniga qadar qolgan oylar soniga ko‘paytirish yo‘li bilan aniqlanadi.
Agar soliq davri davomida qat’iy belgilangan summadagi soliq to‘lovchining jami daromadi besh yuz million so‘mdan oshsa, u holda qat’iy belgilangan summadagi soliq summasi bunday oshish ro‘y bergan oydan boshlab joriy soliq davrining oxiriga qadar jami daromadi besh yuz million so‘mdan ortiq bo‘lgan soliq to‘lovchilar uchun belgilangan soliq stavkasidan kelib chiqqan holda qayta hisoblab chiqiladi.
Soliq davri davomida qat’iy belgilangan summada soliq to‘lashdan qo‘shilgan qiymat solig‘i va foyda solig‘ini to‘lashga o‘tishda qat’iy belgilangan summadagi soliq summasi ushbu soliqlarni to‘lashga o‘tish amalga oshirilgan oxirgi kalendar oy hisobga olingan holda to‘lanadi.
Soliq to‘lovchilar navbatdagi soliq davridan boshlab qat’iy belgilangan summada soliq to‘lashni rad etishga va o‘zi soliq hisobida turgan joydagi soliq organlarini O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan belgilangan shaklda, navbatdagi soliq davri boshlanishiga qadar o‘n kundan kechiktirmay xabardor qilgan holda, soliqni Soliq Kodeksi 467-moddasining birinchi qismida ko‘rsatilgan soliq stavkalari bo‘yicha to‘lashga o‘tishga haqli.
Qat’iy belgilangan summadagi soliqning soliq to‘lovchisidan dividendlar tarzida olinadigan daromadlarga soliq solinmaydi.
Qat’iy belgilangan summadagi soliqning soliq to‘lovchisi mazkur soliq bo‘yicha va dividendlar tarzidagi daromadlarga taalluqli qism bo‘yicha soliq hisobotlarini taqdim etish majburiyatidan ozod qilinadi.
Qat’iy belgilangan summadagi soliqning soliq to‘lovchisi qo‘shilgan qiymat solig‘ini va foyda solig‘ini to‘lashga o‘tishda tovar-moddiy zaxiralarning qoldiqlari hamda uzoq muddatli aktivlar bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘i summalarini hisobga olishni amalga oshirmaydi.
Qat’iy belgilangan summadagi soliqning soliq to‘lovchilari soliqni kalendar oyidan keyingi oyning o‘n beshinchi sanasidan kechiktirmay har oyda teng ulushlarda to‘laydi”;
“Chiqindilarni to‘plash, olib chiqish, saralash va qayta ishlash faoliyatidan olgan daromadlari hisobot (soliq) davri yakunlari bo‘yicha jami daromadining kamida 90 foizini tashkil etgan soliq to‘lovchilar 2023-yil 1-yanvardan e’tiboran 2026-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davrda mazkur faoliyat turi bo‘yicha foyda solig‘ini (bundan foizlar tarzidagi daromadlar mustasno) va ijtimoiy soliqni 1 foiz miqdordagi soliq stavkasi bo‘yicha to‘laydi.
Soliqni qat’iy belgilangan miqdorlarda to‘lovchi soliq to‘lovchilar uchun soliq stavkasi quyidagi miqdorlarda belgilanadi:
2-jadval

Download 144.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling