Soliqlar va sug’urta ” fakulteti “yuridik shaxslarni soliqqa tortish ” fanidan kurs ishi mavzu
Soliq stavkalari quyidag imiqdorlarda belgilanadi:6
Download 144.79 Kb.
|
KURS ishi Normurotov
Soliq stavkalari quyidag imiqdorlarda belgilanadi:6
Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq 2023-yilda quyidagilar saqlab qolinmoqda: soliq bazasini, shuningdek 1 kv.m uchun mutlaq miqdorda belgilangan eng kam qiymat miqdorlarini belgilash tartibi; Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi va xalq deputatlari viloyatlar Kengashlarining ko‘chmas mulk obyektlarining belgilangan eng kam qiymatiga, tumanlarning iqtisodiy rivojlanishiga qarab, 0,5 gacha bo‘lgan kamaytiruvchi koeffitsiyentni belgilash huquqi; soliq bazasiga nisbatan 1,5 foiz miqdoridagi soliq stavkasi. Soliq kodeksining 415-moddasi to‘rtinchi qismida nazarda tutilgan obyektlar bo‘yicha belgilangan pasaytirilgan soliq stavkasini bazaviy soliq stavkasiga, 2023-yilda uni 0,5 foizdan 0,6 foizgacha oshirish yo‘li bilan, bosqichma-bosqich yetkazish davom ettiriladi. Yuridik shaxslar uchun pasaytirilgan soliq stavkasi 2020-yildan boshlab ilgari soliq imtiyozlari berilgan obyektlar bo‘yicha joriy etilgan edi. 2022-yilning 1-iyulidan boshlab qonunchilikda yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqning oshirilgan stavkalarini belgilash yo‘li bilan ta’sir choralari qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan obyektlarga soliq solish tartibi bekor qilindi. Soliq stavkasi, agar 415 moddada boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, 1,5 foiz miqdorida belgilanadi. Qurilishi normativ muddatda tugallanmagan obyektlarga nisbatan soliq stavkasi 3 foiz miqdorida belgilanadi. Soliq stavkasi quyidagilarga nisbatan 0,6 foiz miqdorida belgilanadi: 1) umumiy foydalanishdagi temir yo‘llar, magistral quvurlar, aloqa va elektr uzatish liniyalari, shuningdek mazkur obyektlarning ajralmas texnologik qismi bo‘lgan inshootlar; 2) konservatsiya qilinishi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilingan ko‘chmas mulk va tugallanmagan qurilish obyektlari. Download 144.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling