Soliqlar va sug’urta fakulteti” “iqtisodiyot nazariyasi” fanidan kurs ishi mavzu: Pul tizimi evolutsiyasi va uning turlari


Yillar Tangadagi kumush miqdori -- %


Download 150.89 Kb.
bet9/16
Sana29.04.2023
Hajmi150.89 Kb.
#1400518
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
Bog'liq
KURS ISHI (2)

Yillar

Tangadagi kumush miqdori -- %

1

1608-1610

90

2

1615-1623

80

3

1617-1678

70

4

1699-1700

35

5

Ubaydullaxon davrida

22,5

Qariyib 100 yillardan keyin, XVIII asr o’rtalarida Muxammad Rahimxon davrida tangadagi kumush miqdori 30%gacha oshirilgan. XVIII asrning oxiri XIX asrni boshlariga kelib Buxoro davlati yana yuqori sifatli pul tizimiga ega bo’lgan. Rossiyaning O’rta Osiyoga yurishi natijasida, 1865 yilda Tashkent ruslar qo’liga o’tgan. Keyinchalik Buxoro davlatining O’ratepa, Jizzax, Samarqand, Kattaqo’rg’on, Urgut kabi shaharlari Rossiya qaramog’iga o’tgan. Buxoro amiri Rossiya bilan do’stlik shartnomasini tuzgan va yarim mustaqil davlat bo’lib o’zining mustaqil pul tizimini saqlab qolgan, hamda mustaqil pul siyosatini olib borgan. O’sha davrda muomalaga oltin, kumush, mis tangalar chiqarilgan. 1 tillo Rossiyaning 6 rubl 80 kopeek, 1 tanga (kumush) 15 kopekaga, 1 mis tanga - (mira) 4 kopekaga, pul 1/4 kopekaga tenglashtirilgan. Muomalada ko’proq kumush tanga ishlatilib, uning kursi 1 tangaga 12 kopeekdan 20 kopeekkacha o’zgarib turgan. O’tgan asrning 90-yillarida Rossiya, Toshkent, Quqonda keyinchalik Buxoroda o’z banklarini ochgan. Muomalaga rus oltin, kumush tangalari va kredit biletlari kirib kelgan. Buxoroda rus oltin, kumush tangasidan ko’ra kredit biletlari juda mashhur bo’lgan. Buxoro beklari amirga to’laydigan soliq va boshqa to’lov, in’omlarini kumush tangada karvonlarda olib kelgandan ko’ra, kredit biletlarda olib kelishi ularga arzon va oson bo’lgan. Shuning uchun kumushlar rus kredit biletlariga almashtirilgan. Rus banklariga shu yo’l bilan va boshqa yo’llar bilan tushgan kumush tangalar qaytib muomalaga chiqmagan. Ular Rossiyaga jo’natilgan va Peterburgdagi zarbxonada qayta ishlatilib rus kumush tangasi bo’lib muomalaga chiqarilgan. Buxoro tangasi 84 foizli probadagi kumushdan tayyorlangani uchun rus kumush tangasidan ancha sifatli bo’lgan va u qayta ishlanganda bir Buxoro tangasidan bir necha rus tangasi zarb qilingan. Bu esa Rossiya xazinasiga juda katta foyda keltirilgan. Hisob-kitoblarni olib borishda, tilloni rublga aylantirishda qiyinchiliklar bo’lgani uchun Rossiya davlati Buxoro davlati pul tizimini Rossiyaga birlashtirish to’g’risidagi masalani qo’ygan. Rossiya Moliya Vazirligi tomonidan Buxoro davlati pulining loyihasi ishlab chiqilgan. Unga asosan chiqariladigan pul 15 kopekgacha teng bo’lib, uning bir tomonida Rossiya hukumat belgisi tasviri ikkinchi tomonida Buxoro davlati belgisi tasviri bo’lishi kerak edi. Lekin, Buxoro amirning hizmati tufayli bu ish amalga oshirmasdan qolib ketgan. 1923-24 yillargacha Buxoro o’zining pul birligining saqlab qolgan. Turkistonning Rossiyaga qoshilishi natijasida, XX asrning boshlarida Turkistonda rus kredit biletlari, mahalliy veksellar, keyinchalik sovznaklar, «Turkbon»lar, chervonetslar muomalada bo’lgan. 20 yillarning o’rtalaridan boshlab yagona pul tizimi barpo qilinib, Sobiq SSSR hududida rubl pul birligi sifatida qabul qilingan va mustaqillikgacha pul muomalasi shu pul birligida olib borilgan.



Download 150.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling