Soliqlar va sug’urta fakulteti” “iqtisodiyot nazariyasi” fanidan kurs ishi mavzu: Pul tizimi evolutsiyasi va uning turlari


O’zbekiston Respublikasi pul tizimi


Download 150.89 Kb.
bet8/16
Sana29.04.2023
Hajmi150.89 Kb.
#1400518
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
Bog'liq
KURS ISHI (2)

O’zbekiston Respublikasi pul tizimi. O’zbekiston Respublikasida pul tizimi va uning rivojlanish tarixi. O’zbekiston zamini va xalqi oldindan mukammal tarixga, sohalar bo’yicha o’z mustaqil tizimiga ega bo’lgan. Shuning uchun biz qisqacha pul tizimimizning tarixi to’g’risida to’xtalmoqchimiz. Ba’zi manbalarda keltirilishiga qaraganda O’rta Osiyoda birinchi pullar Iskandar Zulqarnay davrida miloddan avval 250 - 261 yillarda chiqarila boshlangan. Hozirgi Markaziy Osiyoning ko’pgina maydoni oldingi Buxoro davlatiga mansub bo’lgan va shu kungi MHDYo davlatlari ichida O’zbekiston Respublikasi zaminida ya’ni, Buxoro davlatida birinchi metall pullar zarb qilgan. Metall pullar zarb qilingunga qadar Buxoro davlatida savdo-sotiqda pul birligi sifatida bug’doy va qog’oz material ishlatilgan. Birinchi metall pullar Buxoro davlatida 700-yillarda zarb qilingan. Bu pullar kumush tangalar bo’lib, Buxoro davlati shohi Kana-Buxoro-Xudot tomonidan chiqarilgan. Tanga yuqori sifatga ega bo’lgan toza kumushdan zarb qilingan. Tanga o’rtasida shohning tasviri va uning atrofiga qur’on oyatlaridan yozilgan. Bu kumush pullar «dirham» deb atalgan. Buxar-Xuddat 40 yil davlatni boshqargandan keyin, taxtga xalifa Abu-Bakr-Siddiq o’tirgan. Abu Bakr, keyinchalik shoh Xorun-ar-Rashid davrida Buxoro davlatida pul tizimi barqaror bo’lib, savdo ko’proq dirhamlarda olib borilgan. Bu orada Xorazm davlati ham o’zining kumush tangalarini muomalaga kiritgan. Lekin aholi ko’proq dirhamlar bilan savdo olib borishni afzal ko’rgan. Dirhamlarga bo’lgan talabning oshishi, Buxoro davlatining ko’pgina boshqa mamlakatlar bilan savdo olib borishi hamda dirhamlarning juda yuqori proba va sifatga ega bo’lishi asta sekinlik bilan ularning muomaladan yo’qolishiga olib kelgan. 801 yilning kuzida taxtga Gidrif kelgan va u pul tizimini barqarorlashtirish maqsadida muomalaga 6 turdagi oltin, kumush, teri, temir va mis, har xil metall qorishmasidan zarb qilingan pul birliklarini chiqargan. Bu pullar xalq orasida «gidrifi»lar degan nom olgan. Kumush gidrifilar dirhamlarga qaraganda sifati past va kumushga temir qorishmasi natijasida qoramtir rangda bo’lgan. Bu pullar aholi orasida muomalada yaxshi qabul qilinmagan, shuning uchun davlat oldingi pulga nisbatan yangi kumush gidrafining majburiy kursini belgilab qo’ygan, ya’ni 6 gidrifi 1 dirhamga tenglashtirilgan va asta-sekinlik bilan soliq va to’lovlarni faqat gidrifida olishning joriy qilish orqali 1 gidrifini 1 dirhamga tenglashtirishga erishilgan. Davlat tomonidan har xil soliq va to’lovlarni faqat gidrifida to’lashni joriy qilish natijasida 822 yillarga kelib 100 kumush dirham 70 gidrifiga, 1 gidrifi tillo 7,5 gidrifi kumushga tenglashtirilgan. Gidrifilar Buxoroda Maxak Qasrida zarb qilingan. Shuni ta’kidlamoqchimizki, birinchi rus davlatida muomalada paydo bo’lgan metall pullar dirhamlar hisoblanadi. Rus davlatida dirhamlar bir necha bo’laklarga bo’linib muomalada ishlatilgan. Topilmalar shuni ko’rsatganki, rus davlatida IX-X asrda savdoda qo’llanilgan dirhamlar 40 bo’lakka bo’linib, har bir kumush bo’lakchasi pul birligi sifatida ishlatilagan. Keyinchalik rus davlatiga, Evropa davlatlari metall pullari kirib kelgan va faqat X asrning oxiridagina Kiev knyazi Vladimir tomonidan birinchi rus tangalari «grivni» zarb qilingan. X asrning o’rtalari (943-954 yillar)da Ismoil Somoniy davrida Buxoro davlati maydoni kengayib hozirgi O’rta Osiyo davlatlarini qariyb barcha maydonini o’z ichiga olgan va u uch va undan ortiq Yevropa mamlakati maydoniga teng kelgan. Somoniylar davrida pul tizimi juda yuqori darajada rivojlangan. Muomalaga yana sifatli kumush tangalar - dirhamlar, oltin pullar kiritilgan. Bu pullar muomalada donalab va og’irligi o’lchab, qabul qilingan. Buxoro davlati Evropa davlatlari bilan keng savdo-sotiq olib borishi natijasida yuqori sifatli kumush tangalar Evropa va rus davlatiga oqib o’tgan va biz yuqorida ta’qidlaganimizdek, rus davlati bu dirhamlarni bo’laklarga bo’lib, pul birligi sifatida muomalada ishlatgan. XI asrda Somoniylar davlatidan turklarning o’rin olishi pul muomalasini ham o’zgartirsada, oltin va kumush tangalar pul tizimining asosiy elementi sifatida saqlanib qoldi. XII-XIII asrlarda Qoraxoniylar, Xorazmshoh davrida, keyinchalik Temuriylar davrida muomalada asosan oltin, kumush, mis tangalar ko’plab zarb qilingan. Shayboniyxon davrida 1507 yilda pul islohoti o’tkazilib, cheklagan miqdorda muomalaga oltin, kumush, mis, mis va kumush qorishmasidan tanga pullar chiqarilgan. Oltin tangalar «tillo», kumush tanga «tanga», mis tanga «dinor» deb nomlangan va eng mayda tanga dinorning 1/6 qismiga teng bo’lib «pul» deb nomlangan. Temuriylar davrida «amiri» dirhamlari muomalaga chiqarilgan. Ularning vazni 5,7-6,0 gr. atrofida bo’lgan va keyinchalik dirhamlarda kumush miqdorini kamaytirilgani uchun tangalar vazni ham kamayib borgan. O’zbekiston pul tizimining yana bir muhim sanasi bu 1708-1709 yillarda Buxoroda o’tkazilgan pul islohotidir. Bu islohat shoh Ubaydulloxon tomonidan o’tkazilgan bo’lib, muomalaga past sifatli tangalar chiqarilgan. Bu tangalarda kumush miqdori oldingi tangalarga nisbatan kam bo’lgan va ular davlatning urush bilan bog’liq harbiy xarajatlarini qoplash uchun zarb qilingan. Oldingi 1 kumush tanganing og’irligi 1 misqolga teng bo’lgan. Pul islohotiga asosan 1 kumush tanga 4ga bo’linib, endi to’rt kumush tanga zarb qilingan va ularning har birining vazni 1 misqolga teng bo’lgan. Natijada kumush tanganing sifati tushgan. Muomaladagi pullar «yaxshi» va «yomon» pullarga bo’lingan. 1 misqol 24 nuxudga tenglashtirilgan, ya’ni 24 nuxud = 1 misqol, 1 misqol = 4,8 gr. kumushga teng bo’lgan. Ubaydullaxon o’tkazgan pul islohotining xususiyati shundaki, u tangadagi kumush miqdorini eng minimal darajagacha kamaytirgan, bunday hol ungacha va undan keyin amaliyotda qo’llanilagan emas. Bu to’g’rida qo’yidagi jadval ma’lumotlariga murojat qilishimiz mumkin. Jadvaldan ko’rinib turibdiki, tanganing kumush miqdori 90 foizdan Ubaydulla Bahodirxon davrida 22,5 foizgacha tushgan, ya’ni tangalarning sifati tushib borgan.
1-jadval:




Download 150.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling