Soliqlarning iqtisodiy mohiyati va soliq tizmi Reja
Soliqlarning asosiy elementlari va tamoyillari
Download 300 Kb.
|
1-Mavzu. Soliqlarning iqtisodiy mohiyati va ahammiyati
- Bu sahifa navigatsiya:
- Soliq solish obekti.
- Soliq bazasi.
2.Soliqlarning asosiy elementlari va tamoyillari. Soliqqa tortish tizimining asosiy bogini hisoblangan soliq elementlari soliq solishda ifodalanadigan asosiy tushunchalar bolib, ular soliq tolovchilar va davlat byudjeti ortasidagi iqtisodiy-huquqiy munosabatlarda namoyon boladi.
Soliq nazariyasida soliqqa oid munosabatlarni toliq va teranroq ifoda etish uchun iqtisodiy voqeliklarni har bir kichik guruhlari muayyan nomdagi iboralar bilan izohlanadi. Soliq elementlari ham huddi shunday soliqqa oid iqtisodiy xodisalarni izohlashga xizmat qiluvchi yaxlit tushuncha hisoblanadi. Soliq elementlari tushunchasi soliq solish tizimining muhim tarkibiy qismi bolib, uning ozi ham kichik tizimni tashkil etadi, yani soliq elementlari ham bir necha iqtisodiy kategoriyalarni yaxlit holatdagi harakatini bildiradi. Soliq togrisidagi qonun hujjatlarida soliqning barcha elementlari aniqlab qoyilgan taqdirdagina ushbu soliqlar belgilangan deb hisoblanadi. Bunday soliq elementlariga quyidagilar kiradi: 1) soliq solish obekti; 2) soliq bazasi; 3) soliq stavkasi; 4) soliq davri; 5) soliqni hisoblab chiqarish tartibi; 6) soliq hisobotini taqdim etish tartibi; 7) soliqni tolash tartibi. Soliq solish obekti. Soliq solish obekti mol-mulk, harakat, harakat natijasi yoki qiymat, miqdoriy yoki fizik xususiyatga ega bolgan boshqa holat bolib, u mavjud bolganda soliq togrisidagi qonun hujjatlari soliq tolovchida soliq majburiyatini vujudga keltiradi. Har bir soliq belgilanadigan mustaqil soliq solish obektiga ega boladi. Soliq bazasi. Soliq bazasi soliq solish obektining qiymat, fizik yoki boshqa xususiyatini ifodalaydi. Har bir soliq uchun soliq bazasi va uni aniqlash tartibi soliq kodeksi bilan belgilanadi. Soliq stavkasi. Soliq stavkasi soliq bazasining olchov birligiga nisbatan hisoblanadigan soliqning foizlardagi yoki mutlaq summadagi miqdorini ifodalaydi. Soliq davri. Soliq davri deganda tugagandan keyin soliq bazasi aniqlanadigan hamda tolanishi lozim bolgan soliq summasi hisoblab chiqariladigan kalendar yil yoki boshqa davr tushuniladi. Download 300 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling