Soliqlarning iqtisodiy mohiyati va soliq tizmi Reja
-Soliq solishning etarlilik tamoyili
Download 300 Kb.
|
1-Mavzu. Soliqlarning iqtisodiy mohiyati va ahammiyati
- Bu sahifa navigatsiya:
- -Soliq solishning tadbirkorlik va investitsiyalarni ragbatlantirish tamoyili.
-Soliq solishning etarlilik tamoyili. Soliq solishning etarlilik tamoyiliga muvofiq soliq solish darajasi shunday bolishi lozimki, u davlat intilayotgan xalq xojaligi samaradorligiga erishishni kafolatlay olsin. Soliqqa tortish tizimi iqtisodiyot, ijtimoiy himoya, mudofaa qobiliyati va boshqa sohalardagi davlat siyosatini amalga oshirish uchun zarur bolgan moliya resurslari toplanishini taminlashi lozim. Shuni ham takidlab otish lozimki, soliq stavkalari soliq yuki korsatkichi hisoblanmaydi, chunki soliq tolovchi soliq tolar ekan, davlat tomonidan bepul xizmatlardan bahramand bolgani holda ayni chogda ozining bazi xarajatlarini qisqartiradi. Umuman olganda, etarlilik tamoyili soliq siyosatini belgilayotganda uni davlatning qabul qilingan ijtimoiy-iqtisodiy siyosati bilan qatiy ravishda uygunlashtirishni taqozo etadi.
-Soliq solishning tadbirkorlik va investitsiyalarni ragbatlantirish tamoyili. Soliq tizimi xojalik yurituvchi subektlarning ishlab chiqarishini rivojlantirish, uskunalar va zamonaviy texnologiyalar sotib olish uchun mablag yonaltirish, yani kapital jamgarish va shu yol bilan texnologiyalarni takomillashtirish, raqobatbardosh maxsulotlar ishlab chiqarishni ragbatlantirishi lozim. Soliq tizimi resurslarning samarali taqsimlanishiga tosqinlik qilmasligi hamda xojalikni mustaqil yuritish omillarini cheklab qoymasligi lozim. Soliqlar miqdori haddan tashqari katta qilib belgilansa, ishlab chiqarish hajmlari kamayib ketadi, bu jarayon zahiralar, banklardagi pul mablaglarining barakasi uchishiga olib keladi. Soliq solish bazasi va uning hajmlarini notogri belgilash xodimlarning malaka oshirishga, ratsionalizatorlik va ixtirochilik faoliyati bilan shugullanishga va boshqa sohalarga bolgan intilishiga salbiy tasir etadi. Soliq solishning iqtisodiy omillarga tasiri ikki xil korinishda boladi, yani qiyosiy oqibat va daromad oqibati shaklida ifodalanadi. Qiyosiy oqibat mehnat natijalari, jamgarish, investitsiyalash, yangi goyalarni joriy etish va ishlab chiqarish faoliyatining boshqa xil korinishlari bilan shugullanish uchun nisbatan kamroq darajada ragbatlantirishda namoyon boladi. Ayniqsa, progressiv (oshib boruvchi) soliq solishda bunday oqibatning ragbatlantirishga zid tasiri yaqqol ifodalanadi. Soliqlarning tasiri investitsiyalar tarkibida ham yaqqol seziladi. Turli korinishdagi aktivlar uchun joriy etilgan har xil soliq tartiblari investitsiya imkoniyatlari va sarmoyadorlarning portfeli tarkibida sezilib qoladi. Soliq tizimidagi kamchilik va nuqsonlar iqtisodiy osish suratlarining pasayib ketishiga olib kelishi mumkin, bu hol pirovard natijada davlat byudjeti daromadlarining ozgarishiga ham tasir etmay qolmaydi. Download 300 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling