Solohidinova nozima bahodirjon qizining
Download 196 Kb.
|
427 SOLOHIDINOVA NOZIMA BAHODIRJON QIZINING
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishining metodologik asoslari
- Kurs ishining tuzilishi va xajmi
- Ta’limni tarbiyadan, tarbiyani ta’limdan ajratib bo‘lmas
Kurs ishining maqsadi: Ta’lim muassasalarida tashkil etiladigan tarbiyaviy ishlar mazmunini yoritish
Kurs ishining ob’ekti: Ta’lim muassasalarida tashkil etiladigan tarbiyaviy ishlar jarayoni. Kurs ishining predmeti: Ta’lim muassasalarida tashkil etiladigan tarbiyaviy ishlar metod va vositalari. Kurs ishining vazifalari: Tarbiya va uning mohiyati va maxsus ta’lim muassasalarida tarbiyaviy ishlarni tashkil etishning g‘oyaviy asoslarini ochib berish. Maxsus ta’lim muassasalarida tarbiya yo‘nalishlari va ularning maqsad va vazifalarini tahlil qilish. Maxsus ta’lim muassasalarida tarbiyaviy ishlarning turlari va ularni rejalashtirish mazmunini yoritib berish Maxsus ta’lim muassasalari tarbiyachilari faoliyatiga qo‘yiluvchi zamonaviy talablar mazmunini ko‘rsatib berish. Kurs ishining metodologik asoslari: O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi; “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun Sh.M.Mirziyoyev asarlari, “Sog‘lom avlod” davlat dasturi; yosh avlodni shakllantirish to‘g‘risidagi Vazirlar Mahkamasi tomonidan chiqarilgan qarorlar; yoshlarda umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlikni tarbiyalashga oid Sharq mutafakkirlarining asarlari, o‘gitlari, fikrlari; bolalarda umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlikni shakllantirish to‘g‘risidagi pedagogik, psixologik, didaktik nazariyalar xizmat qiladi. Kurs ishining tuzilishi va xajmi: Ishimiz kirish, 4-bo’lim, xulosa, foydalanilgan adabiyot va 24- sahifadan iborat. 1. Tarbiya va uning mohiyati va ta’lim muassasalarida tarbiyaviy ishlarni tashkil etishning g‘oyaviy asoslari Qadimiy O‘rta Osiyoda olimlar ta’lim-tarbiyaga asosli ta’rif va tavsiflar keltirgan. Jumladan, Forobiy o‘zining asarlarida ta’limni tarbiyaviy birlikda olib borish lozimligini aytgan bo‘lsa-da, inson kamolotida har ikkisining ham o‘ziga xos o‘rni borligini ta’kidlaydi. Uning fikricha ta’lim-tarbiyaning asosiy vazifasi jamiyat talablariga javob beradigan va shu jamiyat rivoji uchun xizmat qiladigan yetuk insonni yetishtirishdan iborat. Beruniy inson kamolotida uch narsani: irsiyat, muhit va tarbiyaning muhimligini ta’kidlaydi. Ibn Sino inson kamolotining birinchi mezoni bilim ekanligini ta’kidlaydi. U bilimsiz kishilarni johil deb hisoblaydi. Ta’lim va tarbiyaga turli davrlarda turlicha yondashib ta’rif berilgan bo‘lsa-da, ularning barchasida muayyan umumiyliklar bor. Masalan, Yan Amos Komenskiy bolaning aqliy va jismoniy o‘sish jarayoni tabiatdagi o‘sishga o‘xshashi hamda tarbiyada bolalarning tabiiy bilish xususiyatlarini xisobga olish zarurligini aytsa, Mirzo Ulug‘bek o‘qitishning tabaqalashtirilgan jihatiga e’tibor qaratgan va u ta’lim davrini 8 yil qilib belgiladi. Xuddi shu kabi qarashlarga yondosh sifatida Alisher Navoiy ham o‘qitishning uzluksizligi va inson kamolotida ilm-fanning o‘rni beqiyosligini ta’kidlaydi. Abu Rayhon Beruniy ham ahloqiylikka alohida e’tibor bilan qarab, yaxshilik va yomonlik, vijdon, to‘g‘ri so‘zlik, or-nomus masalalariga alohida e’tibor bergan. Yuqorida keltirilgan pedagogik qarashlar inson kamolotida ta’lim-tarbiyaning rolini va ahamiyatini asoslaydi. Inson biron-bir davlat yoki xududda yashar ekan o‘sha davlatning ijtimoiy buyurtmasida aks etgan talablarga javob berishi kerak. Mazkur talablar uzviy va izchil olib boriladigan ma’lum bir o‘quv reja va dasturlarga bo‘ysunadigan, o‘zining kerakli vositalariga ega maqsadli ta’lim –tarbiya tizimida tarkib topadi. Tarbiya tarbiyalanuvchi shaxsini oliy ijtimoiy qadriyat deb tan olishi, har bir bola, o‘smir va yosh yigit-qizning betakror, o‘ziga xosligini hurmat qilishi, uning ijtimoiy huquqi va erkinligini e’tiborga olishi; yoshlarda istak va imkoniyat tuyg‘usini muvaffaqiyatli qaror toptirishga yo‘naltirilishi; milliylikning o‘ziga xos an’analari va vositalariga tayanishi; shaxslararo munosabatlarda insonparvarlik, pedagoglar va o‘quvchilar o‘rtasida bir-biriga hurmat munosabatlari, bolalar fikriga e’tibor qilish, ularga mehribonlarcha munosabatda bo‘lishi lozim. Ma’lumki, O‘zbekistonda xech bir davlatda hali yo‘lga qo‘yilmagan, ammo bir qancha davlatlar tomonidan tan olingan ta’limning “milliy modeli” ishlamoqda. Bu model 7 ta bo‘g‘indan iborat uzluksiz ta’limga asoslanadi. Ushbu modelning eng muhim ahamiyatli tomoni shuki, har bir bola umumiy o‘rta ta’lim bilan bir qatorda u yoki bu turdagi kasb-xunarni egallashi ta’minlanadi hamda uzluksiz ta’lim orqali hayot uchun zaruriy dastlabki kompleks ko‘nikmalarga ega bo‘ladi, ya’ni ular oddiy bitiruvchilar emas, balki mustaqil hayot jabhalarida o‘z pozitsiyasiga ega, ishbilarmon, ma’naviy jihatdan yetuk insonlar bo‘lib yetishadilar. O‘sib kelayotgan sog‘lom-me’yorda rivojlanayotgan bolalar qatorida eshitish, ko‘rish, harakatlanish, aqliy va nutqiy faoliyatida turli darajadagi muammolarga ega bolalar ham borki, ularning ta’lim-tarbiya jarayoni bizning davlatda siyosatning bir yo‘nalishi sifatida ko‘riladi. Kuchli ijtimoiy siyosat aynan jamiyatdagi e’tiborga muhtoj qatlamlarning hayotda o‘z o‘rnini topishi, sifatli ta’lim bilan ta’minlanishi, o‘z salomatligini muntazam mustahkamlashi uchun zaruriy yondashuvlardan foydalanishi va x. kabi yo‘nalishlardagi huquqlarini himoya qilishni ko‘zda tutadi. Ilmiy matnlarda, mutaxassislar muhokamalarida va turli tajriba-sinov ishlari xulosalari aks etgan og‘zaki yoki yozma bayonlarda nogiron bolalarni imkoniyati cheklangan bolalar(keyingi joylarda IChB), ta’limda alohida ehtiyojga ega bolalar yoki aynan muammoga bog‘liq ravishda “eshitishida muammolari bo‘lgan bolalar” (keyingi joylarda EMBB), “aqliy rivojlanishida muammolari bo‘lgan bolalar” (keyingi joylarda ARMBB), ko‘rishida muammolari bo‘lgan bolalar (keyingi joylarda KMBB), “tayanch harakat tizimida muammolari bo‘lgan bolalar” (keyingi joylarda Ta’lim muassasalarida tarbiyaviy ishlarning maqsadi va vazifalari muassasalarning umumiy vazifalaridan kelib chiqib belgilanadi. IChB uchun ixtisoslashtirilgan davlat ta’lim muassasalarining maqsadi o‘quvchilarni umumta’lim fanlari bo‘yicha akademik bilim, ko‘nikma va malakalar berish, mehnat malakalari bilan qurollantirish, ularda samarali muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirish, shaxs sifatlarini shakllantirish orqali ijtimoiy hayotga har tomonlama tayyorlashdir. “Ta’limni tarbiyadan, tarbiyani ta’limdan ajratib bo‘lmas”- degan sharqona haqiqatning hayotiyligi va dolzarbligini inobatga olinsa, ta’lim berish jarayonida o‘qitish o‘z vazifasini bajarayotgan bir paytda, tarbiya ham o‘z vazifasini amalga oshiradi. Sog‘lom va IChB shaxsini rivojlantirish jarayoni turli faoliyatlar negizida amalga oshiriladi. Biroq sog‘lom bolalar aksariyat axloqiy me’yorlar va turli odatlarni oilasida o‘zlashtira oladilar. IChB esa hayotining ko‘p qismini maxsus ta’lim muassasasida o‘tkazishiga to‘g‘ri keladi. Chunki ular muassasada nafaqat bilim olib tarbiyalanadilar, balki yashaydilar ham. Shu bois IChB ni mustaqil hayotga samarali tayyorlashda sog‘lom bolalarga nisbatan qo‘yiladigan talablarni qo‘yish xato hisoblanadi. IChB ni tarbiyalash usul va vositalarini tanlash uchun sog‘lom va IChB ta’limidagi o‘xshash va farqli jihatlarni ajratib olish lozim. Umumta’lim maktablari bilan IChB ta’limi muassasalari o‘rtasidagi o‘xshashliklar: -ularning har ikkisi ham davlat tomonidan nazoratdagi jarayonni tashkil etadi; - muayyan o‘quv reja va dasturlar doirasida o‘quvchilarga akademik bilim beradi; - sog‘lom bolalar uchun ajratilgan barcha sharoitlardan IChB ham to‘laqonli foydalanadilar; - ta’limning yakuniy bosqichida o‘quvchilar tegishli xujjatga ega bo‘ladilar va x.k. Ushbu o‘xshashliklardan tashqari farqlarga ham egadir. Jumladan: -maxsus ta’lim muassasalarida ta’lim o‘quvchilarning rivojlanishidagi muammolar bilan bog‘liq ravishda korreksiya(nuqsonlarni tuzatish, bartaraf etish)ga yo‘naltiriladi; -IChB ta’limi muddatlari sog‘lom bolalar ta’limi muddatlaridan farq qiladi. Masalan, ENBB umumiy o‘rta ta’limi 10 yilga mo‘ljallangan; -maxsus ta’lim muassasalarida maxsus defektologik ma’lumotga ega mutaxassislar tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha ixtisosliklar (oligofrenopedagog, tiflopedagog, surdopedagog va logoped)ga ega pedagoglar faoliyat ko‘rsatadi; -IChB ta’limi ko‘rgazmalilikka boy, soddalashtirilgan hayot bilan bog‘liq mazmunga ega ega bo‘lishi muhim mezondir. -maxsus ta’lim muassasalarida IChB xotirasi, diqqati va iroda xususiyatlaridan kelib chiqqan holda har bir topshiriqlarning takror va takror berilishiga ehtiyoj ustivordir. Sanab o‘tilgan tavsiflar maxsus ta’lim muassasalarida tashkil etiluvchi tarbiyaviy ishlarni tashkil etilishida inobatga olinuvchi muhim omillar sanaladi. Yuqoridagi fikrlardan ko`rinib turibdiki, Oliy ta`lim tizimini takomillashtirishda professor-o`qituvchilarning malakasi alohida ahmiyat kasb etadi. Chunki, aynan ushbu kasb egalari tomonidan Vatan, millat, milliy qadriyat, milliy mafkura kabi hayotimiz davomida o`zining mustahkam o`rniga ega bo`lgan tushunchalarning mohiyati ustozlarimiz tomonidan yosh avlod ongiga singdirib boriladi. Hozirgi globallashuv jarayonida yurtimizda tinchlikni saqlash, iqtisodiy, siyosiy va madaniy o`shishni ta`minlash nafaqat hukumatimiz, balki yoshlarning ham asosiy vazifalari hisoblanadi. Bu borada hukumat va yoshlar o`rtasida ko`prik vazifasini bajarib beruvchi ustoz va murabbiylarga juda katta mas`uliyat yuklatilgan. Bu vazifani bajarish esa har bir murabbiylardan yuksak mahorat egasi bo’lishni talab qiladi”2 Download 196 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling