Solohidinova nozima bahodirjon qizining
Bir sinfda 2 yoki undan ortiq tarbiyachilar ishlashi
Download 196 Kb.
|
427 SOLOHIDINOVA NOZIMA BAHODIRJON QIZINING
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. Maxsus ta’lim muassasalari pedagoglari- tarbiyachilari faoliyatiga qo‘yiladigan talablar
5. Bir sinfda 2 yoki undan ortiq tarbiyachilar ishlashi.
Aynan mana shu holat ta’limning sifatini pasaytirmoqda. Sinf uchun javobgarlik kimning zimmasida ekanligi mujmal, mashg‘ulotlar uchun ishlanmalarni kim tayyorlaydi?-degan savolga javob topish qiyin, xatto tarbiyachilarning o‘z o‘quvchilari ismini to‘liq bilmasliklari esa ayanchlidir. Sanab o‘tilgan tahlillar natijasida ushbu uslubiy qo‘llanma yaratildi. Ushbu uslubiy qo‘llanmada tarbiyaviy mashg‘ulotlarning nomlari va ularning xaftalik taqsimoti hamda boshlang‘ich va yuqori sinflar bo‘yicha taxminiy mavzular amaliyotda qo‘llash uchun tavsiya etilmoqda. 4. Maxsus ta’lim muassasalari pedagoglari- tarbiyachilari faoliyatiga qo‘yiladigan talablar IChB ni sifatli ta’limini amalga oshirishda tarbiyachining faoliyatiga qator talablar qo‘yiladi. Ushbu talablar: Pedagogik ma’lumotga ega bo‘lish. Defektologik ma’lumotga ega bo‘lish. IChB psixologik xususiyatlarini bilish. Maxsus psixologiyaning metodlaridan amaliyotda qo‘llashni bilish. Maxsus ta’lim muassasalarida o‘qitiladigan fanlarning umumiy masalalarini bilish. AKT dan tarbiyaviy mashg‘ulotlar jarayonida samarali foydalanish. Ish xujjatlarini yuritishni bilish. Birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishni bilish. Hisobotlar va turli mazmundagi taqdimotlarni yaratish va amalga oshirishni bilish. O‘zi haqida portfolio tayyorlash va o‘z-o‘zini namoyish qilishni bilish. Hamkorlikda ishlash va ish yuritish qoidalarini bilish. Ta’lim jarayonida pedagogik texnologiyalardan samarali foydalanishni bilish. Ingliz tilida kamida ilk so‘zlashish(o‘zi, oilasi, kasbi, ish joyi, qiziqishlari va x. haqida)ko‘nikmalariga ega bo‘lish. Tarbiyachilarning mashg‘ulotlar jarayonida pedagogik texnologiyalardan samarali foydalana olishi o‘quvchilarning ta’limga bo‘lgan qiziqishini oshiradi, ularda ijtimoiy ko‘nikmalarni rivojlantirish imkoniyatini kengaytiradi. Bu borada L.V.Shmelkova ishlab chiqqan o‘qituvchining texnologik loyihalash qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan dasturidan foydalanish tavsiya etiladi (XT jurnali №5 2003 55-bet) Ushbu dasturda o‘qituvchi-tarbiyachining texnologik loyihalash qobiliyatiga quyidagi talablar qo‘yiladi: -pedagogikaning umumiy qonun-qoidalarini bilish; -ta’limga texnologik yondashuvga oid dastlabki manbalarni va loyihalash, individualllashtirish, texnologiyalashtirish jarayonlarining o‘zaro bog‘liqliklari haqida tushunchaga ega bo‘lish; -ta’limni taraqqiy ettirishda texnologiyalarning o‘rnini tushunish; -o‘qitishni shaxsga yo‘naltirishning asosiy maqsad, tur shakli, va darajalari haqida tasavvurga ega bo‘lish; -“individual yondashuv”, “o‘qitishni tabaqalashtirish”, “individual o‘qitish” tushunchalari o‘rtasidagi bog‘lanish va farqlanishlarni bilash; -o‘quv jarayonini tashkil qilish vositalari orqali o‘quvchining individual xususiyatlarini rivojlantirish yo‘llarini bilish; -ta’lim jarayonini shaxsga yo‘naltirishda individual rivojlantiruvchi texnologiyalar imkoniyatlarini bilish; -ta’lim-tarbiyani loyihalashga oid yondashuvlar hamda loyihalashda asosiy bosqichlarni ajrata olish; -loyihalashga oid asosiy pedagogik obektlarni bilash; -mavjud sharoitdan kelib chiqadigan xolda tashxislanadigan maqsad qo‘ya bilish; -texnologiyalashtirishning umumiy mezonlarini bilish; -o‘quv materialini o‘lchanadigan va kuzatiladigan darajada qismlarga ajratish; -o‘quv jarayonining mantiqiy tuzilishini qulaylashtirish; -o‘quv mavzuning texnologik kartasini loyihalay olish; -o‘quvchilarning o‘zlashtirishini, rivojlanishini qayd etib boruvchi axborot kartalarini loyihalashni bilish. Demak, IChB ni o‘qitish va tarbiyalash shunday murakkab jarayonki, u bir tizimdir. Agar shu tizimning bir qismi ishlamasa, demak, natija besamardir. Shuning uchun tarbiyachi o‘z ishini har doim shunday rejalashtirish kerakki, bunda ish uchun kerakli barcha vositalar oldindan tayyorlangan, muammoli vaziyatlar oldindan bashorat qilingan va natijalar ham oldindan belgilangan bo‘lishini ta’minlashga erishishi lozim. Buning uchun tarbiyachi zamonaviy usullarni, texnologiyalarni bilishi va o‘z faoliyatida samarali qo‘llay olishi kerak. Bu esa uning innovatsion faoliyati tavsifini belgilaydi. Maxsus ta’limga interfaol usullarni tatbiq etish imkoniyati cheklangan bolalarning yangi avlodga munosib nomzod sifatida tayyorlashga erishishdagi pedagogik ta’sirini oshiradi va jarayon ishtirokchilarining o‘zaro faol harakatini ta’minlaydi. Download 196 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling