Solohidinova nozima bahodirjon qizining


Download 196 Kb.
bet9/10
Sana09.06.2023
Hajmi196 Kb.
#1471354
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
427 SOLOHIDINOVA NOZIMA BAHODIRJON QIZINING

Oltinchi tavsiya- adolatli bo‘ling. Jarayon davomida o‘quvchilardan bildiriladigan fikrlarning eng maqbulini tanlashda va ularga shaxsan murojaatlarni amalga oshirishda neytral xolatda turing.
Yettinchi tavsiya - kerakli tayanch savollarni bering va o‘quvchilarni faollikka undang. Shunday ishtirokchilar bo‘ladiki, ular sun’iy ravishda siz bilan muloqotga kirishmaslikka harakat qiladi. Shunday vaziyatlarda yo‘naltiruvchi savollar berib jarayonni mo‘’tadill do‘stona muxitga aylantiring.
Sakkizinchi tavsiya-mavzudan chetga chiqmang. Shunday vaziyatlar bo‘ladiki, ular lirik chekinishlarni talab etadi. Ushbu chekinishlar ham maqsadli sodir etilishiga extiyoj tug‘iladi, lekin unda ko‘zlangan maqsad mavzuga xos bo‘lishi lozim.
To‘qqizinchi tavsiya- murosali bo‘ling va aniq shatrnomalar haqida unutmang. Chunki Siz sinf o‘quvchilari bilan qaysi qoidalarga rioya qilish lozimligi bo‘yicha kelishuv tuzgan bo‘lasizlar. Siz ham va albatta ishtirokchi ham undan chetga chiqmasin.
O‘ninchi tavsiya- jarayonni ijobiy tusda va mazmunda yakunlang. Hammaga va o‘zingizga ham omadlar va ushbu jarayonda erishilgan yutuqlarni boshqalarga ham tilagan xolda mashg‘ulotlarni tugating.
Korreksion-pedagogik ta’lim ishtirokchilari (o‘qituvchi va alohida yordamga muxtoj bolalar, ota-onalar, tarbiyachilar ...)ni innovatsion faoliyatga tayyorlash va uni samarali tashkil etish, natijalarni kafolatlashda jarayon ishtirokchilarining qiziqishi va maqsadining umumiy bo‘lishi asosiy shartlardandir.
Har qanday ishni boshlashdan oldin inson ko‘z o‘ngida faraz nomoyon bo‘ladi, u shu farazga yetish uchun oldiga vazifalarni qo‘yadi. So‘ngra vazifalarni qanday reja va qaysi vositalar orqali amalga oshirish mumkinligi ustida fikr yuritadi. Ushbu jarayonning borish tartibi pedagogik jarayon uchun ham xosdir. Ya’ni har qanday o‘qitish jarayoni aniq maqsadni ko‘zlaydi. Maqsad aniq va real bo‘lsa, natijalar ham shunchalik erishimli va qo‘lga kiritilishi lozim bo‘ladi. Bundan tashqari korreksion-pedagogik jarayonning amalga oshirilishi unda qo‘llaniladigan usul va vositalarning maqsadga muvofiqligiga ham bog‘liqdir.

Download 196 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling