Somerset Moemning “Inson muteligi “ (“Of Human Bondage”) romanida muallif va qahramon timsolida biografik xususiyatlar uyg’unligi


Download 1.97 Mb.
Sana21.01.2023
Hajmi1.97 Mb.
#1107944
Bog'liq
Pul va banklar fanidan

Fan:Pul va banklar

Naqd pulsiz hisob kitoblar va uning turlari.

Pulning zarurligi va mohiyati

  • Iqtisodiy katigoriyaga amal qiluvchi har bir mamlakat rivojlanishining asosiy vositalaridan biri pul bo’lib, bozor iqtisodiyotiga o’tish va unda ish yuritishda uning o’rni va ahamiyati yanada oshib boradi.
  • Darhaqiqat, pul-»bozor tili»deb bejiz aytilmagan. Har bir iqtisodiy axborot, tovarlar va xizmatlar bahosi, to’lovlar, daromadu xarajatlar, moliyaviy talablar va majburiyatlar, iqtisodiy aloqalar makro va mikro darajalarda faqat pulda ifoda qilinadi.

Pul aylanishining tarkibiy qismlari sxеmasi

Qaysi biri qulay: naqd pul yoki naqdsiz shakildagi pul?

  • Naqd pul – aholi tomonidan ishlatiladigan va jismoniy ekvivalentda ifodalangan davlatning valyutasidir.
  • Naqdsiz shakldagi pul – bu moliyaviy amaliyotlarni amalga oshirish uchun tadbirkorlik subyektlarining bank hisob-varaqlarida va jismoniy shaxslarning bank kartalarida saqlanadigan mablag’dir.

Naqd pulsiz to’lovlar nima?

  • Naqd pulsiz to’lovlar – bank kartalar, to’lov talabnomalari, hozirda esa, mobil hamyonlar va elektron pullardan foydalangan holda naqd pulsiz ko’rinishda amalga oshiriladigan to’lovlardir.

Naqd pulning qulayligi va salbiy tarafi.

  • Qulayligi - naqd pul shaklidagi to’lovlarni amalga oshirish juda oson – cho’ntagingizda yetarli mablag’lar hamda kerakli valyuta bo’lsa bas. Uning eng katta afzalligi – xoxlagan joyingizda to’lovni komission to’lovlarsiz amalga oshirish imkoniyati mavjud.
  • Uning salbiy tarafi shundan iboratki, naqd pulingiz o’g’irlanishi yoki yo’qolishi ehtimoli kattadir, bu bilan Siz hamyonizdagi barcha pulingizdan ajraliq qolishingiz mumkin.Undan tashqari, naqd pul gigiyena talablariga ham javob bermaydi.

Bank kartasi orqali to’lovlarni amalga oshirishning afzalliklari.

  • pul va qaytimlarni hisob-kitob qilishga hojat yo’q;
  • agar bank kartasi yo’qolsa pul hisobvaraqda qoladi. Agar darhol kartani blokirovka qilsangiz, keyin uni qayta tiklab, mablag’laringizni ishlatishni davom ettirishingiz mumkin;
  • barcha amaliyotlaringizni nazorat qilishingiz mumkin;
  • kommunal to’lovlarni masofaviy shakilda to’lashingiz mumkin ( mobil ilovalar yordamida);
  • onlayn xaridlarni amalga oshirishingiz mumkin;
  • mablag’larni kartadan kartaga o’tkazishingiz mumkin;
  • kreditlarni mobil ilova orqali masofadan so’ndirish;
  • valyutani joyida konvertatsiya qilish imkoniyati;
  • mobil ilova orqali kontaktsiz to’lovlar.

Naqd pulsiz pul aylanishi yalpi ijtimoiy mahsulotni ishlab chiqarish jarayonida sodir bo’ladigan munosabatlarini o’zida aks ettirishiga ko’ra ikki qismga bo’linadi

  • Birinchisi – Tovar operatsiyalari bo’yicha pul aylanishi.
  • Ikkinchisi – Moliyaviy majburiyatlar bo’yicha pul aylanishi.
  • Birinchi guruhga tovarlarni sotish,xizmatlar ko’rsatish va kapital qurilish jarayonidagi hisob-kitoblarni aks ettiruvchi pul aylanishi kiradi.

    Ikkinchi, moliyaviy majburiyatlar, guruhiga esa byudjetga to’lovlar, ya’ni foydadan to’lanadigan soliq, qo’shilgan qiymat solig’i va boshqa majburiy to’lovlar hamda byudjetdan tashqari fondlar,bank ssudalarini qaytarilishi,sug’urta kompaniyalari bilan hisob-kitoblar kiradi.

Hozirgi kunda O’zbekiston Respublikasi hududida naqd pulsiz hisob-kitoblar “O’zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish to’g’risida” 2002 yil 12 yanvarda O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tasdiqlangan Nizom asosida olib boriladi. “O’zbekiston Respublikasida naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirish to’g’risida”gi Nizom Fuqarolik kodeksi, “Markaziy bank to’g’risida”gi, “Banklar va bank faoliyati to’g’risida”gi, “O’zbekiston Respublikasi korxonalari to’g’risida”gi Qonunlari va Markaziy bankning O’zbekiston hududida naqd pulsiz hisob-kitoblarni tartibga soluvchi boshqa me’yoriy hujjatlarga muvofiq ishlab chiqilgan.


Nizomga asosan naqd pulsiz hisob-kitoblar qonunda ko’zda tutilgan va O’zb.Res.si Markaziy banki tomonidan qabul qilingan quyidagi shakillar orqali amalga oshiriladi:
To’lov topshiriqnomalari;

To’lov talabnomalari;

Akkredivlar;
Inkasso topshiriqnomalari;
Tijorat banklarining hisob-kitob cheklari;
Plastik kartochkalar bo’yicha hisob-kitoblar;

To’lovchi va mablag’ oluvchi orasidagi hisob-kitoblar shakli shartnoma asosida belgilanadi.

Hisob-kitob shakillari deganda,xuquqiy me’yorlarda ko’zda tutilgan, hisob kitob hujjatining turi,hujjatlar aylanish tartibi, mablag’larni mol sotuvchi korxona hisobvarag’iga o’tkazish va yozish usuli bilan bir-biridan farq qiluvchi hisob-kitob turlari tushuniladi.


Download 1.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling