Son so‘z turkumini o‘rganish darslari
Download 101 Kb.
|
Son so‘z turkumini o‘rganish darslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Miqdor sonlar
Dars ishlanmasi
Mavzu: Son- so‘z turkumi. Darsning maqsadi: Shaxs narsalarning sanog‘ini bildirgan so‘zlarni gap tarkibidan ajratish, ularga so‘roq berishga o‘rgatish, sonlarni o‘zi bog‘lanib kelgan so‘zlar bilan yozish malakasini rivojlantirish, o‘quvchilarda do’stlik -o‘rtoqlik, mehnat, mehnatsevarlik hissini tarbiyalash. Darsning turi: bilimlarni hisobga oluvchi, yangi bilim beruvchi. Darsning jihozi: turli narsalarni tasvirlovchi rasmlar. Darsning borishi. Darsga qadar doskaga yozib qo‘yilgan quydagi matn o‘qitiladi. Sinfimizda o‘ttizta o‘quvchi bor. Ular o‘n besh qiz, o‘g‘il boladan iborat. Men uchinchi partada, Husan to‘rtinchi partada o‘tiramiz.Sinfimizdagi yigirma o‘quvhi besh bahoga, o‘n o‘quvchi to‘rt bahoga o‘qiydi.Ularning hammasi bir- birini hurmat qiladi. -Sizning sinfingizda nechta o‘quvchi bor? -Siz bir-biringiz bilan qanday munosabatdasiz? -O‘qishda, ishda o‘rtog‘ingizda qanday yordam berasiz? Yuqoridagi gaplarni o‘qib savollar yordamida sonlar aniqlanadi va xulosalanadi. Darslik bilan ishlash 261-mashqni bajarish orqali son haqidagi bilimlar mustahkamlanadi. Mashqda berilgan gaplar o‘qitilib, har qaysi gapdagi shaxs va narsaning sanog‘ini bildirgan so‘zlar aniqlanadi. Ular bilan bog‘langan so‘zlar birgalikda aytiladi. 3.Mustaqil ish. Mustaqil ish uchun topshiriq. Matn doskaga yoziladi O‘quvchilar narsalarning sonini bildirgan so‘larninig tagiga to‘lqinli chiziq -chiziq chiziladi. 4.Husnixat mashqlari. O‘quvchilar matnni doskadan husnixat qoidalariga rioya qilgan holda ko‘chirib yozadilar. Savollar yordamida matn mazmuni ochiladi. 5.Darsni yakunlash. 6.Uyga vazifa 262-mashq. 7.Darsda faol qatnashgan o‘quvchilar rag‘batlantiriladi va reyting ballari e’lon qilinadi. 4-sinfda sanoq va tartib sonlarning harf, rim va arab raqamlari bilan yozilishi qo‘sh undoshli sonlarning, grammatik shakllangan sonlarning (ikkov, o‘ntacha, beshtadan) imlosi sonlarning gramm, kloggramm, metr, letr, so‘m, tiyin so‘zlari bilan qo‘llanishi va shu so‘z bilan bitta so‘roqqa javob bo‘lishi o‘rganiladi. O‘quvchilarning sonlarning otga bog‘lanishi, so‘roqlar yordamida sonni o‘zi bog‘langan so‘z bilan ko‘chirish ko‘nikmalari o‘stiriladi. O‘qituvchi yordamida talabalar bilan dars ishlanmalari tuziladi. 4-sinf ona tili darsligidagi mashqlar ustida ishlanadi. Mustaqil ma’noli tobe so‘zlar bo‘lib, predmetning miqdor va tartib belgisini bildirgan so‘zlar son so‘z turkumi bo‘lishi, sonlarning otga bog‘lanishi, raqam bilan yozilishi, miqdor tushunchasi mavhum bo‘lganligi uchun uni ifodalovchi so‘z ham mavhum xususiyatga ega bo‘lishi, shu xususiyati bilan boshqa so‘z turkumlaridan farq qilishi. Sonlarning o‘ziga xos xususiyatlari: a) son boshqa so‘z turkumidan yasalmaydi, son yasovchi affiks ham yo‘q. b) sonning ma’no turlari va modal shakllari o‘ziga xos affikslar qo‘shish bilan yasaladi. v) son o‘ziga turlovchi affikslarni olmasligi, o‘zi otning sifatlovchisi bo‘lib kelishi. g) son miqdor tushunchasini nomini anglatganda va otlashganda kelishik, egalik affikslarini qabul qilish, ot bajargan vazifani bajarishi. d) sonning numerativ bilan qo‘llanishi. Sonlar tuzilish jihatidan: sodda va qo‘shma sonlarga, juft va takroriy sonlarga bo‘linishi. Son gapda sifatlovchi bo‘lib kelishi. otlashganda va mavhum son tushunchasini, ifodalaganda to‘ldiruvchi, kesim, qaratuvchi, ega bo‘lishi. Miqdor sonlar narsa miqdorini sanash yo‘li bilan aniqlashi, miqdor sonlar o‘zi ko‘plik ma’nosini bildirgani uchun ko‘plik affiksini qabul qilmasligi, miqdor sonlar: a) sanoq, b) jamlovchi, v) chama, g) taqsim va kasr sonlarga bo‘linishi, har birining o‘ziga xos xususiyatlari, shakl yasovchilari. Download 101 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling