Son tushunchasining rivojlanishi Sonlar tabiatni miqdor jihatdan boshqaradi deb aytish mumkin. J. Maksvell


Download 0.56 Mb.
bet2/4
Sana05.05.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1427914
1   2   3   4
Bog'liq
son tushunchasining rivojlanishi

D ye k a r t (1596-1650) ning «Geometriya» (1637) asari paydo bo’lishi ixtiyoriy
k
esmalarni o’lchash bilan, rasional son tushunchasini kengaytirish orasida bog’liqlikni tushunishni osonlashtirdi. Son o’qida irrasional sonlar ham rasional sonlar kabi nuqtalar bilan tasvirlandi. Bu geometrik tasvirlash irrasional sonlar xususiyatini tushunishga, va ularni tan olishga imkoniyat yaratdi.
XVI-XVII asrlarga kelib Yeropada son tushunchasini haqiqiy son tushunchasigacha kengaytirish uchun harakatlar boshlandi.
Uzluksiz miqdor va son tushunchasi orasidagi uzilishni tugatish uchun Dekart hap qanday miqdorni to’g’ri chiziq kesmasi bilan ifodaladi. Kesma bilan birgalikda sonlar ustidagi har bir amalga kesmalar ustida geometrik amalini (yasashni) mos qo’yadi. Masalan, a, b kesmalar ko’paytmasini a, b, 1 ga to’rtinchi proporsionalni yasash bilan topadi. Ildiz chiqarishga proporsiyadan aniqlanuvchi x kesmani yasash mos keltiriladi. Har bir haqiqiy sonni kesma sifatida qarab, kesmalarni hisoblash birligini kiritib hamda manfiy sonlarni ko’rgazmali tavsiflab, Dekart - son tushunchasi va geometrik miqdor orasidagi uzilishni to’ldirdi va son tushunchasini umumlashtirishga va unga yangi ta’rif berishga imkoniyat yaratdi.
S
onning yangi ta’rifi ingliz olimi I s a a k N yu t o n(1643-1727)
tomonidan «Umumiy arifmetika» (1707) asarida bayon etildi, Bu haqiqiy son ta’rifi uzluksiz miqdorlarni kesmalar ustida dekart hisobi orqali emas, balki bevosita arifmetik hisoblashlar yordamida o’rganishga imkon berdi. Bu esa limitlarning yaratilishi, irrasional sonlarni rasional sonlar ketma-ketliklarining limitlari sifatida tushunishga yo’l ochdi.
Isaak Nyuton – buyuk ingliz fizigi, barcha fanlarga katta hissa qo’shgan olim. U butun olam tortish qonunini kashf etdi, mexanika asoslarni bayon etdi(Nyuton qonunlari) integral va differensial hisobni yaratdi. Funksiyalar interpolyasiyasi bilan shug’ullandi (Nyuton metodi). Optikada ham o’z izini qoldirdi –yorug’likning to’lqin uzunligiga bog’liq ravishda sinishni ochdi ( Nyuton xalqalari), birinchi marta akslantiruvchi telekskopni yaratdi. Isaak Nyuton haqidagi maqolada Albert Eynshteyn shunday degan edi:"...Nyuton matematik tafakkur yordamida mantiqiy ravishda miqdoran va tajriba bilan hodisalar keng sohasini keltirib chiqarish mumkin bo’lgan ochiq bayon qilingan asosni topishga muvaffaq bo’lgan birinchi shaxsdir".

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling