Son tushunchasining rivojlanishi Sonlar tabiatni miqdor jihatdan boshqaradi deb aytish mumkin. J. Maksvell


Download 0.56 Mb.
bet3/4
Sana05.05.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1427914
1   2   3   4
Bog'liq
son tushunchasining rivojlanishi

Isaak Nyuton Linkolnshirdagi Vulstorp qishlog’ida 1643 yilda fermerlvar oilasida tug’illgan. 12 yoshida Nyuton Grantemdagi jamoat maktabiga bordi. 1665 yilda Kembrijda Isaak Nyuton mohir san’atlar( so’z fanlari) bakalavri darajasini oldi. Isaak Nyuton fandagi buyuk yutuqlarini quyosh yorug’ligini tadqiq etish bilan boshlagan, u prizma yordamida uni tashkil etuvchi turli ranglarga ajratishga erishdi. 1666 yilda Kembrijda epidemiya boshlandi, Isaak Nyuton Vulstorpga ko’chib o’tdi, u yerda u falsafiy izlanishlar bilan shug’ullandi. Mana shu yerda u butun olam tortishish qonunini kashf etdi ( afsonaga ko’ra bu g’oya uning boshiga olma tushganda kelgan, hozir bu olma daraxtidan xotira o’rindig’i qilingan). 1669 yilda Isaak Nyuton matematika professori bo’ldi. Taxminan shu paytda Nyuton integral va differensial hisobni yaratdi (nemis matematigi Leybnis bilan bir vaqtning o’zida). Isaak Nyutonninng muhim kashfiyotlarida biri sifatida u qo’ldan yasagan asklantiruvchi teleskop hisoblanadi. Bu teleskope haqida London qirollik jamiyati bilib qolib, 1670 yil oxirida Nyutonni uning a’zoliga sayladilar.. Isaak Nyuton jism tortuvchi kuch ta’sirida (masalan, tortish kuchi ta’sirida) konik kesim (ellips, giperbola, parabola, to’g’ri chiziq yoki doira) egri chiziqni yasashligi haqidagi teoremani isbotladi. Bunda Nyuton tortishish markazi egri chiziq konik kesimi bilan hosil qilinadigan fokusda yotishini ko’rsatdi. Nyuton har bir sayyoraning markazi fokuslaridan birida Quyoщ yotuvchi ellipsni yasashi haqidagi Kepler qonunini isbotladi. Nyutonning hisoblashlari Yerga jismni tushishga majbur etuvchi kuch Oy harakatini boshqaradigan kuchga teng ekanligini ko’rsatdi, bu bilan u o’z farazlarini to’liq tasdiqladi. 1683 yil oxirida Isaak Nyuton Qirollik jamiyatiga taqdim etgan "Natural falsafaning matematik asoslari» ishida o’z xulosalarini keltirib, o’z sistemasini bvyon etdi. O’z nazariyalariga asoslanib Isaak Nyuton sayyoralarning massasi va zichligini aniqlaydi, u Yer - ellipsoid (qutblarida birlashtirilgan va ekvatorda kengay-tirilgan shar) ekanligini isbotladi, to’lqin qaytish (qochishlari) bilan Quyosh-Oy orasidagi bog’lanishini aniqladi. 1695 yilda Isaak Nyuton Angliyada pul aylanishini yaxshilash bilan щug’ullandi, pul ishlari bosh direktori lavozimida ishladi. 1701 yilda Isaak Nyutonni parlament a’zosi qilib saylashdi. 1703 yilda Nyuton ingliz Qirollik jamiyati prezidenti bo’ldi. 1705 yilda Angliya qiroli Nyutonni risarlik mansabiga ko’tardi. Isaak Nyuton 1727 yil 20 martida vabo epidemiyasi payttida vafot etdi, uning dafn etish kuni milliy motam kuni deb e’lon qilindi.

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling