Son va sanoq
Mavzu: 4 soni bilan tanishtirish va 4 soni ichida predmetlarni sanashni o’rgatish
Maqsad:
4 soni bilan tanishish va 4 soni ichida predmetlarni sanashni o’rgatish.
Nutqda «bitta», «ikkita», «uchta», «turtta», «bir», «ikki», «uch», «to’rt» so’zlarini ishlatishni mashq qildirish.
Kutilayotgan natija:
Bolalar 4 soni ichida sanashni o’rganadilar.
Kerakli jihozlar:
Turli o’yinchoqlar (3 ta va 4 tadan).
4 soni katta qilib yozilgan kartochka.
10-rasm (har bir bolaga).
Kichik guruhlarga bo’linish uchun 1, 2, 3, 4 sonlari.
Savatcha va o’yinchoqlar to’plami.
Faoliyatga tayyorgarlik:
Tarbiyachi Faoliyat oldidan stollarga har xil o’yinchoqlarni 3 tadan qo’yib chiqadi.
Faoliyatning borishi:
Tarbiyachi: Bolajonlar, stolim ustidagi o’yinchoqlarga e’tibor bering, o’yinchoqlar nechta? Keling, birgalikda sanaymiz. 1, 2, 3. Demak, o’yinchoqlar 3 ta ekan. Agar biz 3 ta o’yinchoqqa yana bitta o’yinchoqni qo’shsak, o’yinchoqlar 4 ta bo’ladi. Keling, endi sizning stolingiz ustida turgan o’yinchoqlarni sanaymiz. Bir, ikki, uch-o’yinchoqlar 3 ta ekan. Agar biz o’nga yana bitta o’yinchoq qo’shsak, o’yinchoqlar nechta bo’ladi? Stolingizdagi 3 ta o’yinchoqqa yana 1 ta o’yinchoq qo’shing. Endi birgalikda sanaymiz: 1, 2, 3, 4. Hammamiz birgalikda aytamiz, «o’yinchoqlar 4 ta bo’ldi». 4 ta o’yinchoqdan bittasini olib qo’ysak, o’yinchoqlar nechta qoladi? Sanab ko’ramiz: 1, 2, 3. To’g’ri, 3 ta qoladi. 3 ta o’yinchoqqa 1 ta o’yinchoq qo’shsak, hammasi nechta bo’ladi? To’g’ri, 4 ta bo’ladi.
Mana bu son, bolajonlar-4.
T
4
arbiyachi 4 soni katta qilib yozilgan kartochkani bolalarga yaxshi ko’rinadigan joyga ilib qo’yadi.
Tarbiyachi: Bolajonlar, 1 sonidan keyin 2 soni keladi, 2 sonidan keyin 3 soni keladi, 3 sonidan keyin 4 soni keladi. Demak, 1-2 dan oldingi son, 2-3 dan oldingi son, 3-4 dan oldingi son. 1 dan keyin 2, 2dan keyin 3, 3 dan keyin 4 soni. Sanashda hamma vaqt shunday tartibga amal qilinadi va bu 1 dan 4 gacha to’g’ri sanash deyiladi. Bolajonlar 3 sonidan oldingi va keyingi sonlarni ayting.
Do'stlaringiz bilan baham: |