Soʻnggi davr adabiy tanqidchiligida Choʻlpon asarlari tahliliga turlicha yondashilayotgani diqqatga sazovordir. Ayniqsa, biografik yondashuv asosida amalga oshirilayotgan tahlillar samarali kechmoqda
Download 25.94 Kb.
|
sherlarning ijroviy amaliy qalqini
Donalarim marjoncha,
Bir boshim – naq bir jomcha. Quritsangiz mayizman, Dasturxonga fayzman. Kuzda yeb-yeb toʻyishar, Qishga osib qoʻyishar. Boqar shod yosh-qarilar, Maqtar hatto arilar. Bunday sheʼrni oʻqigan bolalargina emas, barcha yoshdagi sheʼrxonlar qalbida rohat tuyadi. Anvar Obidjonning bolalarga bagʻishlangan sheʼrlarining asosiy xususiyati xuddi ana shunda – ular barcha yoshdagi kitobxonlar diliga emin-erkin kirib bora oladi, ularni ham bolaligiga, ham hayot zavqiga oshno qiladi. Bugun mustaqil Oʻzbekistonimizning bunyodkor yosh avlodi yetishuvida Anvar Obidjon asarlarining oʻrni katta, deb oʻylayman. Shu oʻrinda men Anvarjonning bundan qirq yil avval yozilgan “Ajoyibxona qoploni” nomli qoplon tilidan aytilgan bir sheʼrini keltirmoqchiman: Bobom tutqun oʻtmagan, Tugʻilganman men ozod. Sendan yiroq yursam ham, Tinch qoʻymading, odamzod. Meni zoʻrlab qafasga Sola olding sen faqat. Biroq ruhan oʻlmadim, Soʻramadim hech shafqat. Gʻururimga sodiqman, Orzumandman erkimga. Toʻqlik vaʼda qilsang ham, Tuflagayman sirkingga. Dunyoda koʻp yuvosh It, Nasab-nasli past Ayiq. Oʻshalarni oʻynatsin Ermaktalab xaloyiq. Men zotimni faxr-la Eslarman har nafasda… Zoʻrdirmanki, xavfsirab – Saqlashyapti qafasda. Shoirning “qoplon”i bugun ozod va erkin, dunyo nazarida… Demoqchimanki, Anvarjonning bolalarga bagʻishlab yozilgan beozorgina va benihoya goʻzal, hazil-mutoyibalarga boy sheʼrlari qatorida tagzaminida juda chuqur ijtimoiy maʼno va maqsadlar tovlanib turuvchi bunday asarlari oʻz davridagi sheʼriyatimizni bezab turishi bilan bir qatorda muallifning ijodiy jasorati sifatida ham qimmatlidir. Anvar Obidjon nafaqat bolalar, kattalar adabatiyoti rivojiga ham munosib hissa qoʻshib kelmoqda. Kattalarga yozgan asarlari orasida, ayniqsa, “Turmush kechinmalari” rukni ostida eʼlon qilingan, avtobiografik ruh chuqur oʻrin egallagan, yosh ijodkorning shakllanish jarayonlari oʻz aksini topgan, Oybekning “Bolalik”, Gʻafur Gʻulomning “Shum bola”, Abdulla Qahhorning “Oʻtmishdan ertaklar” asarlari tipidagi, lekin ulardan oʻziga xoslik hamda badiiy talqin tomondan keskin ajralib turadigan “Ajinasi bor yoʻllar” nomli nasriy kitobi; hamda “Toshkentda toʻlgan daftarlardan” deb ataluvchi umumiy nom ostida berilgan saralanma nazmiy jamlanmasi Anvar Obidjon timsolida bugungi oʻzbek adabiyotining yangi, goʻzal va yorqin iqlimlarini namoyon qiladi. Ayniqsa, “Ajinasi bor yoʻllar”da turmushimizda oʻz vaqtida hukm surgan ijtimoiy adolatsizliklar bejalmay koʻrsatilgani, har bir jabhadagi aldam-qaldamlar, nopokliklar, ularning milliyat va ruhiyat puchmoqlarida qoldirgan izlarining, bir jihatdan nihoyatda oddiy va sodda, ikkinchi bir jihatdan betaraflik hamda kuyunchaklik bilan aks ettirilgani bu asar adabiyotimizning yangi namunalari qatoridan oʻrin olishiga asos boʻlganini taʼkidlash joiz. Adibning bolalarga atalgan “Ona Yer” nomli dastlabki (1974) toʻplamidan tortib, hozirgacha eʼlon qilgan oʻnlab kitoblari ichida kattalar uchun deymizmi, barcha kitobxonlar uchun deymizmi, keng ommaga bagʻishlab yozgan sheʼrlari bisyor. Ular qatorida, markaziy qahramoni Gulmatdan iborat yoxud “Oltiariq hangomalari” umumiy nomi ostida jamlangan – Erkin Vohidovning “Matmusa va Donishqishloq hangomalari”ga ruhiy jihatdan yaqin, biroq badiiy talqin va uslub jihatidan tamoman oʻziga xos hajviy asarlari bor. Bularga ilgari qator maqolalar bagʻishlanganini nazarda tutib, keng taʼriflab oʻtirmasdan, eʼtiborni bir jihatga qaratmoqchiman. Hajviy yoʻnalishda ustoz va shogird oʻrtasida oʻzaro ijodiy taʼsir shu qadar kuchliki, bu yaqinlik ayrim mavzu, obraz va ijodiy prinsiplarda ham yaqqol koʻzga tashlanadi. Matmusaga bagʻishlangan qator sheʼrlar zamirida hajv, kulgidan tashqari, ularning bahonasida chuqur koʻchma ijtimoiy poetik maqsad va maʼnolarni yashirish uslubi Gulmat obrazi talqiniga ham xosdir. Gulmat hangomalaridan tashqari, Erkin Vohidovning “Arslon oʻrgatuvchi”si va Anvar Obidjonning yuqorida tilga olingan “Ajoyibxona qoploni” degan shu tipdagi sheʼri ham ustoz-shogird ijodiy yaqinligiga yana bir dalildir. Anvar Obidjon sheʼrlaridagi badiiy goʻzallik haqida gap ketar ekan, uning asarlarida shu xususiyatni keltirib chiqaradigan garmoniyani alohida taʼkidlash oʻrinli boʻladi. Bu garmoniya asoslarini Anvar Obidjon sheʼrlarida talqin etilayotgan ruhiy-hayotiy muammo ifodasiga eng aniq, tiniq, qisqa, ixcham, sunʼiylikdan holi bayon, haqqoniylik va hayotiy obrazlilik tashkil etadi. Ular oʻzining samimiyligi, ifoda yoʻsini va ruhiyatdagi xalqonaligi, ayniqsa, milliyligi, hatto, maʼlum maʼnoda vodiyonaligi hamda barchasi juda soddaligi bilan ajralib turadi. Vatan haqida ne-ne sheʼrlar bitilgan. Lekin Anvar Obidjon Vatanning qisqa, moʻjazgina, yangi talqinini topa oladi. Download 25.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling