So‘nggi qo‘ng‘iroq
Download 24.56 Kb.
|
So‘nggi qo‘ng‘iroq bayram tadbiri Ssenariy
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-boshlovchi
- 2-boshlovchi
2-boshlovchi: Hurmatli ustozlar, aziz mehmonlar va qadrli o‘quvchilar!
Tabriklash uchun so‘z navbatini maktabimiz direktori ________________ga beramiz. (maktab direktori) tadbir ishtirokchilarini tabriklash jarayonida yurtimizda so‘nggi yillarda erishilgan yutuqlar, amalga oshirilgan keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari, ta’lim tizimidagi islohotlar to‘g‘risida aniq raqamlar va dalillar keltirilgan holda ma’lumot beradi). 1-boshlovchi: Bitiruvchi o‘quvchilarimizni tabriklash uchun navbatni ko‘rgazmali sport mashqlarini bajarish uchun maktabimiz sportchilariga beramiz. Marhamat: 1-boshlovchi: Aytish kerakki, turli ziddiyatlar kuchayib borayotgan bugungi dunyo manzaralarida yoshlarimizning ma’naviy immunitetini kuchaytirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish har qachongidan ham muhim ekanligini zamonning o‘zi ko‘rsatib turibdi. 2-boshlovchi: Shu bois Prezidentimiz tomonidan ijtimoiy, ma’naviyma’rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbus ilgari surgan edi. Ushbu muhim 5 ta tashabbus yoshlarimiz ta’lim va tarbiyasida katta ahamiyat kasb etadi. 1-boshlovchi: Bu borada o‘quvchilarimizning yozgi ta’til davrini mazmunli o‘tkazish maqsadida maktabimizda va mahallalarda bir qancha ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda. 2-boshlovchi: Bugun ushbu ham quvonchli, ham hayajonli tadbirni biz bilan baham ko‘rib, shodligimiz va hursandchiligimizga sherik bo‘lgani bir qator mehmonlar tashrif buyurishgan. So‘z navbatini ularga bersak. (tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi xodimi, MFY xodimi va xk. Ular bitiruvchi o‘quvchilarni tabriklab, hududda 5 ta tashabbus bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘z yuritadi) 2-boshlovchi: Aziz bitiruvchilar! Bugungi samimiy tilaklar, go‘zal raqslar, dilrabo kuy va qo‘shiqlar barchasi sizlarga atalgan. Shunday ekan, jajji kichkintoy singillarimizning tabrigini qabul qiling. (boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining chiqishlari) 1-boshlovchi: Bugun shodlik bayrami, do‘stlar! G‘am to‘lmasin dillarga biroq, Kuzatgani sizlarni xandon, Jaranglaydi so‘nggi qo‘ng‘iroq. Download 24.56 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling