1. Dinamika qatorlari turlari.
2. Dinamika qatorlarini tahlil qilish ko’rsatkichlari.
3. Dinamika qatorlarida o’rtachalarni hisoblashning o’ziga xos xususiyatlari.
4. Dinamika qatorlarida trend tenglamasini tuzish.
5. Dinamika qatorlarida mavsumiy tebranishlarni statistik o’rganish.
6. Dinamika qatorlarida avtokorrelyatsiyani statistik o’rganish.
Dinamika qatorlarini turlari
Momentli dinamika qatori - bu ma’lum oraliqli momentlarga hisoblangan ko’rsat-kichlar qatoridir.
Ma’lum oraliqli momentlarga nisbatan hisoblangan hodisa miqdorlaridan tuzilgan qator momentli dinamika qatori deb ataladi. Agar bir momentdan ikkinchisigacha bo’lgan vaqt oralig’ini qisqartirsak, u holda qator darajalari ham o’zgaradi.
Ma’lum vaqt oraliqlari davomida kechgan jarayonlar natijalari - oqimlarni ta’riflovchi ko’rsatkichlar qatori davriy dinamika qatorlari deb ataladi.
Dinamika qatorlarini momentli yoki davriy ko’rinishda tuzish ixtiyoriy ish bo’lmasdan, balki o’rganilayotgan hodisaning mohiyatiga, uning miqdorini aniqlash usuliga bog’liqdir.
Dinamika qatorlarini boshlang’ich mutlaq miqdorlar va hosilaviy ko’rsatkichlar asosida tuzish mumkin. Hosilaviy ko’rsatkich qatorlari deganda mutlaq miqdorlarni qayta ishlash natijasida olingan nisbiy va o’rtacha miqdorlar asosida tuzilgan qatorlar tushuniladi.
Dinamika qatorlarini tahlil qilish ko’rsatkichlari
Dinamika qatorlarini tahlil qilish jarayonida bir qator ko’rsatkichlar hisoblanadi:
mutlaq qo’shimcha o’sish (yoki kamayish);
o’sish (yoki kamayish) koeffitsiyenti yoki sur’ati;
qo’shimcha o’sish (yoki kamayish) koeffitsiyenti yoki sur’ati (foizda);
1% qo’shimcha o’sishning (yoki kamayishning) mutlaq qiymati.
YUqorida qayd qilingan ko’rsatkichlarini batafsil ko’rib chiqamiz.
1. Mutlaq qo’shimcha o’sish yoki kamayish - har qaysi keyingi davr darajasidan boshlang’ich yoki o’zidan oldingi davr darajasini ayirish yo’li bilan aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |