Sos o'zbekiston bolalar mahallalari faoliyati yuritish jarayoni mundarija
II. Faoliyatining asosiy maqsadi va yo'nalishlari7
Download 310.37 Kb.
|
SOS O\'ZBEKISTON BOLALAR MAHALLALARI FAOLIYATI YURITISH JARAYONI
II. Faoliyatining asosiy maqsadi va yo'nalishlari7
5. Quyidagilar Uyushma faoliyatining asosiy maqsadi va yo'nalishlari hisoblanadi: jamoat va davlat tuzilmalarining ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni jismoniy, intellektual va ma'naviy rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratishga, ularni ijtimoiy muhofaza qilish va huquqiy qo'llab-quvvatlashni ta'minlashga yo'naltirilgan sa'y-harakatlarini muvofiqlashtirish; (5-bandning ikkinchi xatboshisi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 31-dekabrdagi 351-sonli qarori tahririda — O'R QHT, 2011-y., 52-son, 565-modda) ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalashni hamda ularga yordam berishni ta'minlashga, ular uchun oilalardagi kabi hayot sharoitlari yaratishga yo'naltirilgan loyiha va dasturlarni amalga oshirishga moliyaviy yordam berish; (5-bandning uchinchi xatboshisi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 31-dekabrdagi 351-sonli qarori tahririda — O'R QHT, 2011-y., 52-son, 565-modda) barcha bolalarga, ayniqsa ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarga, shuningdek ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalayotgan onalarga yordam berish; (5-bandning to'rtinchi xatboshisi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 31-dekabrdagi 351-sonli qarori tahririda — O'R QHT, 2011-y., 52-son, 565-modda) O'zbekiston Respublikasida SOS — bolalar mahallalari hamda bolalar bog'chalari, maktablar, o'quv, sport va dam olish markazlari, klinikalar va shu kabi ular bilan uzviy bog'liq insonparvarlik SOS — loyihalarni qurishni hamda asbob-anjomlar bilan to'liq jihozlashni tashkil etish; "SOS — Kinderdorf Interneshnl” bilan hamkorlik qilish; SOS — bolalar mahallalari hamda SOS — loyihalar uchun tarbiyachi onalar va xodimlar tanlash va ular uchun pedagogik hamda boshqa zarur tayyorgarlikni tashkil etish; davlat, jamoat va xususiy tuzilmalarni Uyushma faoliyatiga faol jalb etish; Oldingi tahrirga qarang. ota-onalar qarovisiz qolgan bolalar uchun insonparvarlik dasturlarini, hamda German Gmaynerning pedagogik g'oyalarini, shuningdek ota-onalar qarovisiz qolish ehtimoli bo'lgan bolalar uchun oilani mustahkamlash dasturlarini ommalashtirish va qo'llab-quvvatlash uchun maqolalar, axborot materiallarini nashr qilish, ko'rgazmalar, seminarlar uyushtirish, ommaviy axborot vositalari bilan ishlarni tashkil etish. (5-bandning to'qqizinchi xatboshisi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 31-dekabrdagi 351-sonli qarori tahririda — O'R QHT, 2011-y., 52-son, 565-modda) Download 310.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling