Sos o'zbekiston bolalar mahallalari faoliyati yuritish jarayoni mundarija
Download 310.37 Kb.
|
SOS O\'ZBEKISTON BOLALAR MAHALLALARI FAOLIYATI YURITISH JARAYONI
- Bu sahifa navigatsiya:
- IV. Uyushmaning huquq va majburiyatlari
III. Yuridik maqomi
6. "SOS — O'zbekiston bolalar mahallalari” uyushmasi "SOS — Kinderdorf Interneshnl” xalqaro uyushmasi tarkibiga kiradi. 7. Uyushma bank muassasalarida o'zining hisob-kitob va valyuta schyotlarini ochish huquqiga ega bo'lgan yuridik shaxs hisoblanadi, o'z majburiyatlari bo'yicha o'zining mol-mulki bilan javob beradi, sudda va hakamlik sudida da'vogar yoki javobgar sifatida qatnashadi. Uyushma "SOS — Kinderdorf Interneshnl” ramzidan foydalangan holda o'z muhriga, firma blanklariga va boshqa rekvizitlarga ega bo'ladi. 8. Uyushma o'z faoliyatida O'zbekiston Respublikasining “Nodavlat notijorat tashkilotlar to'g'risida"gi, "O'zbekiston Respublikasidagi jamoat birlashmalari to'g'risida"gi qonunlariga, boshqa qonunchilik hujjatlariga, shuningdek ushbu Nizomga va o'z Ustaviga amal qiladi. (8-band O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) IV. Uyushmaning huquq va majburiyatlari (IV bo'limning nomi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 31-dekabrdagi 351-sonli qarori tahririda — O'R QHT, 2011-y., 52-son, 565-modda) 9. Uyushma quyidagi huquqlarga ega: ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni, shuningdek ota-onalar qarovisiz qolish ehtimoli bo'lgan bolalar uchun oilani mustahkamlash dasturlarini tarbiyalash, ijtimoiy muhofaza qilish va huquqiy qo'llab-quvvatlashni ta'minlash muammolariga oid respublika va xalqaro insonparvarlik dasturlari hamda loyihalarini ishlab chiqishda va amalga oshirishda qatnashish; (9-bandning ikkinchi xatboshisi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 31-dekabrdagi 351-sonli qarori tahririda — O'R QHT, 2011-y., 52-son, 565-modda) O'zbekiston Respublikasida SOS — bolalar mahallalari va boshqa SOS — obyektlarini tashkil etish hamda ularning hayot faoliyatini ta'minlash; O'zbekiston Respublikasining ijro etuvchi va qonun chiqaruvchi organlariga "SOS — Kinderdorf Interneshnl” maqsadi va vazifalaridan kelib chiqadigan takliflar kiritish. SOS — O'zbekiston bolalar mahallalari"ni tashkil etish, qurish, jihozlash va O'zbekiston Respublikasida ular bilan bog'liq loyihalarning faoliyat ko'rsatishi to'g'risida O'zbekiston Respublikasi Hukumati va "SOS — Kinderdorf Interneshnl” xalqaro jamiyati (Avstriya) o'rtasida 1997-yilda tuzilgan shartnomada nazarda tutilgan imtiyozlar va preferensiyalardan o'z faoliyati doirasida foydalanish. (9-band O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 31-dekabrdagi 351-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan to'ldirilgan — O'R QHT, 2011-y., 52-son, 565-modda) 10. Uyushma quyidagilarga majburdir: "SOS — Kinderdorf Interneshnl” yo'l-yo'riqlari va ko'rsatmalarini bajarish; o'z faoliyatini O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga va ushbu Nizomga va o'z Ustaviga muvofiq yuritish, (10-bandning uchinchi xatboshisi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 31-dekabrdagi 351-sonli qarori tahririda — O'R QHT, 2011-y., 52-son, 565-modda) Download 310.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling