SOS O'ZBEKISTON BOLALAR MAHALLALARI FAOLIYATI YURITISH JARAYONI
MUNDARIJA:
KIRISH……………………………………………………………………..
|
3
|
I BOB. SOS O'ZBEKISTON BOLALAR MAHALLALARI FAOLIYATI………………………………………………………………..
|
5
| 1.1. SOS Bolalar Mahallalari tarixi…………………………………………. |
5
|
1.2. SOS — O'zbekiston bolalar mahallalari” uyushmasi to'g'risidagi qaror..
|
11
|
II BOB. SOS O'ZBEKISTON BOLALAR MAHALLALARI FAOLIYATI YURITISH JARAYONI……………………………………
|
18
| 2.1. SOS bolalar mahallalari nomi va xizmatlarni tashkil etish tartibi ………….. |
18
|
2.2. O'zbekiston SOS bolalar mahallalarida psixologik xizmat ……………………….
|
23
|
Xulosa………………………………………………………………………..
|
28
|
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati………………………………………..
|
30
|
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Dunyo miqyosida kechayotgan global jarayonlar nafaqat iqtisodiy moliyaviy, balki ijtimoiy ma'naviy hamda axloqiy qadryatlarning parchalanishiga sabab bo'lmoqda. So'nggi yillarda oilaviy aloqalar tuzimida ham inqirozli o'zgarishlar ro'y bermoqda, chunki aksariyat ota-onalar bolalarini nafaqat ijtimoiy, balki fiziologik jihatdan ham ta'minlay olmaydilar. Shu bilan birga oilaviy aloqalarning barbod bo'lishi qarovsiz qolgan bolalar sonini oshishi sabablaridan biridir. Bu holatda jamiyat va davlat bu bolalarning rivojlanishi va tarbiyalanishi mas'uliyatini o'z bo'yniga oladi1.
Prezident 2021-yil 9 avgust kuni «Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni tarbiyalashning tubdan yangilangan tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qarorni imzolagan edi. Shunga ko‘ra, «Mehribonlik» uylari (16 ta, 1 541 nafar bola), Bolalar shaharchalari (4 ta, 236 nafar bola), oilaviy bolalar uylari (5 ta, 46 nafar bola) va Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimining Bolalar uylarini (13 ta, 506 nafar bola) Milliy gvardiyaga biriktiriladi. Bundan tashqari, huquqni muhofaza qiluvchi organ «SOS — O‘zbekiston bolalar mahallalari» uyushmasining bolalar mahallalari bilan hamkorlik o‘rnatadi. Ushbu chora-tadbirlar yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni tarbiyalashning tubdan yangilangan tizimini joriy etish, ularning barkamol avlod sifatida shakllanishi hamda ijtimoiy moslashuvini taminlash uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida qabul qilinmoqda2.
Ma'lumotlarga ko'ra, dunyo aholisi 7,6 milliarddan ortiq, ulardan 2,2 milliardi bolalardan iborat bo'lib, 2,7 million bola o'z oilasi bag'rida emas. Ular institutsional muassasalarda tarbiyalanmoqda. Ularning o'rtacha 10-20% chin yetimlar bo'lsa, mutloq ko'pchiligi 80-90% ijtimoiy yetim bolalardir. Mamlakatimiz hukumati yetim bolalar va ota-onasining qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirishga, shuningdek, otaona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalarni joylashtirishning oilaviy shaklini va boshqa muqobil shakllarini joriy qilish, ularning hamjamiyatga tezda ijtimoiy moslashishi uchun keng imkoniyatlar yaratgan. Shu qatorida alohida e'tiborga molik tashkilot "SOS Bolalar Mahallalari Uyushmasi” hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |