Sos o'zbekiston bolalar mahallalari faoliyati yuritish jarayoni mundarija


SOS — O'zbekiston bolalar mahallalari” uyushmasi to'g'risidagi qaror


Download 310.37 Kb.
bet4/12
Sana08.11.2023
Hajmi310.37 Kb.
#1755708
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
SOS O\'ZBEKISTON BOLALAR MAHALLALARI FAOLIYATI YURITISH JARAYONI

1.2. SOS — O'zbekiston bolalar mahallalari” uyushmasi to'g'risidagi qaror

Joriy yilning 18 avgust kuni O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va "SOS-O'zbekiston Bolalar mahallalari” uyushmasi o'rtasida hamkorlik aloqalarni mustahkamlash maqsadida memorandum imzolash marosimi bo'lib o'tdi.


Tadbirda Milliy gvardiya qo'mondoni o'rinbosari, polkovnik S.Mamayusupov, uyushma direktori G.Abidova hamda boshqa bir qator mas'ul xodimlar ishtirok etdi va tadbir avvalida qatnashchilarga Milliy gvardiya tizimida yaratilgan yangi boshqarma va unga bo'ysunuvchi bo'linma rahbarlari tanishtirib o'tildi.
Suhbat davomida tomonlar kelgusida hamkorlikdagi tizimli ishlarni amalga oshirish rejalari to'g'risida kelishib oldi6.
Mazkur memorandum Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarini oilaviy muhitda voyaga yetishlarini hamda bu borada joriy qilingan yangi tizim bo'yicha ishlarni jadallashtirishga qaratiladi.
I. Umumiy qoidalar
1. "SOS — O'zbekiston bolalar mahallalari” uyushmasi (keyingi o'rinlarda Uyushma deb ataladi) "SOS — O'zbekiston bolalar mahallalari"ni tashkil etish, qurish, jihozlash va O'zbekiston Respublikasida ular bilan bog'liq loyihalarning faoliyat ko'rsatishi to'g'risida O'zbekiston Respublikasi Hukumati va "SOS — Kinderdorf Interneshnl” xalqaro jamiyati (Avstriya) o'rtasida 1997-yilda tuzilgan shartnomaga muvofiq, ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni, shuningdek ota-onalar qarovisiz qolish ehtimoli bo'lgan bolalarni jismoniy, intellektual va ma'naviy kamol toptirish uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida "SOS — Kinderdorf Interneshnl” xalqaro jamiyati tomonidan ta'sis etiladi.
(1-band O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 31-dekabrdagi 351-sonli qarori tahririda — O'R QHT, 2011-y., 52-son, 565-modda)
2. Uyushmaning nomi:
o'zbek tilida: "SOS — O'zbekiston Bolalar mahallalari”;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 31-dekabrdagi 351-sonli qarori tahririda — O'R QHT, 2011-y., 52-son, 565-modda)
ingliz tilida: "SOS — Shildren's Villages of Uzbekistan";
(2-bandning uchinchi xatboshisi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 31-dekabrdagi 351-sonli qarori tahririda — O'R QHT, 2011-y., 52-son, 565-modda)
rus tilida: "SOS — Detskiye derevni Uzbekistana".
(2-bandning to'rtinchi xatboshisi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 31-dekabrdagi 351-sonli qarori tahririda — O'R QHT, 2011-y., 52-son, 565-modda)
3. O'zbek va ingliz tillari Uyushmaning rasmiy tillari hisoblanadi.
O'zbek, ingliz va rus tillari ish yuritish tillari hisoblanadi.
4. Uyushmaning joylashgan manzili:
Oldingi tahrirga qarang.
O'zbekiston Respublikasi, Toshkent shahri, Nukus ko'chasi, 79-uy.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 31-dekabrdagi 351-sonli qarori tahririda — O'R QHT, 2011-y., 52-son, 565-modda)

Download 310.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling