Sos o'zbekiston bolalar mahallalari faoliyati yuritish jarayoni mundarija


Download 310.37 Kb.
bet7/12
Sana08.11.2023
Hajmi310.37 Kb.
#1755708
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
SOS O\'ZBEKISTON BOLALAR MAHALLALARI FAOLIYATI YURITISH JARAYONI

V. Uyushmaning javobgarligi
11. Uyushma O'zbekistondagi SOS — Bolalar mahallalari va SOS — loyihalar egasi hisoblanadi hamda ularni tashkil etish, jihozlash va ularning faoliyati uchun to'liq moliyaviy va boshqacha turlarda javob beradi.
VI. Mol-mulki, mablag' bilan ta'minlash manbalari
12. Uyushma yuridik shaxs hisoblanadi hamda O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga va xalqaro huquq normalariga binoan o'z faoliyati maqsadlari va mol-mulkining mo'ljallanganligiga muvofiq ularga egalik qiladi, ulardan foydalanadi va ularni tasarruf etadi. Uyushmaning mulkiy huquqlari O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq himoya qilinadi.
(12-band O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
13. Uyushma mablag'lari quyidagilar hisobiga shakllanadi:
"SOS — Kinderdorf Interneshnl” uyushmasidan, "SOS — Kinderdorf Interneshnl” xalqaro jamiyati va bu tashkilotga kiruvchi jamiyatlar va ittifoqlardan tushumlar;
korxonalar, muassasalar va tashkilotlardan, shuningdek xorijiy sarmoya ishtirokidagi korxonalardan, xususiy shaxslardan beg'araz xayriya badallari, xayr-ehsonlar va tushumlardan;
merosdan, ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash mablag'laridan, istalgan turdagi jamoatchilik tushumlaridan, mahalliy va xalqaro xayr-ehsonlardan;
(13-bandning to'rtinchi xatboshisi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 31-dekabrdagi 351-sonli qarori tahririda — O'R QHT, 2011-y., 52-son, 565-modda)
muruvvat tadbirlarini va muruvvat yo'nalishidagi boshqa tadbirlarni o'tkazishdan olingan daromadlar;
qonunchilikka va mazkur Nizomga zid bo'lmagan boshqa daromadlardan.
(13-bandning oltinchi xatboshisi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)8
14. Boshqaruv qaroriga ko'ra Uyushmaning o'z mablag'laridan ham O'zbekistondagi, ham uning tashqarisidagi qarovchisiz qolgan bolalarga yordam berish uchun foydalanilishi mumkin. Boshqaruv har yili bu mablag'larning bir qismini "SOS — Kinderdorf Interneshnl” doirasidagi xorijiy muruvvat loyihalariga ajratish huquqiga ega, bunda mablag'lar xayr-ehson yig'ishda e'lon qilingan maqsadlar uchungina ajratilishi mumkin.

Download 310.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling