Sos o'zbekiston bolalar mahallalari faoliyati yuritish jarayoni mundarija


Uyushmaning to'rtta muhim tamoyili


Download 310.37 Kb.
bet3/12
Sana08.11.2023
Hajmi310.37 Kb.
#1755708
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
SOS O\'ZBEKISTON BOLALAR MAHALLALARI FAOLIYATI YURITISH JARAYONI

Uyushmaning to'rtta muhim tamoyili:

  1. Har bir bola g'amxo'r ota yoki onaga ega

  2. Oilaviy aloqalar ta'biy yo'l bilan rivojlanadi

  3. Har bir oila o'z uyini yaratadi

  4. OS-oila jamiyatning bir qismi hisoblanadi

Uyushmaning muhim vazifalari:

  1. Ota-onasining qaramog'isiz qolgan bolalarni hamda oilalari qiyin hayotiy sharoitlarga tushib qolgan bolalarni jismoniy, intellektual va ma'naviy rivojlantirish uchun qulay sharoitlarni yaratish, ularga ijtimoiy va huquqiy ko'makni ta'minlash.

  2. Ota-onasining qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalarni O'zbekistonning an'anaviy va milliy tamoyillarini hisobga olgan holda tarbiyalash.

  3. Ijtimoiy markazlarni tashkil etish hamda psihologik va huquqiy ko'mak ko'rsatish yo'li bilan qiyin hayotiy sharoitlarga tushib qolgan oilalarni qo'llab-quvvatlash.

  4. Uyushma faoliyatiga davlat, jamoat va hususiy tuzilmalarni faol jalb etish, bolalar vasiyligi masalalari bo'yicha jamoatchilikning habardorligini oshirish va ular bo'yicha o'zaro tajriba almashish.

«SOS Bolalar Mahallalari O'zbekiston» Uyushmasi "SOS Bolalar Mahallalari» Xalqaro tashkilotining a'zosi hisoblanadi. U o'z faoliyatini O'zbekiston Respublikasi Hukumati va "SOS Bolalar Mahallalari» Xalqaro tashkiloti o'rtasida tuzilgan shartnoma doirasida amalga oshiradi. Ayni paytda "SOS Bolalar Mahallalari"134 ta mamlakatdagi milliy Uyushmalarni moliyaviy va texnologik jihatdan qo'llab-quvvatlamoqda, 2 mingdan ortiq dastur va loyihalarni amalga oshiryapti, 14 marta Nobel tinchlik mukofotiga nomzod bo'lgan.
Yetim bolalarni uyg'un rivojlantirish va tarbiyalash uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qarori qiladi:
1. “Sog'lom avlod uchun” hukumatga qarashli bo'lmagan xalqaro xayriya jamg'armasi, O'zbekiston xotin-qizlar qo'mitasi va Toshkent shahar hokimligining "SOS — Kinderdorf Interneshnl” xalqaro jamiyati (Avstriya) bilan birgalikda “O'zbekiston bolalar mahallalari"("SOS — Detskiye derevni Uzbekistana") uyushmasini tashkil etish va Toshkent shahrida Bolalar mahallasini ("SOS—Detskaya derevnya") qurish to'g'risidagi takliflari qabul qilinsin.
2. "SOS — O'zbekiston bolalar mahallalari” uyushmasi to'g'risidagi Nizomga rozilik berilsin (ilova qilinadi). Ma'lumot uchun qabul qilinsinki, quyidagilar "SOS — O'zbekiston bolalar mahallalari” uyushmasining asosiy vazifalari hisoblanadi;
jamoatchilik va davlat tuzilmalarining yetim bolalarni jismoniy, intellektual va ma'naviy rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga, ularni ijtimoiy va huquqiy qo'llab-quvvatlashni ta'minlashga qaratilgan sa'y-harakatlarini muvofiqlashtirish;
yetim bolalarni O'zbekistonda qabul qilingan an'anaviy pedagogika tamoyillarini hisobga olgan holda tarbiyalash. Tarbiyachi onalarni va xodimlarni tanlash, ular uchun pedagogik va boshqa zarur tayyorgarlikni tashkil etish;
"SOS — Kinderdorf Interneshnl” jamiyati a'zolari bo'lgan tashkilotlar bilan "SOS — O'zbekiston bolalar mahallalari” va ular bilan bog'liq SOS — loyihalari bolalar bog'chalari, maktablar, o'qitish, sport va dam olish markazlari qurish va ularni to'liq jihozlashni tashkil etishda vositachi sifatida hamkorlik qilish4;
davlat, jamoat va xususiy tuzilmalarni Uyushma faoliyatiga faol jalb qilish.



  1. O'zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o'rinbosari D. G'ulomova jahondagi SOS — bolalar mahallalariga ko'maklashish xalqaro jamiyati ("SOS — Kinderdorf Interneshnl”, Avstriya) bilan Bitimni ishlab chiqsin va Hukumat nomidan imzolasin, unda quyidagilar nazarda tutilsin:

a) "SOS — Kinderdorf Interneshnl” xalqaro jamiyati:
“Sog'lom avlod uchun” xalqaro jamg'armasi, Xotin-qizlar qo'mitasi va boshqa organlar, shu jumladan, jamoat tashkilotlari bilan birgalikda faoliyati O'zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan "SOS — O'zbekiston bolalar mahallalari” uyushmasini ta'sis etadi;
Toshkent shahrida birinchi bolalar mahallasi tashkil etish maqsadida O'zbekiston Hukumati bilan yaqindan hamkorlik qiladi;



O'zbekiston Respublikasi qonunlarini hurmat qilish va bajarish, O'zbekistonning tarbiya va an'anaviy pedagogika tamoyillariga amal qilish majburiyatini oladi;
O'zbekistonda bolalar mahallalari va bolalar bog'chalari, maktablar, o'qitish va dam olish markazlari, klinikalar kabi boshqa SOS — loyihalarni to'liq tashkil etish, ko'rish va jihozlash uchun butun mas'uliyatni o'z zimmasiga oladi;
"SOS — Bolalar mahallalari"dagi yetim bolalarning to'liq xarajatlarini, shuningdek, xodimlarga ish haqi to'lashni, shu jumladan, ijtimoiy, tibbiy sug'urtalashni va pensiya ta'minotini ularning butun hayot faoliyati davomida mablag' bilan ta'minlaydi;
b) O'zbekiston Respublikasi Hukumati:
"SOS — Kinderdorf Interneshnl” xalqaro jamiyatiga va "SOS — O'zbekiston bolalar mahallalari” uyushmasiga O'zbekiston Respublikasi hududida faoliyat ko'rsatayotgan barcha boshqa jamoat va xayriya tashkilotlariga beriladigan imtiyozlarni berish;
"SOS — Toshkent shahridagi Bolalar mahallasi” qurilishi va u bilan bog'liq qurilish obyektlari uchun kamida 5 gektar yer maydoni, uni soliqlardan ozod qilgan holda, ajratish;
qurilish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish va "SOS — Toshkent shahridagi Bolalar mahallasi"ni uning chegarasigacha kommunikatsiyalar tarmog'i va boshqa zarur xizmatlar bilan ta'minlash majburiyatini oladi;
v) O'zbekiston Respublikasi Hukumati respublika hududida amal qilayotgan me'yorlar, qoidalar va qonunlarga zid yoki zarar keltiradi deb hisoblaydigan hamma narsani taqiqlab qo'yish huquqini o'zida saqlab qoladi.
4. Bosh vazir o'rinbosari D.M. G'ulomovaga "SOS — O'zbekiston bolalar mahallalari” uyushmasini tashkil etish va Uyushma hamda uning ishchi organlari to'g'risidagi Nizomni tasdiqlash yuzasidan masalalar majmuini bir oy muddatda ishlab chiqish va ta'sis yig'ilishini o'tkazish topshirilsin.
5. O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi "SOS — O'zbekiston bolalar mahallalari” uyushmasini o'z faoliyatini xalqaro muruvvat dasturlari va ijtimoiy sohada beg'araz texnikaviy ko'maklashish doirasida amalga oshiruvchi tashkilot sifatida akkreditatsiya qilsin.
6. O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi "SOS — O'zbekiston bolalar mahallalari” uyushmasini belgilangan tartibda ro'yxatdan o'tkazsin.
7. Toshkent shahar hokimligi bir oy muddatda:
"SOS — Kinderdorf Interneshnl” xalqaro jamiyati bilan kelishgan holda Toshkent shahrida kamida 5 gektar yer maydoni ajratsin;
"SOS — Bolalar mahallasi” chegarasigacha bo'lgan muhandislik kommunikatsiyalari qurilishini o'z mablag'lari hisobidan ta'minlasin.
8. O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi "SOS — Kinderdorf Interneshnl” va "SOS — O'zbekiston bolalar mahallalari” uyushmasi bilan birgalikda yetim bolalar bilan ishlashning o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda tarbiyachi “onalarni” pedagogik jihatdan tayyorlashni amalga oshirsin.
9. O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi "SOS — Kinderdorf Interneshnl” va "SOS — O'zbekiston bolalar mahallalari” uyushmasi bilan birgalikda "SOS — Bolalar mahallasi"ga qabul qilinadigan yetim bolalarni tibbiy ko'rikdan o'tkazishni ta'minlasin.
10. “O'zbekiston temir yo'llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi va “O'zbekiston havo yo'llari” milliy aviakompaniyasi "SOS — O'zbekiston bolalar mahallalari” uyushmasining muruvvat loyihalari bilan bog'liq barcha yuklarning imtiyozli tariflar bo'yicha to'siqlarsiz qabul qilinishini va jo'natilishini ta'minlasinlar.
11. O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va Ichki ishlar vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda "SOS — Bolalar mahallasi” qurilishida va uning xodimlariga amaliy yordam ko'rsatishda qatnashish uchun "SOS — Kinderdorf Interneshnl” tomonidan jalb qilinadigan xorijiy mutaxassislarga vizalar, shu jumladan ko'p martalik vizalar, yashashi va ishlashi uchun ruxsatnomalar bersinlar5.
Hujjat Prezidentning 11.02.2019 yildagi «Etim bolalar va ota-onasining qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida»gi PQ- 4185-son qarorini ijro etish, shuningdek ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalarni joylashtirishning oilaviy shaklini va boshqa muqobil shakllarini joriy qilish, ularning hamjamiyatga tezda ijtimoiy moslashishi uchun keng imkoniyat yaratish maqsadida ishlab chiqilgan.
"SOS – bolalar mahallalari» uyushmasining faoliyatini to'g'ri ifodalash uchun quyidagi xizmatlar qayta nomlanishi belgilandi:

  • bolalar mahallalari – bolalarni muqobil parvarish qilish xizmatlari;

  • yoshlar uylari – yoshlarga hamrohlik qilish xizmatlari;

  • ijtimoiy markazlar – ijtimoiy etimlikning oldini olish xizmatlari.

Hujjat bilan quyidagi xizmatlar faoliyatini tashkil etish to'g'risidagi nizomlar tasdiqlandi:

  • bolalarni muqobil parvarish qilish;

  • yoshlarga hamrohlik qilish;

  • ijtimoiy etimlikning oldini olish.

Muqobil parvarish qilish xizmatining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • oilada yoki oilaga o'xshash muhitda, bolalarning aqliy, ruhiy va jismoniy jihatdan rivojlanishiga yordam beradigan qulay muhitni yaratish;

  • bolalar hayotini muhofaza qilish va sog'lig'ini saqlashni ta'minlash;

  • o'rta ta'lim olishlarini, ijtimoiy himoya qilishni va ularning jamiyatga moslashuvini ta'minlash;

  • milliy urf-odatlar asosida Vatanga muhabbat, vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat bilan munosabatda bo'lish ruhida tarbiyalash;

  • mehnat ko'nikmalarini shakllantirish, ularga o'z kasblarini o'zlari tanlashlari uchun sharoit yaratish;

  • o'z oilasi bilan aloqa bog'lashiga ko'maklashish, shuningdek reintegrasiya qilish (oilasiga qaytarish).

Ijtimoiy hamrohlik qilish xizmatining asosiy maqsadi etim bolalarda mustaqillik, erkinlikni va jamiyatga yaxshi moslashish, o'z oldilariga aniq maqsadlar qo'yish va ularga erishishga intilish ko'nikmalarini shakllantirishdan iborat.
Ijtimoiy etimlikning oldini olishda normal oilaviy munosabatlarni shakllantirish va ta'minlash, sog'lom turmush tarziga yo'naltirish, oila va nikoh institutini rivojlantirish maqsadida ota-onalar va bolalar bilan ishlash bo'yicha kompleks chora-tadbirlar nazarda tutilgan.

Download 310.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling