Sotish siyosati Reja


Savdo qilishning yangi turlari va usullari


Download 134.63 Kb.
bet3/4
Sana25.10.2023
Hajmi134.63 Kb.
#1722189
1   2   3   4
3. Savdo qilishning yangi turlari va usullari

Savdo qilishning yangi turlariga internet, elektron pochta, to‘g‘ridan-to‘g‘ri marketing, franchayzing va boshqalarni kiritish mumkin.


Internet orqali savdo qilish hozirgi paytda zamonaviy savdo qilish turi hisoblanadi. Juda ko‘p firmalar internetda mahsulotlarini taklif qiladilar. Iste’molchilar o‘zlariga kerakli mahsulotni o‘zlarining kompyuteri orqali buyurtma berib sotib olishlari mumkin. Internet orqali savdoning ustunlik tomonlari bu birinchidan, vaqt tejaladi, ikkinchidan vositachilarsiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlab chiqaruvchidan olish imkoniyati paydo bo‘ladi.
To‘g‘ridan -to‘g‘ri marketingning quyidagi shaklllari mavjud:
-to‘g‘ridan – to‘g‘ri pochtali marketing (direct mail);
-katalog bo‘yicha marketing;
-telefon orqali marketing;
-elektron marketing.
-televizion marketing;

Elektron marketing internet-reklama, internet-do‘kon va boshqalar orqali tovar va xizmatlarni xaridorlarga sotishni tashkil qiladi.


To‘g‘ridan -to‘g‘ri marketing – bu xaridor bilan turli vositalar bilan to‘g‘ridan- to‘g‘ri muloqot bo‘lib, xaridorni mahsulotni sotib olishga ishontirishdan iboratdir.
Franchayzing – bu savdo qilish usulining zamonaviy shakllaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Bunda franchayzing firmasi franchayzer firmasining tovar markasi, nomlanishi va reklamasidan foydalanib, tovarni ishlab chiqarish, taqsimlanishi, sotish va taklif etilishida bevosita qatnashadi. AQSHda chakana savdoning 50 % qismi franchayzing tizimi orqali amalga oshiriladi.
Hozirgi vaqtda chakana savdoda tovar sotishning quyidagi usullari qo‘llaniladi:

  • tovarni peshtaxta orqali sotish;

  • tovarni xaridor o‘ziga-o‘zi xizmat qiladigan usulda sotish;

  • tovarni ochiq yoyib qo‘yib sotish;

  • tovar na’munalarini ko‘rsatib sotish;

  • tovarni aholining buyurtmasiga muvofiq sotish.

Tovarni peshtaxta orqali sotish – tovar sotishning odatdagi usuli bo‘lib, unda xaridorlarga xizmat qilish jarayonining deyarli hamma asosiy elementlari, chunonchi: tovarlarni ko‘rsatish va uning assortimenti bilan tanishtirish, hisob-kitob qilish va haqi to‘langan tovarni topshirish ishlarini peshtaxta yonida turgan sotuvchi bajaradi.
Xaridorlar o‘ziga-o‘zi xizmat qilishi asosida tovar sotish usulida savdo maydoni devorlari yoniga yoki o‘rtasiga terib qo‘yilgan hamma tovarlar yoniga xaridorlar bemalol borib, mustaqil tanlab olib, inventar korzinalar yoki aravachalarga o‘zlari solishlari mumkin, tovarning haqi do‘kondan chiqaverishdagi yagona hisob-kitob joyida to‘lanadi.
Tovarni ochiq yoyib qo‘yib sotishda xaridorlar sotuvchining ish joyiga bemalol borib mustaqil tanishishlari, sotuvchining maslahati va yordami bilan o‘zlariga kerakli tovarni tanlab olishlari mumkin.
Xaridorlar o‘ziga-o‘zi xizmat qiladigan usulda bo‘lgani kabi tovarlarni ochiq yoyib qo‘yib sotishda ham tovarlar savdo zaliga sotish uchun to‘la tayyor holda chiqariladi.
Tovarlarning namunalarini ko‘rsatib sotish usuli sharoitida xaridor savdo maydoniga qo‘yilgan namunalarga qarab o‘ziga kerakli tovarlarni mustaqil ravishda yoki sotuvchi yordamida tanlaydi, uning haqini to‘lagandan keyin tegishli tovarni bevosita do‘kondan oladi yoki qo‘shimcha xaq evaziga uyiga eltib berishga buyurtma beradi. Ana shu usulni katta hajmdagi – mebel, sovutgich, kir yuvish mashinasi, tikuv mashinasi, elektr yoritkich, gazlamalar sotishda tashkil etish mumkin.
Tovarni aholining buyurtmasiga muvofiq sotish usulida xaridor o‘ziga kerakli tovarga do‘konning buyurtma bo‘limida yoki sanoat korxonasi, qurilish, muassasa, dala shiyponi, istiqomat joyida tashkil etilgan buyurtma qabul qilish joyida oldindan buyurtma beradi. Bu tovar do‘kondan olinadi yoki buyurtmachining uyiga yoxud buyurtmada ko‘rsatilgan boshqa joyga eltib beriladi. Barcha oziq-ovqat mahsulotlarini sotishda hamda murakkab assortimentdagi tovarlarni ichkarilikdagi qishloq aholi punktlarida joylashgan va kundalik talab qilinadigan tovarlar bilan savdo qiladigan do‘konlar orqali sotishda ana shu usulni qo‘llash mumkin.
Savdoning ilg‘or usullaridan biri savdo avtomatlari orqali savdo qilish hisoblanadi. Savdo avtomatlari savdoning ijtimoiy-iqtisodiy samaradorligini ta’minlashda muhim o‘rin tutadi, ya’ni savdoda iste’mol xarajatlarini kamaytirish
iste’molchi xukmron bo‘lgan sharoitda muhim ahamiyatga egadir. Hozirgi sharoitda zamonaviy dizaynga ega bo‘lgan savdo avtomatlaridan foydalanish muhim masala hisoblanadi.
Savdoning zamonaviy usullaridan biri bo‘lib Treyd marketing hisoblanadi. Treyd-marketingda bir nechta asosiy vosita ajratib ko‘rsatiladi:

  • sotuvni rag‘batlantirish,

  • maxsus hodisalar,

  • merchandayzing.


Download 134.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling