Sotsial psixologiya Darslik


Ijtimoiy-psixologik hodisalar


Download 2.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/125
Sana28.08.2023
Hajmi2.71 Mb.
#1671084
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   125
Bog'liq
социал психология Darslik (1)

Ijtimoiy-psixologik hodisalar – shunday fenomenlarki, ular individlar hamda 
jamoalar tarzidagi subyektlarning o’zaro hamkorligi tufayli paydo bo’ladigan turli 
xil munosabatlar, shunday hamkorlik ta’sirida boshdan kechiriladagan his-
kechinmalar, o’zaro axborot almashinuvi hamda odamlarning guruh bo’lib 
to’planishi oqibatida ro’y beradigan faoliyatlarning xususiyatlarini mujassam etadi. 
Ya’ni, agar shaxsni alohida individ sifatda olinganda amalga oshiradigan 
faoliyatidan farqli o’laroq, guruh bo’lib harakat qilgandagi ro’y beradigan 
faoliyatning farqli tomonlarini ijtimoiy psixologiya sodda qilib aytganda o’zining 
predmeti sifatida tanlaydi. 
Shunday qilib, ijtimoiy psixologiya o’rganadigan ijtimoiy-psixologik 
hodisalarga avvalo quyidagilar kiradi: muloqot, muomala, ijtimoiy fikr va kayfiyat, 
jamoaviylik, stratifikasiya, ya’ni, jamiyatning turli qatlamlarga bo’linishi 


19 
jarayonlari, stereotiplar, ziddiyat, turmush tarzi, ijtimoiy tasavvurlar, ijtimoiy 
ustanovkalar va shaxsning turli ijtimoiy vaziyatlarda namoyon bo’ladigan 
fazilatlari (nuqsonlari) va boshqalar. 
Ijtimoiy-psixologik hodisalar asosan mazmunan va davomiyligiga ko’ra 
tafovutlanadi. Masalan, mazmuniy jihatdan ular normal va normadan og’ish 
tarzidagi xulq maromlariga bo’linadi. 
Ijtimoiy-psixologik hodisalarning normal xulq-atvorga aloqador shakllari 
odatda jamiyatda, uning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida, insonlarnig turmush 
tarzidagi ijobiy o’zgarishlarda namoyon bo’ladi. Masalan, mustaqillik yillarida 
davlatimiz rahbarlari tomonidan inson manfaatlarining oliy qadriyat sifatida e’tirof 
etilganligi, erkin demokratik islohotlarga ochilgan yo’l har bir shaxsning ijtimoiy 
tasavvurlari tizimida shunday ijobiy o’zgarishlarga turtki bo’ldiki, avvalo, jamiyat 
a’zolarida o’ziga ishonch, yurtdoshlar bilan xamjihatlik, o’zaro mehr-oqibat va 
muruvat hislarining rivoj topishiga olib keldiki, oqibatda homiylik, o’zaro mehr-
oqibat kabi munosabatlar sayqal topdi. Bunga mamlakat birinchi Prezidentining 
1996 yildan buyon yillarga maqom berishi, unda jamiyatdagi barqarorlik, undagi 
o’zaro hamjihatlik g’oyalarining ustuvor qilib qo’yilishi ijobiy ta’sir ko’rsatdi. 
Oqibatda yurtimizda har bir shaxs va ijtimoiy guruhlarning turmush tarzida 
ijtimoiy normalarga bo’ysunish, ularni hurmat qilish psixologiyasi shakllandi
milliy g’urur va o’zini barcha ijtimoiy jarayonlarga aloqador etib his qilish paydo 
bo’ldi. 
Normal xulqdan og’ish bilan bog’liq bo’lgan xulq-atvor esa ayrim guruhlar 
faoliyatiga xos bo’lib, uning oqibatida odatda ayrim shaxsning guruhlarga 
(masalan, jinoyatchining jamiyat normalarini buzishi) yoki guruhlarning ijtimoiy-
iqtisodiy taraqqiyotga salbiy ta’siri (masalan, jinoiy guruh yoki ekstremistik 
guruhlarning ijtimoiy normal hayotga tajovuzi shaklida) namoyon bo’ladi. Bu kabi 
salbiy holatlar jamiyatning tub asoslarini o’zgartirib yubormaydi, lekin ayrim 
vaziyatlarda odamlarning normal kun kechirish, tinch osuda mehnat qilishlariga 
halaqit beradi. Ming afsuski, eng oliyjanob shiorlar ostida yashayotgan demokratik 
jamiyatda ham ayrim alohida shaxs va guruhlar tajribasida ana shunday salbiy 


20 
oqibatli xulq ko’rinishlari mavjud bo’ladi. Bu o’z navbatida ekstremal ijtimoiy 
psixologiyaning kelib chiqishiga asos bo’lgan. 
Ijtimoiy-psixologik hodisalarning kelib chiqishi nuqtai nazaridan qaralsa, ular 
shaxslararo, guruhiy, guruhlararo, ommaviy shakllarda namoyon bo’ladi.
Ushbu hodisalar barqarorligi va davomiyligi nuqtai nazaridan tahlil etilsa, 
ularni dinamik (masalan, muloqotning turli shakllarida), o’zgaruvchan dinamik 
(masalan, ijtimoiy tasavvur, fikr va kayfiyatning o’zgaruvchanligi) va barqaror 
(masalan, urf-odatlar, qadriyatlar, an’analar kabi) bo’lishi mumkin. 
Ijtimoiy psixologiya fan sifatida aynan ana shu hodisalarning paydo bo’lishi, 
kechishi va hayotda namoyon bo’lish mexanizmlarini o’rganadi. Zero, bu hodisalar 
turli bosqich va darajalarda (makro-, mezo- va mikro- bosqich va darajalarda), turli 
sohalarda (davlat , iqtisodiyot, jamiyat va uning burli bo’g’inlari, oila, mahalla, 
alohida shaxs hayoti doirasida), turli shart-sharoitlarda (normal, tabiiy, murakkab 
va ekstremal) namoyon bo’ladi. 
Ijtimoiy-psixologik hodisalar namoyon bo’lishining asosiy mexanizmi 
sifatida muloqot jarayonini qabul qilish ko’pchilik olimlarning nuqta nazariga 
xosdir. Muloqot tufayli va uning ta’sirida shaxs shakllanadi, kichik guruhlar paydo 
bo’ladi, katta ijtimoiy guruhlarning mavjud bo’lishi uchun sharoit yaratiladi. 
Aynan muloqot va odamlarning bir-birlariga munosabatlari asosida namoyon 
bo’ladigan universal mexanizmlarga quyidagilarni kiritish mumkin: 
1) 
taqlid qilish – biror xulq namunasi yoki turmush tarziga ergashish; 
2) 
ishontirish – biror xulq namunasi yoki fikrga o’zgalarni deyarli ongsiz 
va tanqidsiz ergashishiga erishish; 
3) 
ta’sirlanish – bir shaxs hissiy-emosional holatining o’zga bir shaxsga 
uzatilishi jarayoni; 
4) 
e’tiqod – shaxsning ongiga, imoniga ta’sir ko’rsatish; 
5) 
identifikasiya – bir insonning boshqasiga o’xshatilishi, deyarli 
qo’shilishi jarayoni. 
Aynan shu mexanizmlar ijtimoiy xulq va o’rgatishning asosini tashkil etadi. 
Umuman olganda, ijtimoiy psixologiya fan tarmog’i sifatida ham nazariy ham 


21 
amaliy ahamiyat kasb etadiki, o’zgaruvchan hozirgi XXI asrda uning ahamiyati va 
o’rni beqiyosdir. Ayniqsa, mafkuraviy va g’oyaviy kurashlar avj olgan hozirgi 
davrda inson ijtimoiy xulqini boshqarish dolzarlik kasb etganligini inobatga olsak, 
uning jamiyat barqarorligidagidagi uning siyosiy, ijtimoiy va mafkuraviy roli 
yanada yuksaladi. Shu bois ham hozirda uning tatbiqiy, amaliy ko’rinishiga 
alohida ahamiyat berilmoqda. Chunki tatbiqiy ijtimoiy psixologiya ijtimoiy-
psixologik hodisalarni psixodiagnostika, amaliy maslahatlar berish va yangi 
psixotexnologiyalarni ijtimoiy hayot mezonlari va talablari doirasida o’rganadigan 
hamda ijtimoiy-psixologik treninglar, gruppaviy psixoterapiya, rolli va ish 
o’yinlari kabi yangi usullarda ijtimoiy xulqni o’zgartirishga qodir bo’lgan ilmiy-
amaliy yo’nalishdir. Bu yo’nalish va amaliyot oxirgi yillarda O’zbekistonda ham 
tobora rivojlanib hayotga kirib bormoqda. 

Download 2.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling