Sotsial psixologiya Darslik


 Ijtimoiy psixologiyaning


Download 2.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/125
Sana28.08.2023
Hajmi2.71 Mb.
#1671084
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   125
Bog'liq
социал психология Darslik (1)

2.4. Ijtimoiy psixologiyaning 
Rossiyadagi rivojlanishi 
Sobiq ittifoq davlatlarida, birinchi navbatda 
Rossiyada 
ijtimoiy 
psixologiya 
20-yillardan 
boshlab rivojlana boshladi.
Bu borada rus ijtimoiy psixologiyasining asoschisi deb haqli ravishda 
V.M.Bexterevni ko’rsatish mumkin. U o’zining refleksologiya nazariyasi 


35 
doirasidan shaxs xulq-atvorining motivlarini tushuntirishga uringanlardan biridir. 
Uning fikricha, barcha ongli va ongsiz jarayonlar tashqi xulq-atvorda, harakatlarda 
ifodalanadi, shuning uchun ham tashqi harakatlarni, qiliqlarni, nutqni, tovushni 
o’rganish orqali shaxsning o’zini va bu harakatlarning sabablarini aniqlash 
mumkin. Bexterev qarashlaridagi kamchilik shu ediki, u o’z ilmiy xulosalarida 
sotsiologiyani biologiya bilan, psixologiyani esa fiziologiya bilan aralashtirib 
yubordi, shu orqali shaxs va jamiyat taraqqiyotining universal qonunlarini 
topmoqchi bo’ldi. 
Bexterevdan keyingi olimlar, chunonchi, Yu.Vasilyevning “biologik 
sotsiologiyasi” 
ham, 
M.A.Reystnerning 
“ommaviy psixologiyasi” ham, 
L.N.Voytolovskiyning “jamoa psixologiyasi” ham reflekslar qonunini mexanik 
tarzda ijtimoiy-psixologik jarayonlarni tushuntirishga ko’chirish bo’ldi, desak xato 
bo’lmaydi. 
20-30-yillarda bolalar va o’smirlar ijtimoiy-psixologik taraqqiyotini 
o’rganishga qaratilgan ikki yo’nalish paydo bo’ldiki, ular ham qator 
kamchiliklardan holi bo’la olmadilar. Masalan, biologik yoki biogenetik nazariya 
tarafdorlari shaxsning shakllanishida irsiy va biologik nasliy omillar yetakchi rol 
o’ynaydi, deb hisoblashsa (Ye.Arkin, I.Aryamov va boshqalar), sotsiologik yoki 
sosiogetik nazariyotchilar bu borada ijtimoiy muhit rolini nihoyatda katta 
ekanligini himoya qilib chiqdilar (S.Molojaviy, A.Zalkind va boshqalar).
30-yillarda A.S.Makarenko, A.Zalujniy, L.S.Vigotskiy, N.K.Krupskaya, 
M.Suxomlinskiy va boshqa qator olimlar o’z nazariy qarashlarini marksizm bilan 
bevosita bog’lab, jamoa va shaxs nazariyasini yaratdilar. Ular shaxsning 
shakllanishida ijtimoiy muhitning, jamoaning rolini, ta’lim-tarbiyaning ahamiyatini 
isbotlashga urindilar. 40-60-yillarda ijtimoiy-psixologiya taraqqiyotida nisbatan 
sokinlik davri bo’ldi. Chunki psixologiya sohasida olib borilgan tadqiqotlar ichida 
ijtimoiy-psixologik tadqiqotlar yo’q hisob edi. Bu fan Rossiyada va boshqa sobiq 
ittifoqdosh respublikalarda 70-yillardan keyin keskin rivojlana boshladi. Bunda 
moskvalik va leningradlik (hozirgi Sankt-Peterburg) olimlar maktabi katta rol 
o’ynadi. Agar Moskva shahrida, asosan, ijtimoiy psixologiya bo’yicha 


36 
fundamental nazariy tadqiqotlar ko’plab o’tkazilib, unda hozirgi zamon ijtimoiy-
psixologik tadqiqotlarning empirik qonunlari asoslari ishlab chiqilgan bo’lsa, 
Sankt-Peterburgda ko’proq tatbiqiy ilmiy tadqiqot ishlari olib borildiki, ular 
birgalikda minglab yosh ijtimoiy psixologlar avlodini tarbiyalab yetishtirdilar. Ular 
esa hayotimizga ilg’or fikrlar va dalil tadqiqotlar bilan kirib kelib, hozirgi kun 
fanini dunyo miqyosida misli ko’rilmagan darajaga ko’tardilar. Lekin yuqorida 
aytib o’tilganidek, Rossiyada ijtimoiy psixologiyaning rivojlanishida xorij 
psixologiyasining, ayniqsa Amerika Qo’shma Shtatlari psixologiyasining ta’siri 
ancha sezilarlidir. 

Download 2.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling