Sotsial psixologiya Darslik


 Ijtimoiy psixologiyaning


Download 2.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/125
Sana28.08.2023
Hajmi2.71 Mb.
#1671084
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   125
Bog'liq
социал психология Darslik (1)

2.3. Ijtimoiy psixologiyaning 
eksperimental fan sifatida 
rivojlanishi 
XX asr shu bilan xarakterli ediki, u turli 
fanlar oldiga konkret topshiriqlar qo’ya 
boshladi.
Bundan tashqari, juda ko’p fanlarda obyektiv eksperimental usul yo’li bilan 
ilmiy faktlar to’plash yo’lga qo’yildi. Psixologiya fani ham bundan istisno emas 
edi. Sof psixologlar individ psixologiyasini eksperimental o’rganar ekanlar, 
ularning boshqa individlar ta’sirida bo’lishi faktini inkor qila olmas edilar. 
Ikkinchidan esa, Amerikada ko’pgina psixologlar o’z tadqiqot obyektlarini 
laboratoriyalarda ayrim psixik jarayonlarni o’rganishdan kichik guruhlarga 
ko’chira boshladilar. Bu davrda psixologiyada shakllanib bo’lgan uch asosiy oqim 
(psixoanaliz, bixeviorizm va geshtalt psixologiya) ichida ham ijtimoiy xulq-atvorni 
kichik guruhlar doirasida o’rganish tendensiyasi paydo bo’ldi. XX asr psixologiya 
fani tarixida shu bilan ajralib turadiki, olimlar nazariy izlanishlarga e’tibor 
berishmas, hattoki, katta guruhlar, ommaviy hodisalar psixologiyasi ham nazardan 
ancha chetda qolgan edi. Asosiy diqqat kichik guruhlarga va ularda turlicha 
eksperementlar o’tkazishga qaratilgan edi. Bunday holatning paydo bo’lganligi 
ijtimoiy psixologiyaning fan sifatida shakllanishida nihoyatda katta rol o’ynadi.


33 
Geshteltpsixologiya 
yo’nalishi negizida maxsus ijtimoiy-psixologik 
yo’nalishlarning – interaksionizm va kognitivizmning paydo bo’lganligi esa bu 
fanning eksperimental ekanligini yana bir bor isbot qildi.
Bixeviorizm 
yo’nalishlari 
doirasida 
o’tkazilgan 
ijtimoiy-psixologik 
tadqiqotlar avvalo amerikalik olimlar K.Xall va V.Skinnerlar nomi bilan bog’liq.. 
Ular va ularning izdoshlari hisoblangan K.Miller, D.Dollard, J.Tibo, G.Kelli va 
boshqalar diada – ikki kishi o’rtasidagi munosabatlarning xilma-xil eksperimental 
ko’rinishlarini tadqiq qilib, ularda matematik o’yin nazariyasi elementlarini 
qo’lladilar. Diada sharoitida laboratoriyalarda o’tkazilgan tadqiqotlarda asosan 
mustahkamlash g’oyasini isbot qilishga urinildi. Klassik bixeviorizmdan farqli 
o’laroq, ijtimoiy-psixologik bixevioristlar hayvonlar o’rniga laboratoriyaga naqd 
pulga odamlarni taklif eta boshladilar, shuning uchun ham ularning g’oyasida 
biologizm va mexanizm tarzda ilgarigi hayvonlarda to’plangan dalillar modelini 
insonlarda qo’llash hollari kuzatildi.

Download 2.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling