Sotsial psixologiya Darslik


Download 2.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/125
Sana28.08.2023
Hajmi2.71 Mb.
#1671084
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   125
Bog'liq
социал психология Darslik (1)

2.5. O’zbekistonda ijtimoiy-
psixologik tadqiqotlarning o’rni 
va istiqbollari 
Ijtimoiy 
psixologiyaning 
fan 
sifatida 
yurtimizda 
rivojlanish 
tarixiga 
e’tibor 
beradigan bo’lsak,
tarixan qisqa fursatda uning rivojlanishi uchun imkoniyatlar kengayib 
borayotganligini ta’kidlash joiz. Ilmiy salohiyatl, ma’nan baquvvat, yurt uchun, 
xalq va Vatan uchun sadoqatli yangi avlodni tarbiyalash, unda faol fuqarolik 
pozisiyasini shakllantirish shaxs va jamiyat o’zaro munosabatlarini yaxshi bilishni 
taqozo etishini davlatimiz rahbari o’ta ziyraklik bilan tasavvur qildilar, shu bois 
Prezidentimizning barkamol avlod tarbiyasiga oid barcha asrlaridan psixolog 
olimlar, jumladan, ijtimoiy psixologiya sohasida izlanishlar olib borayotgan 
olimlar to’g’ri xulosalar chiqara oldilar. 
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, O’zbekistonda o’tkazilayotgan ijtimoiy-
psixologik tadqiqotlar dastlab asosan oila va oilaviy munosabatlarga 
bag’ishlanganligi bilan xarakterlanadi va shunga bog’liq tarzda oxirgi yillarda ham 
shaxsning kamol topishida ijtimoiy muhit omili o’rganilganda, eng avvalo oilaviy 
ijtimoiylashuv nazarda tutiladi. Bundan tashqari, yangi davr avlodining jamiyatda 
ro’y berayotgan turli hodisalarga munosabati, ularga beradigan bahosi va ular 
ta’sirida shakllandigan ijtimoiy xulqi masalasi yurtimizda ijtimoiy tasavur 
konsepsiyasi asosida turli yo’nalishli izlanishlar uchun istiboqlli yo’nalishga yo’l 
ochdi. Bundan tashqari, yangicha ishlab chifqarish va ijtimoiy munosabatlar 
sharoitida xodimlar xulqini muvofiqlashtirish borasida boshqaruv psixologiyasi 


37 
bo’yicha amalga oshirilayotgan monografik tadqiqotlar ham yangi davr ijtimoiy 
psixologiyasining predmeti ekanligini ta’kidlash mumkin. Bundan tashqari, 
O’zbekistonda tatbiqiy yo’nalishdagi ijtimoiy-psixologik izlanishlarga keng yo’l 
ochildiki, bu holat ushbu fanning yangi davr fani ekanligini isbotlamoqda. 
Shuni alohida ta’kidlash joizki, birinchi ijtimoiy-psixologik tadqiqot 
yurtimizda XX asrning 70-yillari oxiri 80-yillarning boshida I.Yoqubov tomonidan 
o’tkazilgan bo’lib, u oilaviy munosabatlarning barqarorligi va er-xotin ijtimoiy 
rollarining muvofiqligini ta’minlovchi ijtimoiy-psixologik omillarni o’rgandi. 
Tadqiqot natijasida shu narsa aniqlandiki, oila a’zolarining rollar borasidagi 
muvofiq o’zaro munosabatlari oilaviy hamjihatlikning muhim shartidir. Oilaviy 
majorolar esa, asosan hozirgi zamon o’zbek ayolining ijtimoiy mehnat bilan 
bandligi 
hamda 
oilaviy 
munosabatlarda 
eskilik 
sarqitlarining 
saqlanib 
qolganligidadir.
Keyinchalik shu kabi oila va oilaviy munosabatlarning ijtimoiy-psixologik 
fenomenlariga bag’ishlangan tadqiqotlar o’zbekistonlik olimlar G’.B.Shoumarov 
va uning izdoshlari, shogirdlari ishlarida rivojlantirildi. Masalan, G’.Shoumarov va 
Ye.A.Morshinalarning (1986) tadqiqotlarida oilada bolalar tarbiyasiga bevosita 
ta’sir ko’rsatadigan ijtimoiy-psixologik omillar o’rganildi, chunonchi, unda o’ziga 
xos milliy va an’anaviy o’zaro munosabat xususiyatlarining o’rni belgilandi.
Oilaviy 
munosabatlar 
psixologiyasi 
xususida 
o’tkazilgan 
muhim 
tadqiqotlardan biri N.Sog’inovning o’zbek oilasiga xos bo’lgan nikoh va oila 
munosabatlari-nikohdan qoniqish, nikoh motivlari, oila qurishning o’zbeklarga xos 
bo’lgan yosh xususiyatlari, yosh o’zbek oilalaridagi psixologik mojarolar va 
ajralishlarning sabablarini sistematik tarzda o’rgangan ilmiy ishidir. Bu tadqiqotda 
ilgari hech o’rganilmagan ilmiy ma’lumotlar to’plandiki, ularga ko’ra, o’zbek 
oilasining qurilishiga sabab bo’ladigan asosiy motiv – bu “Farzandli bo’lish”, 
(birinchi o’rinda), ikkinchi o’rinda “Jamoatchilikning gap-so’ziga qolmaslik”, 
uchinchi o’rinda “Ota-ona va qavmi-qarindoshlarning istaklarini bajo etish” va 
hokazolar aniqlandi. N.Sog’inovning to’plagan ma’lumotlari yosh oilalar, mojaroli 
oilalar va yoshlar tarbiyasi bilan mashg’ul bo’lganlar uchun muhim ilmiy yo’l-


38 
yo’riqdir. Bu kabi izlanishlar keyinchalik M.Utepbergenev, M.Dushanov ishlarida 
davom ettirildi. Ularda oila va nikoh munosabatlari qoraqalpog’istonliklar va 
qirg’iz oilalari misolida o’rganildi. 
Oxirgi 10-20 yil oralig’ida O’zbekistonda ijtimoiy tasavvurlar konsepsiyasi 
doirasida o’tkazilayotgan tadqiqotlar (V.Karimova, K.Rahimova, Z.Nishonova, 

Download 2.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling