Sotsial psixologiya Darslik


Ijtimoiy xulq-atvor instinktlari


Download 2.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/125
Sana28.08.2023
Hajmi2.71 Mb.
#1671084
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   125
Bog'liq
социал психология Darslik (1)

Ijtimoiy xulq-atvor instinktlari nazariyasi XX asrning boshida Angliyada 
shakllandi. Uning asoschisi ingliz psixologi Uilyam Makdugall bo’lib, u o’zining 
1908 yilda yozgan “Ijtimoiy psixologiyaga kirish” kitobidagi inson xulq-atvorining 
motivi yoki uni harakatga keltiruvchi kuch instinktlardir deb yozgan. Keyinchalik 
u instinkt tushunchasi bilan birga layoqat, intilish iboralarini ham ishlata boshladi. 
Uning fikricha, xulq-atvorni ta’minlovchi narsa tug’ma, psixofiziologik tayyorlik 
holati bo’lib, u nasldan-naslga uzatiladi. Makdugall barcha harakatlarni refleksiv 
holda tushuntirishga intilib, refleksiv yoyga xos bo’lgan barcha qismlar – ya’ni, 
efferent – qabul qiluvchi, reseptiv bo’lim, afferent (harakat) va markaziy 
bo’limdan iborat tizim sifatida tasavvur qiladi. Barcha ijtimoiy harakatlar ham ana 
shunday refleksiv tabiatga egadir, deb uqtiradi u. 
Shunga o’xshash fikrlar E.Ross (“Ijtimoiy psixologiya”) va J.Bolduin 
(“Ijtimoiy psixologiya bo’yicha tadqiqotlar”) qarashlarida ham rivojlantirilgan. 
Masalan, Bolduin ikki turli irsiyat haqida – tabiiy va ijtimoiy irsiyat haqida yozib, 
ijtimoiy irsiyat odamlardagi taqlid qilish qobiliyati bilan bog’liq, deb yozadi. 
Jamiyatda yashayotgan odamlar bir-birlariga ta’sirlarini o’tkazishga moyildirlarki, 
bu narsa ular o’rtasidagi munosabatlarini boshqarib turadi. 
Shunday qilib, bu yo’nalish tarafdorlarining fikricha, barcha ongli 
harakatlarning boshi – ongsizlikdir, ya’ni instinktlar bo’lib, ular asosan 
hissiyotlarda namoyon bo’ladi. Hissiyot bilan instinktlar bog’liqligini Makdugall 


32 
juftliklarda ko’rsatishga harakat qilgan: masalan, kurash instinkti – qo’rquv, g’azab 
hissi; nasl qoldirish instinkti – rashk, ayollardagi tobelik hissi; o’zlashtirish 
instinkti – xususiylikka intilish hissi va hokazo. Ijtimoiy hodisalarni tushuntirishda 
tug’ma instinktlar rolining yuqori qo’yganligi uchun bu nazariya ilmiy taraqqiyot 
bosqichida salbiy o’rin tutdi, deb aytishimiz mumkin. Lekin uning ayrim hodisalar 
sabablarini tushuntirishga harakat qilishi fan oldiga ulkan vazifalarni qo’ydi. 
Ijtimoiy psixologiya fan sifatida ana shu muammolarni tadqiq qilishi lozim edi. 
Demak, yuqorida to’xtab o’tilgan uchala nazariyaning ahamiyati shundan 
iborat ediki, ular yangi tug’ilishi lozim bo’lgan, lekin yetarli ilmiy asosi bo’lmagan 
fan – ijtimoiy psixologiyaning istiqboldagi tadqiqot mavzularini ochib berdi. 
Qolaversa, bu uchala yo’nalish ham nazariy qarashlarni isbot qilishda obyektiv 
tekshiruv usuli hisoblangan eksperimentdan foydalanish zaruriyatini ko’rsatdi. Bu 
narsa yana bir bor maxsus fanning kelajak rejalarini aniqlashga yordam berdi. 

Download 2.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling