Sotsial psixologiya Darslik


Download 2.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/125
Sana28.08.2023
Hajmi2.71 Mb.
#1671084
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   125
Bog'liq
социал психология Darslik (1)

Ikkinchi yondashuv tarafdorlarining fikrida umumiylik shuki, ularning 
ta’kidlashlaricha, 
ijtimoiy 
psixologiya 
shaxsning 
ijtimoiy 
qiyofasini, 
psixologiyasini o’rganadi. Turli olimlar fikrida o’ziga xoslik esa aynan shaxsning 
qaysi sifatlariga ko’proq e’tiborni qaratishda namoyon bo’ldi. Kimdir shaxsning 
alohida ijtimoiy sifatlariga urg’u bersa, boshqalar uning tipologiyasini ahamiyatli 
predmet ekanligini ta’kidladi. Bundan tashqari, shaxsning guruhdagi o’rni, 
shaxslararo munosabatlar va umuman munosabatlar tizimi ushbu yo’nalish 
tarafdorlarining diqqat markazida bo’ldi. 
Uchinchi yondashuv – yuqorida ikki yondashuvning o’ziga xos tarzdagi 
uyg’unlashuvi shaklida namoyon bo’ldi. Ya’ni, unga ko’ra, ijtimoiy psixologiya 
ommaga xos bo’lgan psixologik hodisalarni ham, shaxsning guruhdagi maqomini 
ham birdan o’rganishi lozim. Rus olimi B.D.Parigin turli yondashuvlarga e’tibor 
brgan holda ijtimoiy psixologiya o’rganadigan eng muhim masalalarni yagona 


18 
andozada umumlashtirdi. Ya’ni, uning fikricha, ijtimoiy psixologiya quyidagilarni 
o’rganadi: 
1) 
shaxsning ijtimoiy psixologiyasi; 
2) 
jamoalar ijtimoiy psixologiyasi va muloqoti; 
3) 
ijtimoiy munosabatlar; 
4) 
ma’naviy-axloqiy faoliyat shakllari. 
Yana bir rossiyalik olim V.N.Myasishyevning yozishicha, ijtimoiy 
psixologiya: 
a) odamlarning guruh sharoitidagi o’zaro hamkorlikgi ta’sirida paydo 
bo’ladigan psixologik o’zgarishlarni; 
b) ijtimoiy guruhlarning turli xususiyatlarini; 
v) jamiyatda ro’y beradigan jarayonlarning psixologik tomonlarini o’rganadi. 
Yuqorida taklif etilgan barcha yondashuv va nuqtai nazarlarni birlashtirgan 
yagona fikr esa shunday iboratki, ijtimoiy psixologiya fan tarmog’i sifatida psixik 
faoliyatga ikki tomondan turib yondashadi, ya’ni, bir tomondan shaxs bo’lsa, 
ikkichni tomondan – jamiyat miыyosida rщy beradigan ommaviy psixik 
jarayonlardir. Oxirgilari ko’pgina manbalarda ijtimoiy-psixologik hodisalar deb 
nomlanadi. 

Download 2.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling