Sotsial psixologiya Darslik
Bob yuzasidan tayanch iboralar
Download 2.71 Mb. Pdf ko'rish
|
социал психология Darslik (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bibliografiya
- Biologik
- Shaxsning yo’nalganligi va munosabatlari tizimi
- Shaxsning individual ijtimoiy tajribasi
- Inson psixik jarayonlarining individual xususiyatlari
Bob yuzasidan tayanch iboralar 85 Ijtimoiy fasilitasiya, ingibisiya, rasmiy, norasmiy, referent guruh, dinamik jarayon, konformizm, tashqi konformlilik, ichki konformlilik Nazorat va muhokama qilish uchun savollar 1. Ijtimoiy fasilitasiya deganda nima tushuniladi? 2. Kichik guruhlar hajmi jihatidan necha kishini tashkil etadi? 3. Kichik guruhlar psixologiyasiga xos xususiyatlarni tushuntiring? 4. Kichik guruhlarning klassifikasiyasi necha xil bo’ladi? 5. Rasmiy guruhlarga ta’rif bering? 6. Norasmiy guruh ta’rif bering? 7. Referent guruh deganda nima tushuniladi? 8. Guruhning dinamik jarayonlari degani nima? 9. Konformizm tushunchasiga ta’rif bering? 10. Tashqi konformlilik deganda nima tushuniladi? 11. Ichki konformlilik nima? Bibliografiya 1. David G. Myers. Social Psychology. Tenth Edition // Hope College Holland, Michigan. – NY.: McGraw-Hill, 2010. – 609 p. 2. Karimova V.M. Ijtimoiy psixologiya: Darslik. Oliy o‘quv yurtlari bakalavriat va magistratura talabalari uchun. – T.: “Fan va texnologiya”, 2012. – 172 b. 3. Майерс Д. Социальная психология. Интенсивный курс / Д. Маерс. – 4-е междунар. изд.. – СПб.: ПРАЙМ-ЕВРОЗНАК, 2007. – 510 с. 4. Немов Р. С., Алтунина И. Р. Социалная психология: Краткий курс. – Спб.: Питер, 2009 – 208 с. 86 7.1. Ijtimoiy psixologiyada shaxs muammosi Ma’lumki, shaxsni ko’plab fanlar turli xil tomondan o’rganadi. Bir yo’nalish biologik bo’lsa, boshqasi – sotsiologik, yana bir turi individual psixologik va nihoyat, yana bir yondashuv ijtimoiy-psixologikdir. Biologik nuqtai nazardan shaxs taraqqiyoti individ nasliy jihatdan orttirgan genetik dasturlarning amalda ro’yobga chiqishi tarzida tasavvur etiladi. Sotsiologik yondashuv shaxsning madaniy-tarixiy muhit ta’sirida kamol topishini tan oladi. Ulardan farqli individual-psixologik yondashuv shaxsning rivojlanishiga uning tana tuzilishi yoki konstitusional jihatlari va asab tizimi tipining ta’siri borligini ta’kidlab, o’rganadi. Shaxsni o’rganishning ijtimoiy-psixologik yondashuvi uni ijtimoiylashuning bevosita mahsuli sifatida qarab, uning ijtimoiy-psixologik tizimini bevosita o’rab turgan ijtimoiy muhit ta’sirida o’rganadi. Bu borada bir qancha olimlarning o’ziga xos nuqtai nazarlari ham mavjud. Masalan, K.K.Platonov shaxs tizimida to’rtta asosiy jabhani ajaratadi: 1) Shaxsning yo’nalganligi va munosabatlari tizimi: uning mayllari, xohish- istaklari, qiziqishlari, layoqati, ideallari, dunyoqarashi, e’tiqodi kabilarni o’z ichiga oladi. Bu tizimdagi xususiyatlar ijtimoiy xarakterga ega bo’lib, ular insonning jamiyatda yashashi, undan oladigan tarbiya shakllari, mafkuraviy muhit asosida shakllanadi. 2) Shaxsning individual ijtimoiy tajribasi: bu jabhadagi sifatlar inson hayoti mobaynida orttiradigan bilimlari, malaka va ko’nikmalari asosida namoyon bo’ladi. Bu sifatlar ijtimoiy xarakterli bo’lib, ko’proq ta’lim jarayonida shakllanadi. 3) Inson psixik jarayonlarining individual xususiyatlari: xotira, idrok, sezgilar, tafakkur, qobiliyatlar kabi bir qarashda tug’ma omillarga bog’liq xususiyatlar inson umri davomida takomillashishi va uning boshqa ijtimoiy Download 2.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling