Sotsial psixologiya Darslik


-  siyosiy-huquqiy omillar


Download 2.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/125
Sana28.08.2023
Hajmi2.71 Mb.
#1671084
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   125
Bog'liq
социал психология Darslik (1)


siyosiy-huquqiy omillarmamlakatdagi siyosiy tuzilma, rasmiy 
mafkuraning bor yoki yo’qligi, qonunchilik tizimining mukammalligi, inson 
huquqlarining himoya qilinishi darajasi va boshqalar ham shaxsga ta’sir etadi. 
Masalan, O’zbekistonda xotin-qizlarning davlat va jamiyat qurilishidagi rolini 
kuchaytirishga qaratilgan qator Prezident Farmonlari va Vazirlar Mahkamasining 
qarorlari ularning saylovlardagi ishtirokini, davlat organlariiva qaror chiqaruvchi 
organlar faoliyatidagi ishtiroklari uchun ravon yo’llarni ochib berdi. Shu bois 
bugun mamlkat Parlamentining quyi Palatasida ham, yuqori palatasi – Senatda 
ham xotin-qizlarning ulushi sezilarli darajada oshdi; 

ijtimoiy-madaniy omillar – xalq ma’naviyati, madaniyati, an’analari, 
udumlarining saqlanganligi, dinga munosabatning ijobiy tomonga o’zgarganligi, 
buyuk shaharlar yubileylarining, turli xalqaro va respublika miqyosidagi san’at 
anjumanlarining muntazam o’tkazilib kelinayotganligi, shahar va qishloqlar 
qiyofasining keskin o’zgarib, obodoshlashgani, yoshlar Forumlari, sport 
musobahalari, Universiada, Brkamol avlod sport musobahalari kabilar milliy 
psixologiyada ham shaxs psixologiyasida ham faqat ijobiy fazilatlarning namoyon 
bo’lishiga real zamin yaratdi. 
Shaxsning mikro muhiti – bu umumiy ijtimoiy muhitning bir bo’lagi bo’lib, 
u bu muhitni tashkil etuvchilar bilan kundalik ijtimoiy faoliyatida bevosita 
muloqotda bo’lish imkoniyatiga egadir. Ushbu muhitdagi ijtimoiy munosabatlar 
shaxslararo o’zaro hamkorlik, hamjihatlik, birgalikdagi faoliyatni amalga oshirish 
tarzida kechadi. Bu munosabatlarda bevosita makro muhit ta’sirlari bo’lishi, unda 
har bir shaxsning yosh, jins, guruhiy xususiyatlari, qaysi oilada tarbiyalanganligi 
kabi jihatlar o’z in’ikosini topadi. Ya’ni, mikro muhit har bir alohida holatlarda 
shaxsni o’rab turgan ijtimoiy guruh bo’lib, uning har bir vaziyatdagi o’rni, 
yo’nalganligi , maqsad-muddaolari bo’lishi tabiiydir. 

Download 2.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling