Sotsial psixologiya Darslik


Download 2.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/125
Sana28.08.2023
Hajmi2.71 Mb.
#1671084
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   125
Bog'liq
социал психология Darslik (1)

Ziddiyatli, nizoli shaxs – xulqi bilan motivlari o’rtasida doimo qarama-


91 
qarshilik kuzatiladi, u odamlardan ko’proq kamchilik qidirib, o’zidagi nuqsonlarni 
tan olmaydi. 
Impulsiv shaxs – hamisha hissyotlarga beriladi, o’ylamay gapirish, birovlarni 
dilini og’ritib qo’yish keyin afsuslanish unga xosdir. Ko’pchilik orasida ularni 
fikridan ko’ra o’zini ma’qullatishni istaydi, lekin hamisha ham o’z hukmini 
o’tkazolmay, odamlardan xafa bo’lib yuradi. 
Bu kabi shaxslar oramizda ko’p, lekin har bir shaxsning kimligi, qanday inson 
ekanligi albatta vaziyatga, tarbiyalangan ijtimoiy muhitiga, bajarayotgan 
amallarining, xizmat burchlarining qanday vijdonan ado etilayotganligiga bog’liq. 
Muhimi – har bir shaxs jamiyatda o’zining munosib o’rnini topish, o’zgalar 
manfaatini o’z manfaatlari doirasida tasavvur eta olishi kerak. 
7.3. 
Shaxs 
tomonidan 
ijtimoiy 
ta’sirlarning anglanishi
 
Shunday qilib, shaxs ijtimoiy-psixologik 
mavjudot sifatida hamisha ijtimoiy muhit 
ta’siridabo’ladi va ularni anglaydi. Ijtimoiy normalar, sanksiyalar, rollar ijtimoiy 
mexanizmlar 
sifatida 
shaxs 
xulq-atvorini 
ma’lum ma’noda boshqarib, 
muvofiqlashtirib turishga yordam beradi. Lekin insonning komilligi, uning axloqi, 
ijtimoiy normalar doirasidagi maqbul harakati uning o’ziga ham bog’liqdir. 
Odamning o’z-o’zini anglashi, bilishi va o’z ustida ishlashi avvalo uning diqqati, 
ongi bevosita o’ziga, o’z ichki imkoniyatlari, qobiliyatlari, hissiy kechinmalariga 
qaratilishini taqozo etadi. Ya’ni, ijtimoiy xulq – shaxs tomonidan uni o’rab turgan 
odamlar, ularning xulq-atvoriga e’tibor berishdan tashqari, o’zining shaxsiy 
harakatlari va ularning oqibatlarini muntazam tarzda tahlil qilib borish orqali, 
rollarni muvofiqlashtirishni ham taqozo etadi. 
Shaxsning o’zi, o’z xulq-atvori xususiyatlari, jamiyatdagi mavqyeini tasavvur 
qilishidan hosil bo’lgan obraz – “Men” – obrazi deb atalib, uning qanchalik 
adekvatligi va reallikka yaqinligi shaxsning jamiyatdagi ijtimoiy mavqyeini 
belgilaydi va uning barkamolligi mezonlaridan hisoblanadi.
“Men” – obrazining ijtimoiy-psixologik ahamiyati shundaki, u shaxs 
tarbiyasining va tarbiyalanganligining muhim omillaridan hisoblanadi. Shu nuqtai 
nazardan olib qaralganda, tarbiya – shaxsning o’zi va o’z sifatlari to’g’risidagi 


92 

Download 2.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   125




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling