Sotsial psixologiya (MA’ruzalar to’plami) mavzu-1: ijtimoiy psixologiyaning shakllanishi


Download 450.09 Kb.
bet25/87
Sana08.02.2023
Hajmi450.09 Kb.
#1176144
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   87
Bog'liq
Sotsial psixologiya (MA’ruzalar to’plami) mavzu-1 ijtimoiy psix

6-Mavzu: Kognitivizm nazariyasi
Mavzu rejasi:

  1. Kognitivizm.

  2. Interaktsionizm

  3. Insonparvarlik psixologiyasi.

Tayanch so`zlar: Kognitivizm, Interaktsionizm,Insonparvarlik psixologiyasi
Sotsial psixologiyada kognitivizm
Kognitivizm K.Levin nazariyasi asosida paydo bo`lgan psixologik yo’nalish bo`lib, undagi o’rganish ob’yekti munosabatlar tizimidagi kishilar, ularning bilish jarayonlari, ong tizimiga taalluqli bo`lgan kognitiv holatlar bo’ldi. Kognitiv maktab vakillari (J.Piaje, U.Nayser, J.Bruner, R.Atkinson va b.) inson bilimlarining shakllanish usullari; sensor axborotning hosil bo’lishi, bilish jarayonlari tuzulmaviy bloklarining vujudga kelishi va rivojlanishi, inson bilimi va xulq-atvorining xotirada bilim hosil bo’lishidagi roli, intellektual funksiyalarning rivojlanishi, verbal va obrazli komponentlarning xotira va fikrlash jarayonlaridagi nisbatini o’rganishdi. Ular inson aksariyat hayotiy vaziyatlarda fikrlash xususiyatlariga asoslangan holda qaror qabul qiladi degan xulosaga kelishdi.
Kognitivizm doirasida shunday mukammal nazariya yaratildiki, ular hozirgi kunda ham o`z ahamiyatini yo’qotgani yo’q.
K ognitiv sotsial psixologiyada kognitiv muvofiqlik nazariyasi muhim o’rin egallaydi. Unda insonni motivatsiyalovchi omil sifatida muvofiqlikni izlashga bo’lgan ehtiyoj va uning muvozanatlashgan kognitiv tuzulmasi olib qaraladi. Mazkur nazariyalarga F.Xayderning muvozanatlashtirilgan tizimlar nazariyasi, T.Nyukomning kommunikativ aktlar nazariyasi, Festingerning kognitiv dissonanslar nazariyasi va boshqalar shular jumlasiga kiradi. Ulardagi asosiy g’oya shundan iboratki, shaxs o’ziga o’xshagan shaxslar bilan muloqotga kirishar ekan, doimo munosabatlarda ruhiy mutanosiblik, tenglik bo`lishiga, shu tufayli ziddiyatlardan chiqishiga harakat qiladi. Maqsad - turli ijtimoiy sharoitlarda shaxs xulq-atvorining psixologik sabablarini tushuntirish va ziddiyatlarning oldini olish yo’l-yuriqlarini ishlab chiqishdan iborat.

Download 450.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling