Sotsial psixologiya (MA’ruzalar to’plami) mavzu-1: ijtimoiy psixologiyaning shakllanishi
Sotsial psixologiyada bixeviorizm yo’nalishi
Download 450.09 Kb.
|
Sotsial psixologiya (MA’ruzalar to’plami) mavzu-1 ijtimoiy psix
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sotsial psixologiyada psixoanaliz
Sotsial psixologiyada bixeviorizm yo’nalishi
Bixeviorizm – inglizcha “xulq-atvor” degan ma’noni bildiradi. B ixeviorizm – xulq psixologiyasi bo’lib, u inson va hayvonlar xulq-atvori qonuniyatlari muammolarini o’rganish bilan shug’ullanadi. Bunday ta’rif I.P.Pavlov, V.M.Bexterev, D.Uotson, E.Tolmen, B.Skinner, K.Xallar tomonidan berilgan. Xulq-atvor stimul-reaksiya formulasi asosida o’rganilgan. Reaksiya bu – tashqi stimulga beriladigan javob, uning vositasida individning tashqi muhitga moslashuvi ro’y beradi. Inson xulq-atvori qonuniyatlari tashqi stimul qonuniyatlaridan keltirib chiqariladi. Bixeviorizm yo’nalishlari doirasida o’tkazilgan ijtimoiy psixologik tadqiqotlar avvalo amerikalik olimlar K.Hall va V.Skennerlar nomi bilan bog’liq. Ular va ularning izdoshlari hisoblangan K.Miller, D.Dollard, Dj.Tibo, G.Kelli diada - ikki kishi o’rtasidagi munosabatlarning xilma xil eksperimental ko’rinishlarini tadqiq qilib, ularda matematik o’yin nazariyasi elementlarini qo’lladilar. Diada sharoitida laboratoriyalarda o’tkazilgan tadqiqotlarda asosan mustahkamlash g’oyasini isbot qilishga urinildi. Klassik bixeviorizmdan farqli o’laroq ijtimoiy psixologik bixevioristlar hayvonlar o’rniga laboratoriyaga naqd pulga odamlarni taklif eta boshladilar, shuning uchun ham ularning g’oyasida biologizm va mexanizm tarzda ilgarigi hayvonlarda to’plangan dalillar modelini insonlarda qo’llash hollari kuzatildi. Sotsial psixologiyada psixoanaliz P sixoanaliz – XIX asr oxiri XX asr boshlarida avstriyalik nevrolog Zigmund Freyd tomonidan ishlab chiqilgan. Bu nazariyaga ko’ra, shaxs uch qism: Id, Ego va Superegodan iborat insonning ichki, psixologik hosilasidir. Id – bu anglanmaganlik, bunga biologik ichki sezgilar va insonning hayvonlar bilan umumiy bo’lgan organik ehtiyojlari kiradi. Z .Freyd jinsiy ehtiyojlar va tahdidlilikni, A.Adler – hokimiyatga intilishni, K.Xorni – turli-tuman komplekslarni, E.Fromm – odamning ozodlikka yoki uni cheklashga intilishini ajratib ko’rsatadilar. Bu – shaxsning o’zini anglashi, ya’ni Ego. Superegoga inson qadriyatlari, uning hayotiy maqsadlari, ideallari kiradi. Shaxsning bu uch tarkibiy qismlari, odatda, uyg’unlik holatida bo’lmaydi, ular o’rtasida nevrozlarga, inson ruhiyati va xulq-atvoridagi nuqsonlarga sabab bo’luvchi nizolar yuzaga keladi. S otsial-psixologik nazariyalarning mazkur yo’nalish doirasida tizimga keltirish E.Fromm va Dj.Sallivan nomlari bilan bog’liq. Sotsial psixologiyaning ba’zi bir muammolari K.Yung, A.Adler tadqiqotlarida rivojlantirildi. Psixoanaliz doirasida yechishga qaratilgan ikkita sotsial-psixologik muammoni keltirish mumkin: inson va jamiyat o’rtasidagi konflikt, insonning ijtimoiy cheklovlar bilan to’qnashuvida namoyon bo’lishi va shaxsning ijtimoiy faollik manbalari. Bu oqim ta’sirida T-guruhlar (trening guruhi) o’tkazish amaliyoti, ya’ni odamlarning bir-biriga ta’sir ko’rsatish mexanizmlaridan foydalanish paydo bo’ldi. Psixoanaliz yangi psixologik yo’nalish – gumanistik psixologiyaning kelib chiqishiga turtki bo’ldi (A.Maslou, K.Rodjers). Download 450.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling