Uchinchi muammo bu sotsial psixologik muammolarning sifati masalasi, ya’ni qanday ma’lumotni sifatli, ishonarli deb atash mumkinligi masalasidir. . Sotsial psixologik tadqiqot haqidagi hisobot quyidagi bo‘limlarni o‘z ichiga oladi: - Kirish qismi, bu yerda tadqiqotni o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad, unga sabab bo‘lgan shart-sharoitlar hamda uni kimlar o‘tkazganligi yoziladi.
- Dastur qismi, bu yerda foydanilgan adabiyotlar, tadqiqotning maqsad va vazifalari, ilmiy taxmin gipotezalar beriladi.
Foydalanilgan adabiyotlar Ahrorov V. Sotsial psixologiya. O‘quv qo‘llanma: – Samarqand: SamDU nashri, 2020. – 26-41 betlar. Karimova V. Ijtimoiy psixologiya. – Toshkent: Fan va texnologiya, 2012, – 172 b. - metodlar, sinov bosqichida to‘plangan ma’lumotlar, ularning ishonchliligi qanday usullarda tekshirilganligi yoziladi.
- Gipotezalardan keltirib chiqariladi, ularning qanchalik isbotlanganligi kichik jadvallar Tadqiqot ob’yekti va uslublar empirik tadqiqot ob’yektining xususiyatlari, tanlangan yoki grafiklarda ko‘rsatiladi.
- Xulosa va tavsiyalar ular tadqiqotning mantig‘idan chiqariladi.
- Yakuniy, barcha qilingan ishlar bo‘yicha yakun yasalib, kelajak uchun rejalar belgilanadi.
- Ilova. Bu qismda ishlatilgan uslublar, texnik vositalar bayon etilib, kompyuter dasturlari, statistika ma’lumotlari, katta jadvallar va shunga o‘xshash tadqiqotga taalluqli hujjatlar ilova qilinadi.
. Sotsial psixologiyaning asosiy metodlari. Kuzatish metodi - Sotsial psixologiyada qo‘llanilgan metodlar psixologiyaning boshqa tarmoqlarida ishlatiladigan metodlari nomi bilan hamda maqsadlarga ko‘ra farq qilmasada, sotsial psixologik tadqiqotdagi uslublar o‘ziga xos xususiyatlarga hamda ko‘rinishlarga ega. Bu o‘ziga xoslik avvalo tadqiqot qamrab oladigan sotsial kontekstdan, uning xilma-xil ko‘rinishlarida shaxs va guruhlar psixologiyasidan kelib chiqadi. Metodologik muammolarda aytib o‘tilganidek, sotsial psixologik tadqiqotda nimani o‘rganish qancha vaqt mobaynida o‘rganish kabi muhim muammolar hal etilgandan keyingina tekshirish vositasi va uslublari aniqlanadi
- Kuzatuvchining tadqiqot mobaynida tutgan mavqeiga ko‘ra kuzatish har xil bo‘ladi. Masalan, ba’zi hollarda kuzatuvchi kuzatish ob’yekti bo‘lmish odamlar guruhi bilan birga yashab, ularga qo‘shilib ish tutib, tabiiy sharoitlarda ma’lumot to‘playdi. Bunday kuzatish turi «Birgalikdagi kuzatuv» deb ataladi. Bunday kuzatishning klassik misoliga amerikalik sotsial psixolog U.Uaytning o‘smirlar psixologiyasi, ular guruhidagi sotsial psixologik hodisalarni o‘rganishga qaratilgan mashhur tadqiqotini kiritish mumkin. Rus tadqiqotchilaridan Alimaskin ham tarbiyasi og‘ir o‘smirlar xulq-atvorining sotsial motivlarini o‘rganish maqsadida ular bilan uzoq vaqt mobaynida bo‘lib, ma’lumot to‘plagan
- Hujjatlarni o‘rganish metodi sotsiologiya fanidan kirib kelgan. Bu metodning qator afzalliklari bor. Ulardan muhimlari shundan iboratki, u faoliyatning mahsulini tekshirishga imkon beradi hamda to‘plangan ma’lumotlarning ishonchliligi, matematik qayta ishlash imkoniyatining borligi bilan ajralib turadi. Hujjat deganda og‘zaki (so‘zlangan nutq matnlari, suhbatlarning yozib olgan qismlari, bevosita muloqot) yoki yozma (rasmiy hujjatlar, gazetalar, jurnallardagi maqolalar, xatlar, siyosiy yoki badiiy adabiyot materiallari) holda tavsiya etilgan ma’lumotlar nazarda tutiladi. Ana shu materiallarni ma’naviy jihatdan ham sifat, ham miqdoriy analiz qilish usuli sotsial psixologiyada kontent analiz deb ataladi.
- Ko‘pgina tadqiqotlarda tekshiruvchilarga «proyektiv» savollar ham beriladi. Bunda shaxsga bir qancha hayotiy vaziyatlar, u yoki bu xulq-atvor shakllari taklif qilinib, ular ichidan o‘ziga ma’qul, u ma’qullashi mumkin bo‘lganini tanlash topshirig‘i beriladi. Vladimir Aleksandrovich Yadov shunday hollarda munosabatning kuchini ham aniqlash mumkin, deb hisoblaydi. Masalan, ba’zi odamlar «Mening fikrimga to‘g‘ri kelmaydigan narsani gapirishsa, men hattoki ularni eshitishni ham xohlamayman», deydilar. Sizning fikringiz qanday?
- Ularga to‘laligicha qo‘shilaman.
- Ularga qo‘shilaman.
- Qo‘shilaman, faqat butunlay emas.
- Ularga qo‘shilolmayman.
- Ularga tamoman qo‘shila olmayman.
Do'stlaringiz bilan baham: |