Sotsial psixologiya metodologiyasi va metodlari


Download 195.05 Kb.
bet3/3
Sana08.05.2023
Hajmi195.05 Kb.
#1446348
1   2   3
Bog'liq
SOTSIAL PSIXOLOGIYA METODOLOGIYASI VA Mexrangiz3

Anketa metodi hammaga tanish bo‘lgan usullardan biri. Lekin ko‘pincha anketani o‘tkazgan odam uning tuzilishi qanchalik qiyinligini yoki olingan ma’lumotlarni qayta ishlab, sharhlash qiyinligini tasavvur qilmaydi. Anketaga kiritilgan savollarga ko‘ra anketa ochiq yoki yopiq turlarga bo‘linadi.

Sotsial testlar

  • , testni tuzish, uni ob’yektlarda sinovdan o‘tkazish, hattoki, tayyor testni moslashtirish yuksak bilimlarni, malakani, olimlik odobini talab qiladigan ishdir. Masalan, ingliz olimi Kettel shaxs sifatlarini sinovchi testini ishlab chiqish uchun odamdagi 4,5 mingga yaqin sifatlarni o‘rganishdan boshlagan edi. Ana shulardan ekspertlar yordamida 171 juft dixotomik sifatlarni ajratdi (masalan, kamtar-maqtanchoq, bosiq-tez va shunga o‘xshash). Nihoyat, ular ichidan eng ishonchlilari tanlab olindiki, oxir-oqibat 21 xil shaxs xususiyatlaridan iborat sifatlar kompleksi tanlandi va shular asosida mashhur Kettel testi paydo bo‘ldi. Uning yordamida asosan shaxsdagi introversiya, ekstroversiya, faollik, reallik, ziyraklik darajasi va boshqalar sinaladigan bo‘ldi.

Sotsial psixologik eksprement

  • Laboratoriya eksperimenti odatda maxsus sharoitlarda, maxsus xonalarda, kerakli asbob-uskunalar yordamida o‘tkaziladi. Birinchi marta laboratoriya sharoitida sotsial psixologik tadqiqotni rus olimi Bexterev o‘tkazgan edi. U maxsus asboblar yordamida idrokning aniqligini, xotiraning sifatini, kuzatuvchanlik xususiyatlarini yakka holda va guruh sharoitida solishtirib o‘rgandi hamda guruhning borligi har bir guruh a’zosi psixik jarayonlariga bevosita ta’sir etishini isbot qildi.
  • Laboratoriya eksperimenti keyinchalik B.G.Anan’yev, E.S.Kuz’min, V.S.Merlin, V.N.Myasishev, L.I.Umanskiy va boshqalar tomonidan yanada takomillashtirildi va sotsial psixologiyada apparatura uslubi keng qo‘llanila boshlandi. Masalan. F.D.Gorbov va M.A.Novikovlar tomonidan gomeostat, L.I.Umanskiy tomonidan yaratilgan guruh uchun integratorlar paydo bo‘ldi va amliyotda bir guruh hodisalarni tekshirishda keng ishlatila boshlandi. Masalan guruhiy gomeostat guruhni tashkil etuvchilar o‘rtasida harakatlardagi moslikning bor-yo‘qligini tekshiradi. Bu moslamaning mohiyati shuki, guruh a’zolari yumaloq stol atrofida o‘tiradilar, har bir qatnashuvchi ro‘parasida tablo va o‘zi xohlagan tomonga burishi mumkin bo‘lgan strelka bo‘lib, tekshiruvchi har birining harakatini kuzatib turadi.

Proyektiv metodlar

Proyektiv usullarga mashhur «Rorshaxning siyoh dog‘lari» testini kiritish mumkin (1921). Bu dog‘lar ikki tomonlama simmetrik shaklda berilgan 10 xil dog‘lardan iborat bo‘lib, har bir dog‘ har xil bo‘yoqli fonda ko‘rsatiladi. Tekshiriluvchidan har bir dog‘ning nimani eslatayotganligini aytish so‘raladi. Uning og‘zidan chiqqan so‘zlar, assotsiasiyalarga qarab (ularni kontent analiz qilib), shaxs xususiyatlari haqida xulosa qilinadi


Download 195.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling