Sotsializatsiya kishilarga ijtimoiy-madaniy me’yorlarni singdirish va sotsial rollarni o’zlashtirish sifatida’’


III.BOB.Sharq mutafakkirlarining ijtimoiy-falsafiy ta’limotlari zamonaviy sotsologiyaning muhim manbalari sifatida


Download 80.42 Kb.
bet12/20
Sana25.02.2023
Hajmi80.42 Kb.
#1231453
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20
Bog'liq
2 5258411297527044249

III.BOB.Sharq mutafakkirlarining ijtimoiy-falsafiy ta’limotlari zamonaviy sotsologiyaning muhim manbalari sifatida.
3.1.Sotsologiyaning strukturasi va uning asosiy tarkibiy qismlari.
U sotsiologiya buyuk falsafiy ta’limotlardan yuzaga kelganligini e’tirof etadi va doimo qandaydir falsafiy yondashuvlarga suyanganligini ta’kidlaydi. Sotsiologiya – deb yozadi Dyurkgeym – allaqachon mustaqil fan bo‘lib shakllangan, o‘z predmetiga ega va shu tufayli o‘z ishi bilan shug‘ullanishi kerak. Dyurkgeym asarlari sotsiologiyaning mustaqil fan sifatida qaror topishida muhim rolni o‘ynaydi.
XIX asrning oxiri XX asrning boshlarida sotsiologiyaning rivojlanishiga buyuk hissa qo‘shganlardan biri, bu nemis mutafakkiri Maks Veberdir (1864-1920). Hozirgi kunda M.Veber sotsiologiyasi haqiqiy uyg‘onish davrini boshidan kechirmoqda. Uning falsafiy sotsiologik qarashlarining ko‘p tomonlari yangidan qayta anglanmoqda.
Uning fikricha, ishlab chiqilgan sotsiologik bilim, metodologiyasini tushunish konseptsiyasi, madaniyat, etika, sotsiologiya, din haqidagi ta’limotlari harakat uchun qo‘llanma sifatida qabul qilinmoqda.
Veberning fikricha, sotsiologiya avvalo, inson yoki guruh, odamlarning fe’l-atvori va sotsial faoliyatini o‘rganishi kerak. Veber ko‘plab ilmiy asarlarning, jumladan, “Sotsial-ilmiy va sotsial- siyosiy bilishning obyektvligi”, “Madaniyat haqidagi mantiq fani sohasidagi tanqidiy tadqiqotlar”, “Sotsiologiya” va boshqalarning muallifidir.
Sotsial harakat M.Veberning fikricha odamlarning anglab yetilgan o‘zaro munosabati tizimini tashkil etadi. Bunday holatda u sotsiologiyaning predmeti hisoblanadi.
M.Veber o‘z asarlarida sotsiologiya nazariyasi va metodologiyasiga oid keng qamrovli muammolarni atroflicha muhokama etishga katta ahamiyat bergan. Shunday qilib, M.Veber asarlaridagi ilmiylik va obyektvlik bir-biridan ajralib ketmagan.
Empirik sotsiologiya asrimizning 20 yillaridan boshlab sotsiologiyadagi yetakchi maktablaridan biriga aylandi. Empirik sotsiologiyaga bir qator o‘ziga xos xususiyatlar tegishli bo‘lganligi sababli uni odatda mustaqil oqim sifatida ajratib ko‘rsatadilar.
Empirik sotsiologiyaning vujudga kelishi “sotsial obrazlar” yoki “dalillarni tadqiq qilish” deb atalgan narsalarni e’lon qilishdan boshlangan edi. Bu o‘rinda gap muayyan sotsial dalil va hodisalarni batafsil bayon qilish va ishlab chiqarish to‘g‘’risida boradi. Sotsiologik muammolarni hal qilishning bunday usuli tez orada birinchi bo‘lib AqShda, ayniqsa, keng tarqaldi. Empirik sotsiologiya shakllanishining markazi Chikago universiteti bo‘ldi (uni Chikago “hayot markazi” deb ham atashgan). Bu erda 20-30 yillarda empirik sotsiologiyaning yaqqol rivojlanishini ifodalovchi ko‘p qirrali amaliy tadqiqotlar keng sur’atda amalga oshiriladi. Bu yo‘nalishlar aniq holatlarda kishilar hayot faoliyatlarini mukammal tadqiq etishga qaratilgan edi. Masalan, empirik sotsiologiyaning asoschilari deb hisoblanuvchi U.Tomas va F.Znanetskiy besh tomli “Polyak dehqoni Yevropada va Amerikada” (1918-1920) degan asarida AqShga ko‘chib kelgan polyak dehqonlarining hayotini batafsil tahlil qildilar. Bunda ular ashyoviy dalilardan, shaxsiy hujjatlardan – 28 polyak oilasining shaxsiy yozishmasi, ayrim kishilarning tarjimai holi, anketalar va shu kabi bir qancha materiallardan keng foydalandilar.
Bu sotsiologiyada tadqiqotlar o‘tkazishning yangi turi bo‘lib, unda zamon va makon bilan cheklangan juda ko‘p dalillar o‘rganilar, ammo, odatda jamiyat hayotning muhim tomonlari qonuniyatlariga oid umumlashtiruvchi tekshirishning maxsus tartibi va texnikasi ham qo‘llanila boshladi: kuzatish, intervyu, anketa tarqatish, hujjatlarni o‘rganib chiqish, tajriba o‘tkazish va modellashtirish to‘plangan materiallarni statistik jihatdan ishlash, diagramma, grafiklar tuzish kabilar.
Ommaviy so‘rovlar usuli va texnikasi rivojiga J.G.Gellapning “Jamoatchilik fikrini o‘rganish Amerika instituti” faoliyati katta rol o‘ynaydi. U 30- yillarda 10 kunlab davom etadigan umummilliy so‘rovlarni o‘tkazdi.
XX-asrning 20-yillaridan boshlab Amerika shtatlari jahon sotsiologiyasi rivojida yetakchi mavqeini egalladi. AQShda sotsiologiyaning fan sifatida jadal rivojlanishida quyidagi omil muhim rol o‘ynaydi. Kapitalizmning yuqori bosqichga ko‘tarilishi, Yevropada sinfiy kurashning kuchayishi natijasida mavjud ijtimoiy–iqtisodiy va siyosiy ziddiyatlarni hal etishga qaratilgan empirik tadqiqotlarning katta hajmda to‘planganligi AQShda sotsiologiyaning fan sifatida jadal rivojlanishiga sabab bo‘ldi. Bu yerda sotsiologiya dastlab universitet fani sifatida shakllandi. 1892-yilda jahonda birinchi marta Chikago universitetida sotsiologiya kafedrasi va fakulteti ochildi. 1901 yilda sotsiologiya 196 universitet va kollejlarda fan sifatida o‘qitilgan bo‘lsa, 80-yillarning oxirlariga kelib raqam 250 ni tashkil qildi.
AQShda sotsiologiya o‘zining ilk davridayoq amaliy-empirik fan sifatida shakllandi. 1910-yildayoq mamlakatda 3000 dan oshiq empirik tadqiqotlar o‘tkazilgan edi. Hozir bu ko‘rsatkich 2 baravardan oshib ketdi. Sotsiologik tadqiqotlar o‘zining juda katta moliyaviy asosiga ega. Sotsiologik tadqiqotlar o‘tkazish uchun yiliga 2 milliard dollar ajratiladi. Bu harajatlarning yarmini hukumati, qolgan yarmini xususiy biznes o‘z zimmasiga olgan. AQShda hozirga kelib 100 ming sotsiolog mutaxassislar faoliyat ko‘rsatmoqda. Hukumat va mulk egalari sotsiologiyaga sotsial ziddiyatlarni hal etish quroli sifatida, ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash vositasi, ijtimoiy nazorat va boshqaruv omili, mehnat unumdorligini oshiruvchi kishilarning moddiy va ma’naviy munosabatlarni tartibga solib turishning ilmiy asosi sifatida jiddiy e’tibor berib kelmoqdalar. Empirik tadqiqotlar muntazam ravishda olib borilishi fundamental metodologik va nazariy asosning ishlab chiqarilganligi, uning matematik statistik, kompyuter texnologiyasi yuqori darajadaligi, modellashtirish va sotsial eksperimentlarning yuqori saviyada olib borilishi oqibatida hozirga kelib AQShda sotsiologiya aniq prognozlar beruvchi fanga aylangan.
XX – asrning 20-yillaridan boshlab AQSh sotsiologiyasida mehnat munosabatlari, insoniy munosabatlarni o‘rganish yangi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarga o‘tish jarayonlarini tezlashtirdi. Masalan, 1927-1932 yillarda E.Meyo rahbarligida mehnat va boshqaruv munosabatlarini o‘rganishga qaratilgan va Xotorn eksperimentlari nomi bilan mashhur bo‘lgan sotsiologik tadqiqotlar (bu tadqiqotlar g‘arbiy Evropani larzaga solgan kuchli iqtisodiy tanazzul davrida o‘tkazilgan bo‘lib uning o‘z oldiga qo‘ygan maqsadi – ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning qo‘shimcha omillarini qidirib topishdan iborat edi). Shu asosda 1943 yilda Abraxaam Maslou tomonidan ishlab chiqarilgan “Iste’molning iyerarxik nazariyasi” yaratildi va amaliyotda qo‘llanildi. Keyinchalik, shu nazariya asosida 1950 yili F.Xertsberg tomonidan “motivatsiya nazariyasi” (mehnat sharoitlarining ichki va tashqi omillari haqidagi nazariya) va 1957 yili D.Makgregor tomonidan “boshqaruv usullari nazariyasi” yaratildi (bunda boshqarishning 3 asosiy usullari – avtoritar, demokratik va aralash tip haqida fikr yuritiladi). F.Xersberg nazariyasiga ko‘ra, faqat ichki omillar mehnat mazmunini, mehnatdan qoniqishni oshiradi. Mehnat sharoitlari: ish haqi, shaxslararo munosabatlar, korxona rahbariyatining tutgan siyosati, boshqaruv usuli va boshqa shu kabilarga tashqi omillar sifatida qaraydi.
Bu omillar mehnatdan qoniqmaslik darajasini pasaytirib, kadrlarni, mutaxassislarning korxonaga bog‘lanishini mustahkamlaydi. Ammo, bu omillar mehnat unumdorligining oshishiga hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatmaydi, bu bilan F.Xertsberg quyidagi o‘zaro bog‘liqlikni asoslaydi: mehnatdan qoniqish hosil qilish mehnat mazmunining funksiyasidir. qoniqmaslik esa mehnat sharoitining funksiyasidir.
60-yillarda AQSh nazariy sotsiologiyasi fenomenologik yo‘nalishning kuchayganligi bilan xarakterlanadi. Fenomenologik sotsiologiyaning shakllanishi A.Shnetts nomi bilan bog‘liq. O‘z mohiyatiga ko‘ra, fenomenologik sotsiologiya antipozitiv yo‘nalishda bo‘ldi. AQShda yana bir antipozitiv sotsiologik yo‘nalish - simvolik interaktsionizm bo‘lib, unga G.Blumer asos solgan. “Yangi sotsiologiya” nomi bilan atalgan uchinchi antipozitiv sotsilogik yo‘nalish Ch.R.Mills nomi bilan bog‘liq. Simvolik interaktsionizm, fenomenologik sotsiologiya, “yangi sotsiologiya”, konflikt sotsiologiyasi, ijtimoiy ayirboshlash nazariyasi, neofunktsionalizm va boshqa shu kabi nazariyalar – hozirgi zamon sotsiologiyasining asosiy yo‘nalishlari hisoblanadi.
Amerika sotsiologiyasida 60-yillarga qadar marksistik g‘oyalar ta’siri yo‘q edi. 60-yillardan boshlab AQShda marksistik sotsiologiyaga qiziqish orta bordi. 70-yillarda R.Fridrix kabi sotsiologlar “dialektik sotsiologik” dasturini ishlab chiqish g‘oyasi bilan chiqdilar. Unga ko‘ra, marksistik va nomarksistik sotsiologik nazariyalar, kontseptsiyalar o‘rtasidagi ziddiyatli ajralishni bartaraf qilish masalasi ilgari surilgan.
Rossiyada sotsiologik g‘oyalar umujahon sotsiologik fanining bir qismi sifatida rivojlangan. Tadqiqotchilar Rossiyada sotsiologik g‘oyalar rivojlanishining 3 bosqichini ajratib ko‘rsatadilar. Birinchi bosqich – XIX asr o‘rtalaridan to 1918 yilgacha, ikkinchi bosqich – XX asr 20-yillari boshidan to 50-yillar oxirigacha; uchinchi, 60-yillar boshidan to bizning kunimizgacha.
Birinchi bosqich, avvalo P.Lavrov (1828-1900) va N.M.Mixaylovskiy (1822-1904) lar kabi yirik sotsial mutafakkirlar faoliyati bilan bog‘liq. Ular tomonidan rivojlantirilgan sotsial g‘oyalar “sub’ektiv sotsiologiya” nomini olgan. Bunday yo‘nalishdagi g‘oya P.Lavrovning 1870 yildagi mashhur tarixiy xatida birinchi marta ta’riflab berilgan. “Sub’ektiv sotsiologiya” namoyondalari ijtimoiy taraqqiyot nazariyasini ishlab chiqishga e’tibor berdilar.
Lavrovning fikricha ijtimoiy taraqqiyotning mohiyati – madaniyatni qayta tashkil etish: shaxsan an’anaviy tur, qotib qolgan ijtimoiy formalarni o‘zgaruvchan, jo‘shqinlikni ifodalovchi tuzumlar va munosabatlar bilan almashtirish zarur. Sub’ektiv sotsiologlar andozalarida shaxs asosan harakatga keltiruvchi kuch sifatidagina emas, shuningdek ijtimoiy hayotning o‘lchovi hamdir.
Ijtimoiy taraqqiyotning oliy maqsadi shaxsning har tomonlama kamol topishi uchun xizmat qiladigan munosabatlarni yaratishdan iborat.
Sub’ektiv sotsiologiya bilan bir qatorda, o‘sha davr sotsial fanida sezilarli rolni M.M.Kovalevskiy (1857-1916) ning asarlari o‘ynaydi. Kovalevskiy sotsiologik nazariyasining mohiyatim sotsial guruhlar, sinflar va xalqlar o‘rtasidagi birdamlikdir.
Rossiyada sotsial fikrni rivojlantirishda sezilarli rolni Yu.Yasonning “Rossiya va g‘arbiy Yevropa davlatlarining siyosiy statistikasi” asari o‘ynaydi. Sotsiologiyani tavsiflash, sinflar haqida nazariyalarga bag‘ishlab Rossiya sotsiologlari A.Bogdanov, V.Shumyatnikov, P.Sorokin, K.Taxraev asarlari yuzaga keldi.
1918-1919 yillarda Peterburg va Yaroslavl’ universitetlarida sotsiologiya kafedralari tashkil etildi.
P.A.Sorokin (1889-1969) yirik olim va jamoat arbobi bo‘lib, Rossiya sotsiologiyasi rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan.
Ikkinchi bosqichda nazariy sotsiologiyaning rivojlanishi davom etdi. 1920-yillarda P.A.Sorokin “Sotsiologiya asoslari”, 1922-yilda M.S.Solinskiyning “Odamlarning sotsial hayoti”, 1922-yilda M.M.Xvostovning “Sotsiologiya asoslari asarlari”, 1928-yilda N.A.Buxarinning “Tarixiy materializm nazariyasi” asarlari chop etildi. 1974-yildan boshlab ixtisoslashgan maxsus “Sotsiologik tadqiqotlar” jurnali chiqa boshladi. 1988-yildan boshlab Moskva, Leningrad, Sverdlovsk, Kiev universitetlarida sotsiologiya fakultetlari faoliyat ko‘rsata boshladi.
Sovet tuzumi davrida tarixni materialistik tushunishga sinfiy va partiyaviy yondashishni absolyutlashtirish oqibatida umumsotsiologik qonuniyat mohiyatiga putur yetkazildi. Jamiyat taraqqiyotni bir tomonlama bo‘rtirib tushuntirish oqibati sub’ektivizmga, volyuntrizmga olib keldi. Sotsiologiya falsafa va boshqa ijtimoiy fanlar singari siyosatga bo‘ysundirilib, uning xizmatkoriga aylantirildi. Sotsiologiyaning asosiy ijtimoiy vazifasi muayyan andozaga solingan, oldindan qat’iy belgilangan siyosiy buyurtmani bajarishdan iborat bo‘lib qoldi. Mavjud mafkura doirasidan chiqish qat’iy ta’qiqlandi.
Shunday qilib, o‘sha davr ijtimoiy fanlar uchun metodologik asos qilib olingan tarixni materialistik tushunishdan chetlashildi. Ijtimoiy ong ijtimoiy hayotni emas, balki ijtimoiy borliq ijtimoiy ongni belgilaydi, degan materialistik mohiyatga ega bo‘lgan umumsotsiologik qonuniyatga xilof ravishda ish yuritildi.
Sovet Ittifoqi davrida sotsiologiyaning fan sifatida rivojlanishi uchun to‘la imkoniyat bo‘lmadi. Buning asosiy sababi demokratiyaning yo‘qligi, ijtimoiy munosabatlarga faqat sinfiylik, partiyaviylik nuqtai nazardan qaralganligi bo‘ldi. Sotsiologiya esa faqat to‘la qonli demokratiya bo‘lgandagina fan darajasida amal qiladi. Chunki, sotsiologiya mohiyat e’tibori bilan jamiyat hayotining o‘zaro bog‘liq bo‘lgan siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy va ijtimoiy turmush sohalari rivojlanish va funksional qonunlarini obyektv jihatdan umumiy tahlil qiladi.
Binobarin, empirik tadqiqot darajasida olingan ma’lumotlar o‘rganilayotganda ob’ektning salbiy jihatlarini ham ifodalash mumkin.
Kishilarning davlat siyosatiga, mavjud siyosiy rejimga munosabatini, moddiy turmush darajasini, kayfiyati, intilishlari va shu kabi munosabatlarini sotsiologik tadqiq qilish orqali mavjud ijtimoiy-siyosiy holat yuzaga chiqariladi. Faqat to‘la qonli demokratik tuzumdagina mavjud siyosiy kuchlarning fikrlar xilma-xilligiga yo‘l qo‘yiladi.
Sotsiologiyada tadqiqot natijasi qanday bo‘lishidan qat’iy nazar ilmiy asoslangan va obyektv xarakterda bo‘lishi talab qilinadi. Agar davlat demokratik asosda boshqarilmasa, hokimiyat tepasidagi siyosiy kuchlar manfaatiga xizmat qilmaydigan har qanday ilmiy sotsiologik tadqiqotdan voz kechiladi va u ta’qiqlanadi. Siyosiy ideologiyaga bo‘ysundirilgan sotsiologiya o‘zining ilmiyligini yo‘qotib sub’ektiv, sun’iy va soxta xususiyatga ega bo‘lib qoladi.
Sotsiologiya fan sifatida Garbiy Yevropada rivojlangan bo‘lishiga qaramay fan sifatida o‘qitilish birinchi bo‘lib AQSHda boshlandi. Birinchi sotsiologiya kafedrasi 1892 yilda AQSHning Chikago Universitetida tashkil etildi va unga Albion Smoll rahbarlik qilgan. 1913 yilda Fransiyaning Sarbonna Universitetida sotsiologiya kafedrasi tashkil etildi va unga Emil Dyukgeym rahbarlik qilgan.
1919 yilda Rossiyada Pitirim Sorokin rahbarligida sotsiologiya kafedrasi
Petrograd Universitetida tashkil etildi.

Download 80.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling