Sotsializatsiya kishilarga ijtimoiy-madaniy me’yorlarni singdirish va sotsial rollarni o’zlashtirish sifatida’’


Download 80.42 Kb.
bet15/20
Sana25.02.2023
Hajmi80.42 Kb.
#1231453
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
2 5258411297527044249

Fanda struktura tushunchasi. Struktura bu fandagi asosiy elementlar ularning joylashishi munosabati va tartibidir. Struktura bevosita fanning rivojlanish darajasi va uning elementlariga bog‘liqdir. Fanning rivojlanib borishi davrida uning elementlari bir tizimga to‘planib, bu sistema orqali esa bilimlarni tashkil qilish vositaligi tayinlanadi. Buning natijasida esa nazariy, metodologik, metodik va boshqa elementlar o‘rganilayotgan voqelikni (reallikni) yaxlit ko‘rinishda aks ettiradilar. Sotsiologiyaning strukturasini har xil tahlil qilish mumkin. Ayniqsa, bu strukturani aniqlash nazariy sotsiologiya, metodologiya va empirik tadqiqotni ajratib olishlik bilan ko‘pincha yuzaga keladi.
Lekin bu sotsiologiyaning komponentlarini ajratib olish umumiyroq manoga ega, natijada esa fanning murakkab va har xil ko‘rinishga ega bo‘lgan strukturasining mazmuni kashf etilmaydi. Shuning uchun to‘laroq va har tomonlama hususiyatga ega bo‘lish bilangina sotsiologiyani strukturasini ko‘rsatib berish lozim. Sotsiologiya strukturasida fundamental va amaliy yo‘nalishlarni, nazariy va empirik tadqiqotlarni, maxsus va tarmoq sohalarni ajratib ko‘rsatish darkor. Ular bir-birlari bilan juda murakkab o‘zaro dialektik aloqodorlar. Ayrim hollarda bir-birlariga qo‘shilib ketadilar, boshqa holatlarda esa bir-birlarin inkor qiladilar. Tadqiqotimiz ilmiy, teran bo‘lishligi uchun sotsiologiya strukturasini bu elementlarini alohida tahlil qilib chiqishga harakat qilamiz.
Fundamental sotsiotsiologiya. Fundamental sotsiologiya boshqa elementlardan o‘zinig hal qilayotgan muammolarining darajasi va ahamiyati bilan farq qiladi. Fundamental sotsiologiya mohiyatidan muammolar, abstraksiyannng (mavxumlik) oliy darajasi bilan shug‘ullanib, sotsial olamning taraqiyoti va borligi uchun zarur bo‘lgan umumiy qonun va qonuniyatlari izlash bilan faoliyat ko‘rsatadi. Fanning asosini ijodiy ishlashning uchta asosiy aspektini ajratib ko‘rsatish mumkin. Birinchisi, ontologik, ya’ni sotsial voqelikni mohiyati masalalarini yanada aniqroq aytadigan bo‘lsak sotsiologiya obyektni, uning faoliyat ko‘rsatish shakllarini tahlil qilib o‘rganadi. Ma’lumki, sotsial dunyo murakkab ko‘p qatlamlik, dinamik va o‘zgaruvchanlik hususiyatiga egadir. Ontologiya borliq haqidagi ta’limot sifatida falsafada vujudga keladi va ushbu fanning bosh mavzusi hisoblanadi. Nafaqat bilishning shakl va metodlarini qayta ko‘rib chiqish ehtiyoji paydo bo‘ldi va yana sotsiologiyaning obyektni mohiyati, bilishning darajalari va mezonlarini ham qayta ishlash zaruriyati tug‘ildi. Ontologik muammo masalalarini sotsiologiyadagi barcha nazariy yo’nalish vakillari o‘zlaricha hal qilishga harakat qilganlar.
Ayniqsa, sotsiologik muammoga ekzistensional va fenomenologik maktablar chuqur e’tibor bilan qaraydilar. Lekin realistik yo‘nalish vakillari tomonidan ham bu muammoga kengroq e’tibor beradilar. Sotsial reallik insonlarning mustahkam o‘zaro harakati yangilanayotgan strukturaning natijasi sifatida tushuniladigan sinflar, jarayonlar va interpretatsiyadir.
Realistik yo‘nalish reallikni har hil darajasi, tabaqasini ajratib tahlil qildiki, bular shunday jabhalardir real, aktual va empiriklikdir. Bu intilishlar esa metodologik munosabat sifatida juda muhimdir. Reallikning ushbu jabhalari orasidagi o‘zaro borliqlik ularning sotsial voqelikni shakllantirishdagi o‘rni va ahamiyatining tashkil etilishi ushbu yo‘nalishning beqiyos xizmatidir.
Fundamental sotsiologiya nafaqat nazariy asoslarni ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi, binobarin bilishning umumsotsiologik fundamental prinsiplarini ham keng ma’noda ishlab chiqadi. Sotsiologik bilishning mohiyati vazifalari, bilimlarning obyektivligi, u yoki bu prinsip va yondoshishlarni qo‘llash ham fundamental sotsiologiya muammolari majmuasiga taalluqlidir.
Fundamental sotsiologiyaning maqsadi — bu sotsial olamning to‘liq tasvirini yaratashdir va bu sotsial olamning taraqqiyot manbai va shakllarini aniqlashdir. Ilk bor fundamental nazariyalar tabiiy fanlar taraqqiyotiga tayangan, ayniqsa biologiya va fizikaga. Sotsiologiya fanining asoschilari huddi shu fanlarning eksperimental va empirik negizga o‘xshagan negiz asosida yangi sotsial fanni yaratishmoqchi bo‘ldilar. XIX asrning ikkinchi yarmidagi yo‘nalishlar —pozitivizm, naturalizm va psixologizm sotsial hayotning doimiy harakatlanuvchi mexanizmini kashf etish, sotsiologiyada empirik metodni yaratish uchun o‘z kuch-g‘ayratlarini birlashtiradilar.

Download 80.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling