Sotsializatsiya kishilarga ijtimoiy-madaniy me’yorlarni singdirish va sotsial rollarni o’zlashtirish sifatida’’


Download 80.42 Kb.
bet19/20
Sana25.02.2023
Hajmi80.42 Kb.
#1231453
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
2 5258411297527044249

Sotsiologiyada organik maktab— XIX-asrning oxiri XX-asrning boshlarida shakllangan, ijtimoiy jarayonlarni tirik organizmlarga qiyoslab o‘rganuvchi, qiyosiy va iqtisodiy o‘zgarishlar mohiyatini biologik qonuniyatlar vositasida tadqiq etuvchi sotsiologik yo‘nalish.
Jamiyatni biologik jarayonlarga o‘xshatishga bo‘lgan moyillik O.Kont, G.Spenser, T.Gobbs asarlarida sezilib tursada, P.F.Lilienfild, A.Sheffle, R.Vorms, A.Espinaslar tomonidan jamiyat organizmning aynan o‘zi deb ham talqin etildi. Ular jamiyatni siyosiy boshqarishni, ya’ni hokimiyat funksiyasini insonning bosh qismiga, savdo-tijorat, oldi-berdi munosabatlarini odamning qon aylanish xususiyatlariga, jamiyatning ishlab chiqarish tizimini esa insonning oshqozon-ichak faoliyati bilan qiyosladilar. Sotsiologiyada organik maktabning nazariy qarashlari ilmiy asoslardan yiroq bo‘lib, ijtimoiy voqelikka xos bo‘lgan qator hodisalar: “qarama-qarshiliklar”, “etnik mojarolar”, “sinfiy munosabatlar” ilmiy tadqiq etilmay kelindi yoki bu hodisalarni ba’zi hollarda jamiyatning kasallik holati deb yuzaki talqin etishga urinildi. Sotsiologiyada organik maktab tarafdorlari jamiyat rivoji evolyusion negizlarda taraqqiy etishini asoslashga intildilar.

Xulosa:
Sotsiologiyadagi yo‘nalishlar – sotsiologiya fan sifatida shakllanganidan beri vujulga kelgan yo‘nalishlar. Ularning ba’zilari tobora rivojlanmoqda, boshqalari eskirib,tarixiy ma’lumot sifatida ahamiyat kasb etmoqdalar. Hozirgi zamon sotsiologiyasida “Worterbuch der Soziologie” kitobida ko‘rsatishicha, quyidagi asosiy yo‘nalishlar mavjud :
1) Matematik yo‘nalish – sotsiologik tadqiqotlarda oddiy bilimlarni yaqqolroq ko‘rsatish uchun matematik usullarning qo‘llanilishi; (Pareto).
2) Fizikalistik yo‘nalish (sotsial fizika, sotsial mexanika, sotsial energetika). Sen-Simon bu yo‘nalishning birinchi vakili edi. XIX-asrda bu yo‘nalish Kont, Spenser va J.S.Miller tomonidan rivojlantirildi. Ijtimoiy hodisalarni energetizm nuqtai nazaridan talqin qilish (V.Ostvald) ham bu yo‘nalish ichidagi maktab yaratilishiga olib kelgan;
3) Sotsial biologik yo‘nalish - jamiyatni ijtimoiy organizm sifatida talqin etishga asoslanadi: irsiyat va o‘zgaruvchanlik, tabiiy va sun’iy tanlash, moslashish, hayot uchun kurash bu tafakkur uslubining asosiy tushunchalaridir (Spenser va boshqalar);
4) Ijtimoiy-antropologik yo‘nalish irqlar va ijtimoiy tashkilotlar o‘zaro bog‘liqligi muammolari bilan shug‘ullanadi (J.Gobino va F.Galton);
5) Antrogeografik,ijtimoiy geografik va etnologik yo‘nalishlar (Boden, Monteske, Gerder, Gumboldt, Bokl va boshqalar);
6) Tarixiy falsafiy, universal-tarixiy yo‘nalishlar odamni tarixiy mavjudot, ijtimoiy hodisalarni esa – madaniyat mahsuli sifatida qarashadi. Bu yo‘nalishning vakillari Kondorse, Sen-simon, Kont, Paul Bart, Oppengeymer, Alfred Veber, K.Mangeym, Sheler, Trelch va Freyer.);
7) Psixologik va sotsial psixologik yo‘nalishlar hamma ijtimoiy hodisalar ruhiy tomondan belgilangan, shuning uchun ham ularni ruhiyat(psixika) orqali bilish mumkin deb hisoblaydilar.(Tard,Lebon va boshqalar.);
8) Universalistik yo‘nalishlar – jamiyatni antisub’ektivistik talqini bo‘lib, u ijtimoiy tartibotni bir butun sifatida ko‘rilishi zaruriyatidan kelib chiqadilar. Bu yo‘nalish F.Akvinskiyga borib taqaladi, uning asosiy vakili – O.Shpann;
9) Sinflar nazariyasi ijtimoiy tabaqalanishni iqtisodiy omillar belgilaydigan manfaatlar bilan tushuntiradi (qarang.: Tarixiy materializm). O‘rta tabaqa(sinf ) nazariyalari ijtimoiy kuchlar (boylar-kambag‘allar, mulkdorlar-mulksizlar) to‘qnashuvlari ijtimoiy ierarxiyadagi o‘rta tabaqalarni yo‘qolishiga olib kelishi mumkinligini ta’kidlashadi. (V.G.Ril va boshqalar). O‘rta sinfni saqlab qolish jamiyat barqarorligini saqlab qolish demakdir;
10) Formal yoki sof sotsiologiya - sotsiologiyaning predmeti va obyektni shakl va mazmun nuqtai nazaridan talqin qilgan holda, uning vazifalarini aniqlashdan kelib chiqadi. Sotsiologiya empirik fan bo‘lib, u markazida o‘zaro ta’sir etadigan ijtimoiy aloqalar shakllarini o‘rganadi. (G.Zimmel va boshqalar);
11) Fenomenologik yo‘nalish - Gegelning “Ruh fenomenologiyasi”ga borib taqaladi. Sotsiologiyadagi bu yo‘nalish falsafadan kelib chiqqan, ayniqsa, Gusserl, Sheler va Xaydeggerlar tomonidan keng ishlangan. Bu yo‘nalish mohiyatni mushohada qilishga, ijtimoiy hodisalar mushohadasi materiallarini intuitiv bilish va mantiqlashtirishga harakat qiladi;
12) Ijtimoiy-iqtisodiy yo‘nalish o‘z tadqiqotining predmeti sifatida o‘zaro aloqador bo‘lgan xo‘jalik (iqtisodiyot) va jamiyatni oladi. Bu yo‘nalish Veber, Zombart, Oppengeymerlar tomonidan ishlab chiqilgan;
13) Madaniy falsafiy va madaniy sotsiologik yo‘nalish (Vindelband,Rikkertlarning tabiat va madaniyat fanlarini ajratganliklarini ko‘zda tutgan holda) tarixiy olamning tuzilishi to‘g‘risidagi ta’limot doirasida sotsiologiyadagi “madaniyat” tushunchasiga alohida o‘rin beradi;
14) Induktiv analitik yo‘nalish empirik-statistik metod orqali konkret tajribada hosil bo‘ladigan materiallar bilan ish ko‘radi. U ayniqsa, AQSHda rivojlangan.Uning shiori – ilgaridan tayyorlangan usullar (masalan, testlar, anketalar) yordamida konkret ob’ektlar amaliy ishlashdir. Olingan natijalar sotsiogramma va sotsiografik shartli tasvirlarda aks ettiriladi. Bularning hammasining asosiy maqsadi – amaliyotda qo‘llanilishdir. Huquq, madaniyat, san’at, adabiyot, xo‘jalik va ishlab chiqarish, texnika, mehnat, oila, moliya, pedagogik, bilim, din sotsiologiyasi va hokazo maxsus sotsiologiya fanlari hisoblanadi. Sotsiologiya natijalarini amaliy tadbiq etishga qaratilgan barcha urinishlar va ularga ijtimoiy-islohotchilik va ijtimoiy-siyosiy nuqtai nazardan baho berishning umumiy atamasi amaliy sotsiologiyadir.


Download 80.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling