(O`.Hoshimov, "So`qqabosh bevagina")
Sotsiolingvistikaning tadqiq manbai nutq jarayoni va uning birliklaridir. Shu xususiyati bilan sotsiolingvistika tilshunoslikning barcha maktab va oqimlaridan tubdan farq qiladi. Sotsiolingvistika ma'lum bir sharoitda ma'lum bir axborotni nutq birliklari vositasida tinglovchiga yetkazish, bu nutq parchasida so`zlovchi belgi-xususiyatlarning in'ikosi, uning tinglovchiga ta'siri masalalarini o`rganadi va o`rgatadi. Masalan:
- Starshina bu gal ham yumshadi.
- -Xorosho… keyin-chi?
- -Shu… ovqat yedik.
- -Qanaqa ovqat.
- -Sosiska.
- -Necha porsiya.
- -Men bir porsiya, mana bu bir yarim.
- -Sherigingiz o`zi uchun javob beradi.
- -I tak, qancha o`tirdingiz kafeda.
- -Bir soatcha.
- -Tish do`xtiriga qatnab turasizmi.
- -Nima edi - dedim hayratlanib.
- -Savolni men beraman, postradavshiy. -Xolmirza… tois, Xolmurodov!
- -Tishingizning mazasi yo`qmi.
- -Yo`q-e, tishim butun.
Sotsiolingvistika o`zbek tilining mukammal va betakror ohanglaridan o`z o`rnida foydalana olish, o`ynab gapirsa ham o`ylab gapirish, qopib emas, topib gapirish yo`llarini o`rgatuvchi fandir. Shuningdek, ona tilida ta'sirli nutq ayta olish, aytilmoqchi bo`lgan fikrga mos libos tanlay bilish, maqsadga muvofiq lisoniy ifodalarni tanlay olish, so`z bilan tinglovchining faqat qulog’ini emas, balki qalbini ham zabt eta olish kabi sirlarni o`rgatadi. Zotan, nutqning go`zalligi, tilning burroligi, lisoniy ifodaning aniqligi inson uchun o`ziga xos husndir, bu husn oxir-oqibatda jamiyatning, millatning husnini ko`rsatadi. Masalan: - Sotsiolingvistika o`zbek tilining mukammal va betakror ohanglaridan o`z o`rnida foydalana olish, o`ynab gapirsa ham o`ylab gapirish, qopib emas, topib gapirish yo`llarini o`rgatuvchi fandir. Shuningdek, ona tilida ta'sirli nutq ayta olish, aytilmoqchi bo`lgan fikrga mos libos tanlay bilish, maqsadga muvofiq lisoniy ifodalarni tanlay olish, so`z bilan tinglovchining faqat qulog’ini emas, balki qalbini ham zabt eta olish kabi sirlarni o`rgatadi. Zotan, nutqning go`zalligi, tilning burroligi, lisoniy ifodaning aniqligi inson uchun o`ziga xos husndir, bu husn oxir-oqibatda jamiyatning, millatning husnini ko`rsatadi. Masalan:
- Tursunboy to`yonaning kattasi bo`yniga shilq etib tushay, deb turganini payqadi-yu, g’ingshidi:
- -Endi, domlajon, tengi chiqsa, tekin ber deganlari juda to`g’ri. Uyqu joy tanlamas, muhabbat chiroy deganlaridek, singlimizga shunday odam xaridor bo`pti, bor-baraka qilib to`yni o`tkazib yuboravering.
- -Yo`q, uka, boshqa gap bor, -domla Obodiy xo`rsindi. -Osilsang baland dorga osil debmizu, bu yog’ini o`ylamabmiz. Bor tovog’im, kel tovog’im, deb bejiz aytishmagan. Garnitur qilish kelin tomonning vazifasi. O`zing bilasan, kuyovni payg’ambarlar ham siylagan.
- -Albatta, domlajon, albatta, Kelinni kelganda ko`r, sepini yoyganda ko`r, deb turganlar bordir.
- -Barakalla, qush tilini qush biladi-da! Domla ma'qullab bosh silkidi. -qatorda noring bo`lsa, yuking yerda qolmaydi, deb shuni aytadi-da! Yaxshiyam sendek norim bor!
Do'stlaringiz bilan baham: |