Sotsiolingvistika va diskurs
Download 0.66 Mb.
|
SotsiolingvistikaUMK
- Bu sahifa navigatsiya:
- 11-Ma’ruza. Interferensiya va uning turlari. Reja: Interferensiya hodisasi Interferensiya va uning turlari.
Gender variativlik Sotsiolingvistikada ijtimoiy variativlikdan tashkari, gender variativligini ham kuzatish mumkin. Masalan, yapon tilida erkak va ayollarning nutqiy muomalasi bir-biridan keskin farq qiladi. Erkakning “ayolcha” gapirishi yoki aksincha, ayolning “erkakcha” gapirishi jiddiy quligili holatlarni keltirib chikaradi. Yapon tilidagi erkak va ayol variantlarining farqi til tizimining barcha sathlarida namoyon bo’ladi. Fonemalar va ulaming mos'iashuvidagina bir xiilik mavjud bo’lib ,ularning urg‘usida farqlanish ko‘zga tashlana boshlaydi. Ayniksa, grammatika va leksika sathida ikki variantning bir-biridan ajralishi ko’proqkuzatiladi.
yuklamalarni boshqa tilga tarjima qilish o‘ta qiyinchilik tug‘diradi. Xullas, sotsiolingvistikada til belgilarining variativligi til egasining ijtimoiy xususiyati (tilning ijtimoiy differensiatsiyasi), nutq muloqoti vaziyati (tilning funksional differensiatsiyasi) va nutq egasining jinsi(tilning gender xususiyatlari) kabi oichovlarga bog’ lik bo’ladi. Mustahkamiash uchun savollar: 1. Tilning qayta ifodalash kobiliyati nimaq 2. Variativlik nutqiy kommunikatsiyaning qaysi darajalarida namoyon bo’ladiq 3. Fonetik yoki leksik variativlikka misol keltiringq 4. “Lisoniy variativlik” termini izohlang. 5. Variativlikni nemis tilshunoslari qanday izohlashganq 6 . Tilning ichki differensiatsiyasining jamiyat ijtimoiy strukturasi bilan aloqasini tushuntiring. 7. Til va nutqning ijtimoiy variativligi nima bilan tavsiflanadiq 11-Ma’ruza. Interferensiya va uning turlari. Reja: Interferensiya hodisasi Interferensiya va uning turlari. Bilingvizm va interferensiya Ikki tilni biladigan shaxs (bilingv)larning nutqida u tillarning. o‘zaro ta’siri .kuzatiladi. Bu o‘zaro ta’sir nutqda, tilda,shuningdek, har qanday til osti tizimlarida: fonetikada, grammatikada,leksikada namoyon bo‘lishi mumkin.Interferensiya keng ma’noda ikki tillilik sharoitida til sistemalarining o'zaro ta’sirini; ikki tilli shaxslar nutqida u yoki bu tii me’yorining buzilishini ifodalaydi. Tor ma’noda ikki tilli shaxsning og‘zaki va yozma nutqida ona tili ta’sirida ikkinchi til me’yorlarining buzilishini anglatadi.Umuman, ikki tilni biladigan shaxsning bir tilining ikkinchi tilga ko‘rsatgan har qanday ta’siri va bu ta’sirning natijasi interferensiya deyiladi. Odatda, interferensiya deganda, faqat nazorat qilib bo‘lmaydigan jarayonlar tushuniladi, ongli ravishdagi o ‘zlashmalar unga taallukli bo‘lmaydi.interferensiyaning yo‘nalishlari turlicha bo‘lishi mumkin. Ona tilining ikkinchi tilga interferensiyasi ko’proq kuzatiladi. Biroq ikkinchi til asosiy tilga aylanganida u ham ona tiliga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Masalan, o ‘zbek bolasi ruslar yashovchi hududga ko‘chib boradi va rus maktabida o ‘qiy boshlaydi. Asta-sekin rus tili uning ona tiliga ta’sir qila boshlaydi va u ko‘proq rus tilida gapira boshlaydi. Masalan, uning nutqida “Mam, ujin kilamizmi, “Ponedelnik kuni fizkutura bor”. Yoki ko‘p yillar davomida chet elda muhojir bo‘lib yashagan o‘zbeklarning nutqida ham bu ta’sirni ko‘rish mumkin. Masalan, “Hammasi okey bo'ladi”, “O,yes! Zo ‘r bo ‘Idi”.Rossiyadagi bozorlardan biridagi savdogarlar nutqida “ Такой прайс только за лейбл что лиq”tarzidagi inglizcha leksik interferensiya asosida kurilgan ruscha jumlani kuzatish mumkin. Mazkur matnda ruscha цена leksemasining o‘rniga inglizcha price so‘zi individual ko‘llanilgan bo‘lib, unda yosh (yosh-molodoy), mavzu (tijorat), holat (bozor) va makom (“chelnok”) singari ijtimoiy omillar ishtirok etgan.Interferensiya lisoniy aloqalar nazariyasida markaziy tushunchalardan biri hisoblanadi. U til darajasiga muvofik ravishda quyidagi ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi: Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling