Makro sotsiolingvistika –tilning u yoki bu darajada ijtimoiy omillar bilan shartlangan yirik masshtabli jarayonlarini o’rganadi. Bu jarayonlar jamiyatga to’liqligicha yoki unin katta majmuasiga: ijtimoiy qatlam, etnos, etnik guruh kabilarga xos bo’ladi.
MATN ATRIBUTSIYASI matnning muallifligini – ma’lum matnni mazkur shaxsga tegishli ekanligi yoki bu shaxsga tegishli emasligini aniqlash. Matnning atributsiyasi faqatgina kriminalistik amaliyotda amalga oshirilmaydi. Matnni aniqlash tarix va filologiya fanlarining yordamchi sohasi hisoblangan, badiiy va boshqa asarlar matnlarining yaratilishi tarixi, taqdirini o‘rganadigan manbashunoslikning ham muhim masalalaridan biridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |