Sotsiolingvistika va diskurs
Download 0.66 Mb.
|
SotsiolingvistikaUMK
- Bu sahifa navigatsiya:
- GRAFIK VA YOZUV EKSPERTIZASI
- Hududiy dialektlar
- INTERFERENSIYA
GABITOLOGIK EKSPERTIZA – shaxsning tashqi belgilariga ko‘ra aniqlash ekspertizasi.
GESHTALT – nemischa so‘z bo‘lib, u “obraz, tuzilma, yaxlit shakl” ma’nolarini anglatadi. Geshtalt yaxlit obraz hisoblanadi, ya’ni biron bir obyektni butunicha idrok qilinishi geshtalt, deb tushuniladi. Geshtaltlar konseptual bog‘lanishlar bo‘lib, ular inson psixikasining botiniga tegishli bo‘lgan va tabiiy tilning kategoriyalari doirasidan tashqarida yotgan universal tasavvurlar mohiyatidir. GRAFIK VA YOZUV EKSPERTIZASI matnning yozuvi, orfografiyasi, matnning sahifada joylashuvi va boshqa jihatlarini tahlil qiladi. Grafik ekspertizada orfografik, leksik, kompozitsion va h.k. identifik xususiyatlar e’tiborga olinadi. HARAKAT AFAZIYASI – bemor so‘zlarni talaffuz qila olmaydi, garchi u unga aytilgan nutqni tushunadi, bunda miyaning chap peshona pastki orqa burmalarida joylashgan Broka markazi shikast yegan bo‘ladi. Hududiy dialektlar –ma’lum hududning o’ziga xos belgilari, binobarin, o’ziga xos lug’at, grammatik yoki fonetik xususiyatlariga ega bo’lgan so’zlashuv tili. HUJJATLAR EKSPERTIZASI – hujjatlardagi imzolar, muhrlar, shtamplar, yozuvlar yuzasidan olib boriladigan ekspertiza. ICHKI NUTQ – so‘zlovchining ma’lum xabarni bevosita muloqotga chiqarishdan oldin uni ovozning ishtirokisiz qaytarib olishi. INTERFERENSIYA – ikki tilni biladigan shaxsning bir tilining ikkinchi tiliga ko‘rsatgan har qanday ta’siri va bu ta’sirning natijasi. Interferentsiya –ikki tilni biladigan shaxsning bir tilining ikkinchi tiliga ko’rsatgan har qanday ta’siri va bu ta’sirning natijasi. Jargon–biron ijtimoiy guruh vakillarinin o’z nutqi bilan ko’pchilikdan ajralib turish maqsadida, o’zicha mazmun berib ishlatadigan so’z va iboralari. Masalan, oq (aroq), qizil (vino) – ichuvchilar nutqiga xos; strelka (uchrashuv) yoshlarning nutqida; ko’k, ko’kat (AQSh dollari), dodasi (biron narsaning zo’ri) – ko’proq bozorchilarning nutqida qo’llaniladi. KOD – muloqot vositasi bo‘lib, u tabiiy tillar (o‘zbek, rus, ingliz va h.k.) hamda sun’iy tillar: esperanto yoki zamonaviy mashina tillari, morze alifbosi, turli signallar va boshqalarni o‘z ichiga oladi. Kod –muloqot vositasi bo’lib, u tabiiy tillar (o’zbek, rus, ingliz va h.k.) hamda sun’iy tillar: esperanto yoki zamonaviy mashina tillari, morze alifbosi, turli signallar va boshqalarni o’z ichiga oladi. Tilshunoslikda kod deganda lisoniy shakllar: til, hududiy yoki ijtimoiy dialekt, shahar koynesi tushuniladi. Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling