Sotsiolingvistika va diskurs


Download 0.66 Mb.
bet32/37
Sana26.01.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1126818
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37
Bog'liq
SotsiolingvistikaUMK

ARALASH BILINGVIZM – nutq analizi va sintezining yagona mexanizmini nazarda tutadi, birga mavjud bo‘lgan tillar esa faqat ustki struktura darajasida farqlanadi.

  • Aralash bilingvizm – nutq analizi va sintezining yagona mexanizmini nazarda tutadi, birga mavjud bo’lgan tillar esa faqat ustki struktura darajasida farqlanadi.

  • Argo –jargondan farqli o’laroq, biron ijtimoiy guruh tomonidan boshqalar uchun atayin tushunarsiz qilib qo’llaniladigan u yoki bu darajadagi yashirin, yasama til. Masalan, giyohvandlar argosida dori so’zi “giyohvand modda” ma’nosida ishlatiladi.

  • ASSOSIATIV STRUKTURA – stimul-reaksiya juftligi.

  • ASSOTSIATSIYA – til birliklarining shakli va yoki mantiqiy-semantik belgisiga ko‘ra o‘zaro ta’siri.

  • BALLISTIK EKSPERTIZA – o‘qotar qurollari izlarini aniqlash yuzasidan olib boriladigan ekspertiza.

  • BILINGVIZM (IKKI TILLILIK) – ikki tilda erkin fikrlasha olish, ikki tilni bir xilda egallash.

  • Bilingvizm(ikki tillilik) –ikki tilda erkin fikrlasha olish, ikki tilni bir xilda egallash.

  • BIXEVIORIZM (ingl. behavior ‘xulq, xatti-harakat’dan)ga ko‘ra, mahluqqa (bu odam yoki jonivor bo‘lishi mumkin va h.k.) ta’sir qiladigan qandaydir S (stimul) va ushbu stimulga qandaydir R (reaksiya) bor. Kishilar bir-birlari bilan amaliy (nutqsiz) va nutqli stimullar yordamida o‘zaro munosabatga kirishadi. Ular mazkur stimullarga ikki xil: nutqli va nutqsiz harakatlar bilan javob qaytarishadi: nutqsiz reaksiya S→R; nutq vositasidagi reaksiya S→ r ..... s → R.

  • BROKA MARKAZI – miyaning chap peshona pastki orqa burmasida joylashgan qism, harakat markazi.

  • DEKODLASH (decode) – nutqni tushunish.

  • Diglossiya –bir milliy tilning turli subkodlarida gapira olish, sharoit va muloqot doirasiga bog’liq holda, tilning bir subkodidan ikkinchi bir subkodiga ko’chish, bir til doirasidagi turli uslublardan foydalana olish. “Diglossiya”termini nafaqat bir milliy tilning turli subkodlarida gapirish, balki turli tillarni bilish va ularni muloqot vaziyatiga ko’ra galma-gal qo’llay olishni ham anglatishi mumkin.


  • Download 0.66 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   37




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling